2–BOB
Musoning tugʻilishi
1 Oʻsha paytda Levi naslidan bir yigit bilan qiz oila qurdilar. 2 Keyinchalik ayol homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. Ayol chaqaloqning chiroyliligini koʻrib, uni uch oy yashirib yurdi.
3 Lekin ayol chaqaloqni ortiq yashirib yurolmasligiga koʻzi yetgach, qamish savat oldi. Suv kirmasin deb, savatni qora saqich bilan suvadi. Keyin savatning ichiga chaqaloqni solib, savatni daryo boʻyidagi qamishzor orasiga qoʻyib ketdi. 4 Chaqaloqning opasi esa: “Uning taqdiri nima boʻlarkin”, deb uzoqdan kuzatib turdi.
5 Shu paytda firʼavnning qizi daryo boʻyiga choʻmilgani kelib qoldi. Kanizaklari esa daryo boʻyida yurishardi. Firʼavnning qizi birdan qamishzor orasidagi savatni koʻrib qoldi–da, choʻrisiga: “Savatni olib kel!” deb buyurdi. 6 Firʼavnning qizi savatni ochib qarasaki, bir chaqaloq yigʻlab yotgan ekan. “Bu ibroniy bolalaridan biri”, dedi u. Chaqaloqqa rahmi keldi.
7 Chaqaloqning opasi shu paytda firʼavnning qizi oldiga kelib, undan soʻradi:
— Borib, ibroniy ayollaridan birortasini chaqirib kelaymi? U enagalik qilib, sizga chaqaloqni boqib berardi.
8 — Mayli, bor, — dedi firʼavnning qizi. Qizcha borib, chaqaloqning onasini chaqirib keldi. 9 Firʼavnning qizi ayolga:
— Mana bu chaqaloqni olib bor, menga boqib ber, — dedi. — Qilgan xizmating uchun haqini toʻlayman.
Shunday qilib, ayol chaqaloqni olib ketdi va oʻzi parvarish qildi.
10 Bola katta boʻlgach, ayol uni firʼavnning qiziga olib keldi. Firʼavnning qizi bolani oʻziga oʻgʻil qilib oldi. “Uni suvdan chiqarib olganman”, deb ismini Muso qoʻydi.
Muso Midiyon yurtiga qochib ketadi
11 Muso ulgʻaygandan keyin, bir kuni qabiladoshlarini koʻrgani bordi. U qabiladoshlari qilayotgan ogʻir mehnatni kuzatib turganda, bir ibroniy birodarini bir Misrlik urayotganiga koʻzi tushib qoldi. 12 Muso atrofga qaradi. Hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgach, Misrlik odamni oʻldirib, qumga koʻmib qoʻydi.
13 Keyingi kuni Muso yana oʻsha yerga borganda, ikkita ibroniyning bir–biri bilan janjallashayotganini koʻrib qoldi. Muso nohaqlik qilgan odamdan: “Nimaga birodaringni uryapsan?” deb soʻradi. 14 Shunda haligi odam:
— Kim seni bizga hukmdor va hakam qilib qoʻydi? Misrlikni oʻldirganingday, meni ham oʻldirmoqchimisan? — dedi. Oʻsha zahoti Muso: “Bu ish oshkor boʻlib qolganga oʻxshaydi”, deb oʻylab qoʻrqib ketdi. 15 Keyin firʼavn ham bu voqeani eshitib, Musoni oʻldirmoqchi boʻldi. Lekin Muso firʼavndan qochib Midiyon yurtiga ketdi. U Midiyonga kelib, quduq yonida oʻtirdi.
16 Midiyon yurti ruhoniysining yettita qizi bor edi. Qizlar otasining qoʻy–echkilarini sugʻorish uchun oxurlarga suv toʻldirgani kelib qoldilar. 17 Ammo bir nechta choʻpon kelib, qizlarni haydab yuborishdi. Shunda Muso qizlarni himoya qildi, ularning qoʻylarini sugʻorishga ham yordamlashdi. 18 Keyin qizlar otalari Yatroning yoniga qaytib keldilar.
— Nimaga bugun erta qaytib keldingizlar? — deb soʻradi Yatro qizlaridan.
19 — Misrlik bir odam bizni choʻponlardan himoya qildi, — deb javob berishdi qizlar. — Buning ustiga, bizning oʻrnimizga suv tortib, qoʻylarimizni ham sugʻordi.
20 — Qayerda oʻsha odam? — deb soʻradi Yatro qizlaridan. — Nimaga u odamni qoldirib keldingizlar? Boringlar, uni chaqirib kelinglar, biz bilan birga ovqatlansin.
21 Shunday qilib, Muso Yatronikida yashashga rozi boʻldi. Yatro esa Musoni qizi Zippuraga uylantirib qoʻydi. 22 Zippura Musoga oʻgʻil tugʻib berdi. Muso: “Men begona yurtda musofir boʻlib qoldim”, deb oʻgʻlining ismini Gershom qoʻydi.
23 Yillar oʻtdi. Bu orada Misr firʼavni olamdan oʻtib ketdi. Isroil xalqi hamon qullikda azob chekar, madad soʻrab faryod qilardi. Ularning faryodi Xudoga yetib bordi. 24 Xudo Isroil xalqining ohu nolalarini eshitdi. Ibrohim, Isʼhoq, Yoqub bilan ahd qilib bergan vaʼdasi Uning yodida edi. 25 Xullas, Xudo Isroil xalqining ahvolini koʻrib, ularga achindi.