23–BOB
1 Balom Boloqqa dedi:
— Shu yerda men uchun yettita qurbongoh qurib, yettita buqa va yettita qoʻchqorni tayyorlab qoʻy.
2 Boloq Balom aytganday qildi. Soʻng ikkovlari har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qoʻchqorni qurbonlik qilishdi.
3 Keyin Balom Boloqqa dedi:
— Sen kuydirilgan qurbonliklaring yonida qol, men esa borib koʻray, Egamiz menga peshvoz chiqarmikin. U menga nimani ayon qilsa, shuni senga aytaman.
Balom tepalikka chiqdi. 4 Xudo Balom bilan uchrashgach, Balom Xudoga dedi:
— Men yettita qurbongoh qurdirib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qoʻchqorni qurbonlik qildim.
5 Egamiz Balomning ogʻziga soʻz solib:
— Boloqning oldiga qaytib bor, unga Men aytgan soʻzlarimni yetkaz, — dedi.
6 Balom Boloqning oldiga qaytib keldi. Boloq hamma Moʻab aʼyonlari bilan birga kuydirilgan qurbonliklarning yonida turgan edi. 7 Balom quyidagicha bashorat qildi:
“Meni Moʻab shohi Boloq sharqiy togʻlardan,
Oramdan olib kelib, dedi:
«Kel, men uchun Yoqub naslini laʼnatla,
Kel, Isroil xalqini sen qargʻa!»
8 Xudo laʼnatlamaganni men qanday laʼnatlayin?!
Egamiz qargʻamaganni qanday qilib qargʻayin?!
9 Qoyaning tepasida turib men ularni koʻryapman,
Tepalikdan ularga qarab turibman,
Yashaydi bu xalq hammadan alohida.
Oʻzgachadir ular xalqlar orasida.
10 Qumday son–sanoqsiz boʻlgan Yoqub naslini kim sanab chiqar?!
Isroilning choragini kim hisoblab chiqa olar?!
Men ham solih inson boʻlib olamdan oʻtay,
Iloyim, boʻlsin ularnikiday oxiratim baxayr.”
11 — Sen nima qilyapsan oʻzi? — dedi Boloq Balomga. — Men seni, dushmanlarimni laʼnatlaydi deb, chaqirtirib kelgan edim, sen esa ularni duo qilyapsan–ku!
12 — Men faqat Egamiz ogʻzimga solgan soʻzni aytishim kerak–ku! — deb javob berdi Balom.
Balomning ikkinchi bashorati
13 — Kel, men bilan birga boshqa joyga bora qol, — dedi Balomga Boloq. — Sen oʻsha joydan Isroil xalqining bir qismini koʻrasan. Oʻsha joydan turib Isroilni men uchun laʼnatla.
14 Boloq Balomni Fisgax togʻ tizmasi tepasidagi Zoʻfim degan yassi joyga boshlab keldi. U yerda ham yettita qurbongoh qurib, har bir qurbongoh ustida bittadan buqa va bittadan qoʻchqorni qurbonlik qildi. 15 Soʻng Balom Boloqqa dedi:
— Sen shu yerda — kuydirilgan qurbonliklaring yonida qol, men esa hov anavi yerga borib, Egamiz bilan uchrashib kelaman.
16 Egamiz Balomga peshvoz chiqib, uning ogʻziga soʻz soldi. Soʻng:
— Boloqning oldiga qaytib bor, unga Men aytgan soʻzlarimni ayt, — dedi.
17 Balom Boloqning oldiga qaytib keldi. Boloq Moʻab aʼyonlari bilan birga kuydirilgan qurbonliklarning yonida turgan edi.
— Egang nima dedi? — deb soʻradi undan Boloq. 18 Balom quyidagicha bashorat qildi:
“Menga qara, ey Zippur oʻgʻli Boloq,
Gaplarimni eshit, yaxshilab solgin quloq.
19 Xudo inson emaski, U yolgʻon gapirsa,
U odam emaski, fikrini oʻzgartirsa.
U doim vaʼdasi ustidan chiqar!
Oʻz aytganlarin albatta bajarar!
20 Xudo menga berdi duo soʻzlarini,
Oʻzgartira olmayman men Xudoning barakasini.
21 Men Isroilning kelajagini koʻryapman,
Yoqub nasli boshiga kulfat tushmas,
Bu xalq biror koʻrgilik koʻrmas.
Egasi Xudo ularning orasida,
Shoh, deya olqishlar Uni hamma.
22 Yovvoyi buqaning kuchi bilan
Xudo ularni Misrdan olib chiqqan.
23 Yoqub nasliga hech qanday sehr–jodu taʼsir qilmaydi,
Isroilga qarshi folbinlik aslo oʻtmaydi .
Odamlar Yoqub nasli haqida, Isroil toʻgʻrisida:
«Qaranglar, Xudo nimalarni qilgan», deb aytishar.
24 Isroil xalqi sher kabi qoʻzgʻalar,
Arslonday sakrab turar,
Oʻljasini yeb bitirmaguncha,
Qurbonlarning qoniga toʻymaguncha yotmas.”
25 Shundan soʻng Boloq Balomga aytdi:
— Isroil xalqini laʼnatlamagin ham, duo ham qilmagin!
Balomning uchinchi bashorati
26 Lekin Balom Boloqqa:
— Men sizga, faqat Egamizning aytganini qilaman, deb aytmaganmidim?! — dedi.
27 — Yur, endi men seni boshqa joyga olib boraman, — dedi Boloq. — Balki shunda Xudo mamnun boʻlib, oʻsha yerdan turib men uchun Isroilni laʼnatlashingga yoʻl qoʻyar.
28 Boloq Balomni Piyor togʻining tepasiga boshlab olib chiqdi. Bu togʻdan sahroning manzarasi koʻrinib turardi.
29 Balom Boloqqa dedi:
— Shu yerda menga yettita qurbongoh qurib, yettita buqa bilan yettita qoʻchqorni tayyorlab qoʻy.
30 Boloq Balom aytganday qilib, har bir qurbongohda bittadan buqa va bittadan qoʻchqorni qurbonlik qildi.