2–BOB
Soxta ustozlarning gunohi va jazosi
1 Isroil xalqi orasida soxta paygʻambarlar boʻlgani kabi, sizlarning orangizda ham soxta ustozlar boʻladi. Ular nayrang ishlatib, orangizda halokatli bidʼatlar tarqatadilar. Hatto ularning jonlarini sotib olgan Xoʻjayinini ham rad etib, bu bilan oʻzlarini muqarrar kulfatga yoʻliqtiradilar. 2 Koʻp odamlar ularga taqlid qilib, axloqsiz hayot kechiradilar. Ularning dastidan imonsizlar haqiqat yoʻlini yomonlaydilar. 3 Bu tamagir ustozlar toʻqib chiqargan gaplari bilan sizlarni yoʻldan ozdiradilar, soʻng pulingizni shilib oladilar. Ammo Xudo bunday odamlarni ancha oldin oʻlimga mahkum qilib qoʻygan. U mudramaydi, ularning halokatini kechiktirmaydi.
4 Xudo hatto gunoh qilgan farishtalarni ham ayamagan. Qiyomat kunigacha ularni tubsiz chuqurlikdagi zulmatga zanjirband qilib qoʻygan. 5 Xudo qadimgi dunyoni ham ayamay, betavfiqlar ustiga toʻfon keltirdi. U faqat solihlik jarchisi boʻlgan Nuhni va boshqa yetti kishini omon saqladi. 6 Xudo Sadoʻm va Gʻamoʻra shaharlarini halokatga mahkum etdi. Xudosizlarga saboq boʻlsin deb, bu shaharlarni kuydirib kul qildi. 7 Bebosh odamlarning oʻtaketgan axloqsizliklaridan azob chekkan solih Lutni esa qutqardi. 8 Oʻsha xalq orasida yashagan bu solih odam har kuni ularning qabih ishlarini koʻrib eshitgani uchun ichidan ezilib qiynalar edi. 9 Bu misollar quyidagilarni anglatadi: Egamiz taqvodorlarni kulfatlardan qutqara oladi, betavfiqlarni esa qiyomat kunidagi azoblar uchun saqlaydi. 10 Ayniqsa, shahvoniy hirsga berilib, oʻz tanasini bulgʻatuvchi, ilohiy hokimiyatni esa rad qiluvchi odamlarni U jazolaydi.
Darvoqe, orangizdagi soxta ustozlar ham ilohiy hokimiyatni rad qilyaptilar, ular surbet va takabburdirlar. Ular samoviy mavjudotlardan qoʻrqmaydilar, ularni nazarga ham ilmaydilar. 11 Farishtalar oʻsha yovuz mavjudotlardan kuchliroq va qudratliroq boʻlishlariga qaramay, Egamizning huzurida mavjudotlarni haqoratlamaydilar, hukm ham qilmaydilar. 12 Ammo bu soxta ustozlar yovvoyi hayvonlarga oʻxshaydilar, ular faqat tugʻma his–tuygʻulariga berilib yashaydilar. Oʻzlari anglab yetmaydigan yovuz mavjudotlarni mensimay yuribdilar. Biroq ular oʻsha mavjudotlar bilan birga halok boʻladilar, hayvonlar singari ovlanib, yoʻq qilinadilar.
13 Soxta ustozlarning qilgan nohaqliklari oʻzlarining boshiga yetadi. Axir, ular kuppa–kunduzi aysh–ishrat qilishni xush koʻradilar, jamoatingiz shaʼniga dogʻ tushiradilar. Sizlar taom yeyish uchun birga yigʻilganingizda, Rabbimiz Isoni xotirlash uchun non sindirganingizda, ular orangizda oʻtirib, kayfu safo qiladilar. Buzuqligi bilan boshqalarni yoʻldan uradilar. 14 Koʻzlari doimo shahvat bilan yonadi, gunoh qilib toʻymaydilar. Ular imonda sust kishilarni ovlab, yoʻldan ozdiradilar. Bu soxta ustozlar istagan narsasini undirib olishga ustasi farangdirlar. Eh, laʼnatga uchragurlar! 15 Ular toʻgʻri yoʻlni tark etdilar, Bavoʻr oʻgʻli Balom yoʻlidan borib, gumroh boʻldilar. Balom harom yoʻl bilan pul topishni xush koʻrgandi. 16 Lekin bu gunohi uchun taʼzirini yedi. Tilsiz eshak tilga kirib, inson ovozi bilan paygʻambarning ahmoqligiga chek qoʻydi.
17 Bu soxta ustozlar bamisoli suvsiz quduqdirlar, shamolda tez gʻoyib boʻladigan tuman kabidirlar. Ular uchun tim qorongʻi zulmat tayyorlab qoʻyilgan. 18 Chunki ular notoʻgʻri yoʻldan zoʻrgʻa qochib qutulgan imonlilarni yana axloqsizlik domiga tortadilar. Dabdabali, ammo tentaksimon gaplari bilan ularni avrab, nafslarini qoʻzgʻatadilar. 19 Ularga: “Erkin boʻlasizlar”, deya vaʼda beradilar, holbuki, oʻzlari gunoh qulidirlar. Axir, odam nimadan yengilsa, oʻshaning quli boʻlar, deb bejiz aytilmagan.
20 Rabbimizu najotkorimiz boʻlgan Iso Masihni tanib, dunyoning qabohatlaridan qochib qutulgan odamlar yana eski qiliqlariga qaytib, qabihlikka magʻlub boʻlishsa, ularning soʻnggi ahvoli oldingidan ham battar boʻladi. 21 Solihlik yoʻlini bilgandan keyin, ularga topshirilgan muqaddas amrlardan yuz oʻgirgandan koʻra, bu yoʻlni hech bilmagani oʻzlari uchun yaxshiroq boʻlar edi. 22 Bunday odamlarga mana shu maqol aynan toʻgʻri keladi:

“It oʻz qusugʻiga qaytar ,
Yuvilgan choʻchqa esa balchiqqa.”