28–BOB
Dovud Maʼbadni qurish uchun koʻrsatma beradi
1 Dovud Isroildagi hamma aʼyonlarni — qabila yoʻlboshchilarini, shohga xizmat qiladigan harbiy qismlar sardorlarini, mingboshilarni, yuzboshilarni, shoh va shahzodalar mulkini va podalarini boshqaruvchilarni, saroy aʼyonlarini, bahodir pahlavonlarni va boshqa hamma jangchilarni Quddusda toʻpladi.
2 Shoh Dovud ularning oldida turib, gapirdi:
“Birodarlarim, xalqim, gapimni eshitinglar! Men Xudoning oyoq kursisi boʻlmish Egamizning Ahd sandigʻi uchun bir oromgoh qurmoqchi edim. Qurilish uchun hamma tayyorgarlikni ham koʻrib qoʻygan edim. 3 Lekin Xudo: «Menga atab uyni sen qurmaysan, sen jang qilib, koʻp qon toʻkding», — dedi.
4 Vaholanki, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz butun otam xonadonidan meni tanlab oldi. Meni to abad Isroilning shohi qildi. U Yahudo qabilasini yetakchi qilib tanladi, Yahudo qabilasidan esa otamning xonadonini ravo koʻrdi, otamning oʻgʻillari orasidan esa meni mamnuniyat ila butun Isroil ustidan shoh qildi. 5 Egamiz menga koʻp oʻgʻillar berdi, hamma oʻgʻillarim orasidan Isroil shohi qilib Sulaymonni tanladi. Ha, Egamizning shohligi taxtiga u oʻtiradi. 6 Egamiz menga aytdi: «Men uchun uyni va hovlilarni quradigan oʻgʻling Sulaymondir. Men uni Oʻzimga oʻgʻil qilib tanladim, Men unga ota boʻlaman. 7 Agar u bugungiday, Mening amrlarimu qonunlarimga qatʼiyat bilan rioya qilib yursa, uning taxtini to abad mustahkam qilaman.»
8 Shuning uchun endi Egamizning jamoasi Isroil xalqining koʻzi oʻngida va Xudoyimizning guvohligida sizlarga aytayin: Egangiz Xudoning amrlarini bitta qoldirmay bajaring. Ana shunda sizlar mana shu hosildor yurtga egalik qilasizlar, bolalaringizga ham uni abadiy meros qilib qoldirasizlar.
9 Endi Sulaymon oʻgʻlim, otangning Xudosini tan olgin, butun onging bilan sidqidildan Unga xizmat qilgin. Zotan, Egamiz har bir insonning yuragini sinaydi, niyatu fikrlarimizni U biladi. Agar Uni izlasang, topasan. Agar Uni tark etsang, U ham seni abadiy tashlab ketadi. 10 Gapimga quloq sol! Maʼbad qurish uchun Egamiz seni tanlagan ekan, qani, dadil boʻlib, ishga bel bogʻla!”
11 Dovud Maʼbad binolarining, omborxonalarining, boshqa xonalarining va Eng muqaddas xonaning, yaʼni gunohdan poklash joyining chizma loyihalarini oʻgʻli Sulaymonga berdi. 12 Shuningdek, Dovud Egamiz uyining hovlilari va atrofidagi xonalari, Xudo uyining xazinalari va nazr qilingan hadyalar saqlanadigan xonalari uchun koʻnglidagi niyatlarini aytdi. 13 Ruhoniylar va levilarning tuzumiga, ularning Egamizning uyida qilinadigan barcha xizmatlariga va xizmat paytida foydalaniladigan barcha ashyolarga oid koʻrsatmalar berdi. 14 Xizmatda ishlatiladigan quyidagi idish va jihozlarni yasash uchun oltin va kumush vaznini belgilab berdi: 15 moychiroqlar va chiroqpoyalar, 16 muqaddas nonlar qoʻyiladigan oltin xontaxta, kumush xontaxtalar, 17 sanchqilar, togʻorachalar, koʻzalar, jomlar va 18 tutatqi qurbongohi. Bundan tashqari, oltin aravaning, yaʼni qanotlarini yoyib, Egamizning Ahd sandigʻini qoplab turgan oltin karublarning loyihasini ham Sulaymonga berdi.
19-20 Soʻngra Dovud oʻgʻli Sulaymonga shunday dedi:
— Bularning hammasini men Egamning boshchiligida yozdim, loyihaning ikir–chikirlarini Uning Oʻzi menga ayon qildi. Dadil va botir boʻl! Ishni boshla! Qoʻrqma, vahimaga tushma! Parvardigor Egamiz — mening Xudoyim sen bilan birgadir. Egamizning uyidagi ishlar bitmaguncha, U seni tashlab qoʻymaydi, tark etmaydi. 21 Mana, ruhoniylar va levilar guruhlari Xudoning uyidagi har qanday xizmatni qilishga tayyor boʻlib turibdilar. Mohir hunarmandlar senga bajonidil yordam beradilar. Butun xalq va ularning yoʻlboshchilari amringga muntazirdirlar.