15–BOB
Tok va uning novdalari haqida masal
1 Iso shogirdlariga dedi: “Men haqiqiy tokman, osmondagi Otam esa bogʻbondir. 2 Hosil bermaydigan har bir novdamni U kesib tashlaydi. Hosil beradigan har bir novdani esa, yana koʻproq hosil bersin deb, xomtok qilib tozalaydi. 3 Men sizga aytgan soʻzim orqali sizlar allaqachon tozalanib boʻlgansizlar. 4 Men bilan aloqada boʻlinglar, shunda Men sizlar bilan aloqada boʻlaman. Tokka ulanmagan novda oʻz–oʻzidan hosil berolmaydi. Shu singari, sizlar ham Men bilan aloqada boʻlmasangizlar, hosil berolmaysizlar.
5 Men — tok, sizlar esa novdasizlar. Agar Menda boʻlsangizlar va Men sizlarda boʻlsam, koʻp hosil berasizlar. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar. 6 Kim Men bilan aloqani uzsa, novda kabi, tashlab yuboriladi va quriydi. Bunday novdalarni esa yigʻib, oʻtga tashlab yondirishadi. 7 Agar siz Men bilan aloqada boʻlib, soʻzlarimni qalbingizga jo qilsangizlar, istaganingizni soʻranglar, sizga beriladi. 8 Sizlar koʻp hosil berib, Mening shogirdlarim ekanligingizni isbotlaysiz. Bu orqali Otam ulugʻlanadi.
Sevgi haqida
9 Osmondagi Otam Meni qanday sevgan boʻlsa, Men ham sizlarni shunday sevdim. Sevgimga sodiq qolinglar. 10 Men Otamning amrlariga amal qilib, Uning sevgisiga sodiq qolganman. Xuddi shu singari, sizlar ham, Mening amrlarimga amal qilsangizlar, sevgimga sodiq qolasizlar.
11 Mening shodligim qalbingizni toʻldirsin deb, sizlarga bu soʻzlarni aytdim. 12 Mening amrim shu: Men sizlarni qanday sevgan boʻlsam, sizlar ham bir–biringizni shunday sevinglar. 13 Kim oʻz jonini doʻstlari uchun fido qilsa, bundan ortiq sevgi yoʻq. 14 Agar sizlar amrlarimni bajo keltirsangizlar, Mening doʻstlarim boʻlasizlar. 15 Men sizlarni endi qul deb atamayman. Qul xoʻjayini nima qilishini bilmaydi. Sizlarni doʻstlarim deyman, chunki Otamdan eshitgan hamma narsani sizlarga aytdim.
16 Sizlar Meni emas, Men sizlarni tanladim. Men sizlarni: «Borib hosil bersin, hosili boqiy boʻlsin», deb tanladim. Shunda Mening nomimdan Otadan nima soʻrasangizlar, U sizlarga beradi.
17 Xullas, sizlarga amrim shu: bir–biringizni sevinglar!
Dunyoning nafrati
18 Agar dunyo sizlardan nafratlanayotgan boʻlsa, bilingki, sizlardan ilgari Mendan nafratlangan. 19 Sizlar bu dunyoga tegishli boʻlganingizda edi, dunyo sizlarni oʻziniki kabi sevar edi. Sizlar esa bu dunyoga tegishli emassizlar. Men sizlarni bu dunyodan tanlab oldim. Ana shu sababdan dunyo sizlardan nafratlanadi. 20 Qul oʻz xoʻjayinidan ustun emas degan soʻzimni eslanglar. Agar Meni quvgʻin qilgan boʻlsalar, sizlarni ham quvgʻin qiladilar. Agar Mening soʻzlarimga rioya qilgan boʻlsalar, sizlarnikiga ham rioya qiladilar.
21 Odamlar bularni sizlarga Mening nomim tufayli qiladilar. Axir, ular Meni Yuborganni tanimaydilar. 22 Agar Men kelib, ularga gapirmaganimda edi, ular Menga ishonmaganlari uchun gunohda ayblanmas edilar. Endi boʻlsa gunohlarini oqlash uchun bahona topa olmaydilar. 23 Mendan nafratlangan odam osmondagi Otamdan ham nafratlanadi. 24 Agar Men ular orasida boshqa hech kim qilmagan moʻjizalarni qilmaganimda edi, ular gunohda ayblanmas edilar. Endi boʻlsa moʻjizalarimni koʻrdilar–u, Mendan ham, Otamdan ham nafratlandilar. 25 Bu esa Tavrotdagi: «Mendan sababsiz nafrat etganlar» degan soʻzlar bajo boʻlishi uchun sodir boʻldi.
26 Men sizlarga Otamdan yuboradigan Homiy , yaʼni Otamdan chiqadigan Haqiqat Ruhi kelganda Men toʻgʻrimda guvohlik beradi. 27 Sizlar ham guvohlik berasizlar, chunki boshdanoq Men bilan birga boʻlgansizlar.