21–BOB
Levi qabilasiga berilgan shaharlar
1 Levi qabilasi urugʻboshilari kelib, ruhoniy Elazar , Nun oʻgʻli Yoshua va Isroil qabilalarining boshliqlari bilan gaplashishdi. 2 Isroil xalqi hali ham Kanʼon yurtidagi Shiloʻ shahrida edi. Levi qabilasidan kelganlar shunday deyishdi: “Levi qabilasiga yashash uchun shaharlar, qoʻy–mollarini boqish uchun esa shaharlarning atrofidagi yaylovlarni ber, deb Egamiz Musoga amr qilgan edi .” 3 Isroil xalqi Egamizning oʻsha amri boʻyicha, oʻzlarining yerlaridan Levi qabilasiga baʼzi shaharlarni va ularning atrofidagi yaylovlarni berdi.
4 Qurʼa birinchi boʻlib, Levi qabilasining Qohot urugʻiga tushdi. Qohot urugʻidan boʻlgan Horun nasliga Yahudo, Shimoʻn va Benyamin qabilalariga qarashli oʻn uchta shahar berildi.
5 Yana qurʼa boʻyicha Qohot urugʻining qolgan oilalariga Iordan daryosining gʻarbidagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan, Efrayim va Dan qabilalari hududidan oʻnta shahar berildi.
6 Qurʼa tashlanib, Gershon urugʻidan boʻlganlarga Iordan daryosining sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli Bashandagi hududdan, Issaxor, Osher va Naftali qabilalari hududidan oʻn uchta shahar berildi.
7 Qurʼa boʻyicha Marori urugʻiga Ruben, Gad va Zabulun qabilalarining hududidan oʻn ikkita shahar berildi.
8 Isroil xalqi Egamizning Musoga bergan amriga koʻra, qurʼa tashlab mana shu shaharlarni va ularning yaylovlarini Levi qabilasiga berdi.
9-10 Quyida aytib oʻtilgan, Yahudo va Shimoʻn qabilalari hududlaridagi shaharlarni Isroil xalqi qurʼa boʻyicha, birinchi boʻlib Horunning nasli boʻlgan Qohot urugʻiga berdi. 11 Ularga Yahudo qirlaridagi Xirat–Arba , yaʼni Xevron shahri va uning atrofidagi yaylovlar berildi. Arba Onoq avlodining bobokaloni edi. 12 Ammo Xirat–Arba yonidagi dalalar va atrofidagi qishloqlar Yafunax oʻgʻli Xolibga mulk qilib berilgan edi .
13 Panoh shaharlaridan biri boʻlgan Xevrondan tashqari ruhoniy Horun nasliga yana quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlar ham berildi: Libna, 14 Yatir, Eshtamoʻva, 15 Xoʻlun, Davir, 16 Oyin, Yutto va Bayt–Shamash — hammasi boʻlib Yahudo va Shimoʻn qabilalarining hududlaridagi mana shu toʻqqizta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar. 17 Benyamin qabilasining hududidan esa quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Givon, Gebo, 18 Onotoʻt, Elmoʻn. 19 Mana shu oʻn uchta shahar Horun naslidan boʻlgan ruhoniylarga berildi.
20 Qohot urugʻining qolgan oilalariga Efrayim qabilasi hududidan quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ajratib berildi: 21 Efrayim qirlaridagi panoh shahri boʻlgan Shakam, Gezer, 22 Xivzayim, Bayt–Xoʻron. 23 Dan qabilasining hududidan quyidagi toʻrt shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham ruhoniylarga berildi: Eltaxa, Gibiton, 24 Oyjavlon, Gat–Rimmon. 25 Iordanning gʻarb tomonidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan hududdan quyidagi ikkita shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ruhoniylarga berildi: Tanax, Bilom . 26 Qohot urugʻining qolgan oilalariga mana shu oʻnta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi.
27 Iordanning sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan hududdan Levi qabilasining Gershon urugʻiga quyidagi ikki shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Beshtara shahri va Bashandagi panoh shahar Goʻlon. 28 Issaxor qabilasining hududidan ularga yana quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham berildi: Xishion, Dovarat, 29 Yarmut va En–Xannim. 30 Osher qabilasining hududidagi quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham Gershon urugʻiga berildi: Mishol, Abdoʻn, 31 Xalkat va Rexob. 32 Ular yana Naftali qabilasi hududidan quyidagi uchta shahar va ularning atrofidagi yaylovlarni ham oldilar: Xammutdoʻr, Kartan va Jaliladagi panoh shahar Kedesh.
33 Gershon urugʻiga mana shu oʻn uchta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi.
34 Levi qabilasining qolganlariga, yaʼni Marori urugʻiga Zabulun qabilasining hududidan quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Yoxnayom, Kartax, 35 Dimna, Nahalil. 36 Ruben qabilasining hududidan quyidagi toʻrtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham Marori urugʻiga berildi: Bazer, Yaxaz , 37 Kadamoʻt, Mifat. 38 Gad qabilasining hududidan esa quyidagi toʻrtta shahar va oʻsha shaharlarning atrofidagi yaylovlar ularga berildi: Giladdagi panoh shahar Ramoʻt, Moxanayim, 39 Xashbon, Yazir.
40 Levi qabilasining Marori urugʻiga mana shu oʻn ikkita shahar berildi.
41 Isroil xalqining yerlaridan Levi qabilasiga hammasi boʻlib qirq sakkizta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi. 42 Mana shu shaharlarning har birining atrofida yaylovlar bor edi.
Isroil xalqi yerga egalik qiladi
43 Egamiz Isroil xalqiga butun yurtni berdi. Egamizning Oʻzi Isroil xalqining ota–bobolariga, mana shu yerlarni sizlarga beraman, deb vaʼda qilgan edi. Isroil xalqi u yerlarni egallab, oʻsha yerlarda joylashdi. 44 Egamiz ularning ota–bobolariga vaʼda qilganday, butun yurt boʻylab Isroil xalqiga osoyishtalik berdi. Hech bir dushman ularga bas kela olmadi, chunki Egamizning Oʻzi Isroil xalqiga dushmanlarining ustidan gʻalaba bergan edi. 45 Egamiz Isroil xalqiga bergan ezgu vaʼdalarning hammasi roʻyobga chiqdi, birortasi ham bajarilmay qolmadi.