14–BOB
Qoʻzi va 144.000 kishi
1 Men Sion togʻida Qoʻzining turganini koʻrdim. Qoʻzi bilan birga 144.000 kishi bor edi. Ularning peshanalariga Qoʻzining va Otasi Xudoning ismi yozilgandi. 2 Shunda men samodan bir tovush eshitdim. Bu tovush dengizning shovullashiday, gumburlagan momaqaldiroq tovushiday edi. U xuddi arfa chalayotgan cholgʻuchilarning kuyiga oʻxshardi. 3 Oʻsha 144.000 kishi taxt oldida, toʻrtta jonli mavjudot va oqsoqollar oldida yangi bir qoʻshiq kuylayotgan edilar. Dunyodan qutqarib olingan bu 144.000 kishidan boshqa hech kim bu qoʻshiqni oʻrgana olmas edi. 4 Bu odamlar bulgʻanmaganlar, bokira qizlarday oʻzlarini pok saqlaganlar . Qoʻzi qayerga borsa, Uning orqasidan ergashganlar. Insonlar orasidan qutqarib olingan bu odamlar ilk hosil singari, Xudo va Qoʻziga nazr qilinganlar. 5 Ularning tilida yolgʻon–makr yoʻq, ular benuqsondirlar .
Uch farishtaning xabari
6 Shundan keyin boshim uzra uchib borayotgan bir farishtani koʻrdim. Bu farishta yer yuzida yashovchi har bir xalq va qabilaga, har qanday millatu elatga abadiy Xushxabarni eʼlon qilayotgan edi. 7 U baland ovozda shunday dedi:
“Xudodan qoʻrqing, Uni ulugʻlang!
U xalqlarni hukm qiladigan vaqt keldi.
Yeru osmonni, dengizu buloqlarni Yaratganga sajda qiling!”
8 Uning ketidan ikkinchi farishta uchib kelib, shunday dedi:
“Vayron boʻldi!
Buyuk Bobil shahri vayron boʻldi!
Bobil shahvoniy hirsi sharobidan
Hamma xalqlarga ichirgandi.”
9 Ularning ketidan uchinchi farishta uchib kelib, baland ovozda shunday dedi:
— Kimki maxluqqa va uning tasviriga sajda qilib, peshanasi yoki qoʻliga tamgʻa qabul qilsa, 10 u Xudoning gʻazab sharobidan ichadi. Qahr kosasiga quyilgan bu sharob nihoyatda kuchlidir. Bunday odamlar muqaddas farishtalar va Qoʻzi oldida yonayotgan oltingugurt ichida azob chekadilar. 11 Azoblarining tutuni abadulabad burqirab turadi. Maxluq va uning tasviriga sajda qilib, maxluq nomli tamgʻani qabul qilganlar kechayu kunduz tinchlik bilmaydilar. 12 Bunday vaziyatda Xudoning amrlariga itoat qilgan va Isoga sodiq qolgan Xudoning azizlaridan sabr–toqat talab qilinadi.
13 Shunda men samodan bir ovoz eshitdim. U menga dedi:
— Shunday deb yoz: bundan buyon Rabbimiz Isoga umid bogʻlab, olamdan koʻz yumganlar baxtlidir!
— Ha, — deydi Ruh, — ular qilgan ogʻir mehnatidan dam olsinlar, mehnatining rohatini koʻrsinlar.
Yerning hosili oʻriladi
14 Shundan keyin men bir oq bulutni koʻrdim. Bulut ustida inson qiyofasidagi bir Zot oʻtirgandi. Uning boshida oltin toj, qoʻlida oʻtkir oʻroq bor edi. 15 Keyin Maʼbaddan bir farishta chiqdi. U bulut ustida oʻtirgan Zotga baland ovozda shunday dedi: “Oʻrogʻingizni ishga soling, chunki oʻrim–yigʻim vaqti keldi. Mana, yerning hosili yetildi.” 16 Bulut ustida oʻtirgan Zot yerga oʻroq soldi, yerning hosili oʻrildi.
17 Samodagi Maʼbaddan boshqa bir farishta chiqdi. Uning ham oʻtkir oʻrogʻi bor edi. 18 Soʻng qurbongoh oldidan yana boshqa bir farishta keldi. U qurbongohdagi olov uchun masʼul edi. U oʻtkir oʻroqli farishtaga baland ovozda xitob qildi: “Oʻtkir oʻrogʻingni ishga sol. Yerdagi uzum boshlarini yigʻ. Axir, uzum pishib boʻldi.”
19 Farishta oʻrogʻini yerga soldi. Yerdagi uzum boshlarini yigʻib, Xudoning uzum siqadigan katta qahr–gʻazabi chuquriga uloqtirdi. 20 Shahar tashqarisidagi oʻsha chuqurda uzumlarni eza boshlashdi. Chuqurdan qon daryo boʻlib oqib chiqdi. Bu qonli daryo 1600 oʻq otimi masofaga oqib bordi, u shunchalik chuqur ediki, deyarli otni koʻmib yuborar edi.