4–BOB
Boʻaz Rutga uylanadi
1 Boʻaz shahar darvozasi oldiga chiqib oʻtirdi . Oʻsha payt Boʻaz aytgan yaqin qarindoshi yonginasidan oʻtib qoldi. Boʻaz uning ismini aytib chaqirib:
— Bu yoqqa keling, oʻtiring, birodarim, — dedi.
Qarindoshi yaqin kelib oʻtirdi. 2 Boʻaz shahar oqsoqollaridan oʻn kishini guvohlikka chaqirib:
— Shu yerda oʻtiringlar! — dedi. Ular kelib oʻtirishdi.
3 Boʻaz qarindoshiga dedi:
— Moʻab yurtidan qaytib kelgan Naima bor–ku, u Elimalek akamizning dalasini sotmoqchi. 4 Men shu yerda oʻtirganlar va qavmim oqsoqollari huzurida oʻsha dalani sotib olasizmi, yoʻqmi, bilay dedim. Agar siz qarindoshlik burchingizni oʻtashni xohlasangiz, mayli, sotib olavering. Bordi–yu, xohlamasangiz, ayting, men bilayin. Chunki bu burchni oʻtash birinchi navbatda sizga tushadi. Sizdan keyin navbat meniki boʻladi.
U kishi:
— Qarindoshlik burchimni men oʻtayman, — dedi. 5 Boʻaz dedi:
— Xoʻp. Lekin siz Naimaning dalasini xarid qilganingizda, dala bilan birga marhum Maxloʻnning bevasi Moʻablik Rutni ham olishingiz kerak. Chunki marhumning nomi oʻz mulkidan yoʻqolib ketmasligi shart.
6 Shunda qarindoshi Boʻazga:
— Unday boʻlsa, men uni ololmayman, aks holda, oʻzimning mulkimni xavf ostiga qoʻygan boʻlaman . Zimmamdagi qarindoshlik burchimni siz oʻtayvering, mening ilojim yoʻq, — dedi.
7 Ilgari Isroilda qarindoshlik burchini oʻtamoqchi yoki mol–mulkini almashtirmoqchi boʻlsalar, dalil–isbot tariqasida bittasi chorigʻini yechib, ikkinchisiga berardi. Mana shu odat Isroilda qonuniy guvohlik oʻrnini bosardi.
8 Shunday qilib, qarindoshi Boʻazga:
— Oʻzingiz sotib olavering, — dedi–da, chorigʻini yechib berdi. 9 Shundan keyin Boʻaz oqsoqollarga va oʻsha yerdagi boshqa odamlarga murojaat qildi:
— Sizlar guvohsiz: men bugun Elimalekdan Xilyon va Maxloʻnga qolgan hamma mulkni Naimadan sotib olyapman. 10 Yana Maxloʻnning xotini Moʻablik Rutni ham oʻz nikohimga olyapman, toki marhumning nomi oʻz mulkida qolsin, birodarlari orasida va kindik qoni toʻkilgan yurtida nomi yoʻqolib ketmasin. Bugun sizlar bunga guvoh boʻlib turibsizlar.
11 Shunda shahar darvozasi yonida turgan odamlar va oqsoqollar:
— Biz guvohmiz, — dedilar. — Egamiz sening xonadoningga keladigan ayolni Rohila va Leaxday qilsin, ana oʻsha bibilardan Isroil xalqi bino boʻlgan. Efratda boyliklar egasi boʻlgin, Baytlahmda noming ulugʻ boʻlgay. 12 Sening xonadoning Yahudoga Tamara tugʻib bergan oʻgʻli bobomiz Paraz xonadoniday barakali boʻlsin. Egamiz mana shu juvon orqali senga oʻshanday buyuk nasl ato etsin.
Naimaga Egamiz marhamat qiladi
13 Shunday qilib, Boʻaz Rutga uylandi. Ular turmush qurib, bir yostiqqa bosh qoʻyishdi. Egamizning marhamati bilan Rut homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. 14 Ayollar Naimaga aytishdi:
— Egamizga hamdu sanolar boʻlsin! U bugun senga gʻamxoʻrlik qiladigan nevara berdi, merosxoʻrsiz qoldirmadi. Merosxoʻringning nomi Isroilda ulugʻ boʻlsin. 15 U tufayli hayoting yana shodlikka toʻladi, qariganingda suyanchigʻing boʻladi. Chunki bu oʻgʻilni seni yaxshi koʻradigan, sen uchun hatto yetti oʻgʻildan ham aʼlo boʻlgan kelining tugʻdi.
16 Naima chaqaloqni oʻziga oldi, bir dam bagʻridan uzmadi. Oʻzi enagalik qildi.
17 Qoʻshni ayollar: “Naima uchun oʻgʻil tugʻildi”, deb chaqaloqqa Obid ismini berdilar.
Shoh Dovud — Boʻaz va Rutning chevarasi
Obid Dovudning padari buzrukvori Essayning otasi boʻldi. 18 Parazdan Dovudgacha boʻlgan avlod–ajdod quyidagicha:
Parazdan Xazron bunyod boʻldi.
19 Xazrondan Ram bunyod boʻldi.
Ramdan Ominadav bunyod boʻldi.
20 Ominadavdan Naxshoʻn bunyod boʻldi.
Naxshoʻndan Salmoʻn bunyod boʻldi.
21 Salmoʻndan Boʻaz bunyod boʻldi.
Boʻazdan Obid bunyod boʻldi.
22 Obiddan Essay bunyod boʻldi.
Essaydan Dovud bunyod boʻldi.