5–BOB
Muso bilan Horun firʼavn huzurida
1 Shundan keyin Muso bilan Horun firʼavn huzuriga borib, unga shunday dedilar:
— Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Xalqimga ijozat ber, ular sahro ichkarisiga borib, Menga atab bayram nishonlashsin.”
2 Firʼavn esa:
— Egangiz kim oʻzi?! Uning soʻziga kirib men Isroil xalqini qoʻyib yuboraymi?! — dedi. — Egangizni tanimayman, Isroil xalqining ketishiga esa ijozat bermayman.
3 Shunda Muso bilan Horun:
— Ibroniylarning Xudosi bizga Oʻzini zohir qildi, — deb javob berishdi. — Ijozat bering, sahroda uch kun yoʻl yurib borib, Egamiz Xudoga qurbonliklar keltiraylik. Aks holda, U bizni yo oʻlatga mubtalo qiladi, yoki qilichning damiga roʻpara qilib jazolaydi.
4 Lekin Misr firʼavni:
— Ey Muso! Ey Horun! Nimaga xalqni ishdan qoldiryapsizlar?! — dedi. — Boringlar, ishlaringizni qilinglar! 5 Qaranglar, bu yerda qancha qarollar bor–a! Sizlar boʻlsa, ularni chalgʻitib, ishdan qoʻymoqchisizlar!
6 Oʻsha kuni firʼavn Isroil xalqining tepasida turgan Misrlik nazoratchilarga va Isroil xalqidan boʻlgan ishboshilarga shunday farmon berdi: 7 “Isroil xalqiga gʻisht quygani endi oldingiday somon bermanglar. Oʻzlari yurib somon yigʻishsin. 8 Oldin qancha gʻisht quyishgan boʻlsa, bundan keyin ham shuncha gʻisht quyishga majbur qilinglar. Gʻisht quyish miqdorini hech ham kamaytirmanglar. Ular dangasa xalq. Shuning uchun ular, ijozat bering, borib, Xudoyimizga qurbonliklar keltiraylik, deb nola qilishyapti. 9 Ularni shunaqangi ishlatinglarki, ish bilan qattiq band boʻlib, behuda gaplarga quloq solishmasin .”
10 Shunday qilib, Isroil xalqining tepasida turgan Misrlik nazoratchilar bilan Isroil xalqidan boʻlgan ishboshilar borib, Isroil xalqiga aytdilar:
— Firʼavn shunday demoqda: “Sizlarga endi somon bermayman. 11 Boringlar! Qayerdan boʻlsa ham oʻzlaringiz somon topinglar. Lekin quyayotgan gʻishtingizning miqdori aslo kamaymasin.”
12 Isroil xalqi somon oʻrniga xas–choʻp yigʻish uchun butun Misr yurti boʻylab tarqalib ketdi. 13 Nazoratchilar esa ularni siquvga olar edilar. “Kundalik ishlaringizni somon berilgan kunlardagiday kamaytirmasdan bajaringlar”, deb aytardilar. 14 Firʼavnning nazoratchilari oʻzlari xizmatga tayinlagan Isroil xalqi ishboshilarini kaltaklab: “Nimaga kecha ham, bugun ham, oldingiday, belgilangan miqdordagi gʻishtni quymayapsizlar?” deb talab qilardilar.
15 Shundan soʻng Isroil xalqining ishboshilari firʼavn huzuriga borib, faryod qildilar:
— Nimaga biz, qullaringizga, bunday muomala qilyapsiz? 16 Bizga somon berishmaydi–yu, “Gʻisht quyinglar!” deb buyruq qilishadi. Biz kaltak ostida qoldik–ku! Aybdor esa sizning odamlaringiz.
17 Firʼavn esa:
— Dangasasizlar, dangasa! — deya javob berdi. — Shuning uchun: “Ijozat ber, borib, Egamizga qurbonliklar keltiraylik”, deyaverasizlar. 18 Boringlar, ishlanglar! Sizlarga somon berilmaydi. Lekin belgilangan miqdordagi gʻishtni quyasizlar.
19 Shunda Isroil xalqining ishboshilari: “Kunda belgilangan gʻisht miqdorini kamaytirmasdan quyasizlar!” degan gapni eshitib, qiyin ahvolda qolganlarini tushundilar. 20 Ular firʼavn huzuridan chiqishlari bilan, Muso bilan Horunga duch kelishdi. Ikkovi ularni kutib turgan edi. 21 Isroil xalqi ishboshilari:
— Sizlar bizni firʼavnga, uning aʼyonlariga yomon koʻrsatib qoʻydingizlar, — deyishdi. — Bizni oʻldirishiga sabab topib berdingiz. Egamiz qilmishlaringizni koʻrib, jazoingizni bersin!
Muso Egamizga shikoyat qiladi
22 Shundan keyin Muso ularning oldidan ketib, Egamizga iltijo qildi:
— Yo Rabbiy! Nimaga bu xalqni shunchalik kulfatga qoʻyding? Nimaga meni yubording? 23 Firʼavnga Sening xabaringni olib kelishim bilanoq, u xalqingga battar vahshiylik qila boshladi. Sen esa Oʻzingning xalqingni ozod qilmading.