17–BOB
Ahd belgisi — sunnat
1 Ibrom toʻqson toʻqqiz yoshga kirganda, Egamiz unga zohir boʻlib, dedi:
— Men Qodir Xudoman. Men koʻrsatgan yoʻldan yur, har doim pokdil boʻlib yashagin. 2 Men sen bilan ahd qilaman, senga juda koʻp nasllar ato qilaman.
3 Ibrom yerga muk tushib taʼzim qildi. Keyin Xudo unga aytdi:
4 — Sen bilan qiladigan ahdim shudir: sen koʻplab xalqlarning otasi boʻlasan. 5 Endi sening ismingni oʻzgartiraman. Isming endi Ibrom emas, Ibrohim boʻladi. Chunki Men seni koʻplab xalqlarning otasi qilaman. 6 Seni juda ham barakali qilaman, sendan xalqlar yarataman, sendan shohlar kelib chiqadi. 7 Men senga va sendan keyingi nasllaringga bergan vaʼdamda turaman. Bu abadiy ahd boʻladi. Men doimo Sening Xudoying, sendan keyingi nasllaringning Xudosi boʻlib qolaman. 8 Sen musofir boʻlib yashab turgan mana shu Kanʼon yurtining hammasini Men senga va nasllaringga abadiy mulk qilib beraman. Men ularning Xudosi boʻlaman.
9 Xudo Ibrohimga yana dedi:
— Sen va sendan keyingi nasllaring avlodlar osha Men bilan qilgan ahdga rioya qilishlaringiz lozim. 10 Sen va sening nasllaring rioya qilishlaringiz kerak boʻlgan ahdim quyidagichadir: orangizdagi har bir erkak sunnat qilinsin. 11 Sunnat — sen bilan Mening oʻrtamizdagi ahdning belgisi boʻladi. 12 Hozirdan boshlab nasllar osha xonadoningdagi har bir oʻgʻil bola tugʻilgandan keyin sakkiz kun oʻtgach, sunnat qilinsin. Bu faqat sening oila aʼzolaringgagina tegishli boʻlmay, balki xonadoningda tugʻilgan xizmatkorlaringga va sening naslingdan boʻlmagan, begonalardan sotib olgan xizmatkorlaringga ham tegishlidir. 13 Xonadoningda tugʻilgan xizmatkorlaring ham, sotib olingan xizmatkorlaring ham sunnat qilinsin. Shunday qilib, Mening sen bilan qilgan ahdim abadiy ekanini tanangizdagi belgi koʻrsatib turadi. 14 Sunnat qilinmagan erkak xalqim orasidan yoʻq qilinsin. U Mening ahdimni buzgan hisoblanadi.
15 Xudo Ibrohimga yana aytdi:
— Xotining Sorayga kelsak, uning ismi bundan keyin Soray boʻlmasin. Hozirdan boshlab uni Sora deb chaqir. 16 Men Soraga marhamat koʻrsataman. Men undan senga oʻgʻil ato qilaman. Ha, Men Soraga shunchalik baraka beramanki, u koʻp xalqlarning onasi boʻladi. Uning nasllari orasidan shohlar chiqadi.
17 Ibrohim muk tushib taʼzim qildi, keyin kulib qoʻydi–da, oʻziga oʻzi dedi: “Yuz yoshga kirgan odam bola koʻrar ekanmi?! Buning ustiga, Sora ham toʻqsonga kirdi, endi bola tugʻarmidi?!” 18 Ibrohim Xudoga:
— Qaniydi, Ismoil Sening marhamating ostida yashasa, — dedi.
19 — Yoʻq, xotining Sora senga oʻgʻil tugʻib beradi, — dedi Xudo. — Sen oʻgʻlingning otini Isʼhoq qoʻyasan. Men oʻgʻling bilan va uning kelgusi nasli bilan abadiy ahdimni davom ettiraman. 20 Ismoil toʻgʻrisida qilgan iltimosingni ham eshitdim. Men unga baraka beraman, uning naslini haddan tashqari koʻpaytiraman. U oʻn ikki yoʻlboshchining otasi boʻladi. Undan buyuk xalq keltirib chiqaraman. 21 Lekin Men Oʻz ahdimni tugʻiladigan oʻgʻling Isʼhoq bilan qilaman. Kelgusi yili xuddi shu paytda Sora senga Isʼhoqni tugʻib beradi.
22 Xudo Ibrohim bilan gaplashib boʻlgach, uning yonidan ketdi.
23 Oʻsha kuniyoq Ibrohim Xudo amr etganday qildi: oʻgʻli Ismoilni, xonadonida tugʻilgan xizmatkorlarini, begonalardan sotib olgan xizmatkorlarini — xonadonidagi hamma erkakni sunnat qildi. 24 Ibrohim sunnat qilinganda, toʻqson toʻqqiz yoshda, 25 oʻgʻli Ismoil oʻn uch yoshda edi. 26 Ibrohim bilan oʻgʻli bir kunda sunnat qilindilar. 27 Shunday qilib, Ibrohimning xonadonidagi jamiki erkak zoti ham u bilan birga sunnat qilindi.