11–BOB
Pavlus va soxta havoriylar
1 Qaniydi, sizlar mening ozgina ahmoqlik qilishimga chidasangiz! Ilojingiz qancha? Axir, qarang, sizlar menga chidab kelyapsizlar–ku! 2 Men sizlarni Xudoning rashki bilan qizgʻanyapman, chunki goʻyo bir pok bokira qizni yagona erga nikohlaganday, sizlarni Masihga taqdim etmoqchiman. 3 Ammo Momo Havo ilonning yolgʻon–yashiqlariga ishonib, yoʻldan ozgani kabi , sizlarning ham oʻy–xayollaringiz buzilmasin. Men sizlardan xavotirdaman, sizlar oʻzingizni chin yurakdan, samimiylik bilan Masihga bagʻishlaganingizni unutib qoʻyasiz, deb qoʻrqaman. 4 Axir, birov kelib, biz vaʼz qilgan Isodan boshqa bir Iso haqida vaʼz qilsa yoki sizlar olgan Ruhdan boshqa bir ruh haqida va sizlar qabul qilgan Xushxabardan boshqa bir xushxabarni aytsa, bunday odamlarni xush qarshilab oʻtiribsiz. 5 Sizlar “oliy havoriylar” deb bilgan oʻsha ustozlaringizdan men hech bir narsada qolishmayman, deb oʻylayman. 6 Men mohir vaʼzxon boʻlmasam–da, ilm–maʼrifatda hech kamchiligim yoʻq. Buni sizlarga har jihatdan ochiq–oydin koʻrsatdim.
7 Men sizlarni yuksaltirish uchun oʻzimni past olib, Xudoning Xushxabarini sizlarga tekinga aytib, gunoh qildimmi?! 8 Sizlarga xizmat qilish uchun boshqa jamoatlardan mablagʻ oldim. Bu bilan xuddi ulardan oʻgʻirlaganday boʻldim. Orangizda boʻlib, muhtojlikda qolganimda ham birovga ortiqcha yuk boʻlmadim, 9 chunki Makedoniyadan kelgan birodarlar barcha ehtiyojlarimni qondirdilar. Men biron narsada sizlarga ogʻirligimni tushirmaslikka harakat qildim va shunday qilishda davom etaveraman. 10 Qalbimda Masihning haqiqati borligiga shubha yoʻq, shu bois Axaya hududi boʻylab yoyilayotgan bu obroʻ–eʼtiborimni hech kim toʻka olmasligiga aminman. 11 Nima uchun sizlardan yordam soʻramadim? Bu sizlarni yomon koʻrishimdan darak beradimi? Mana, Xudoga ayon, sizlarni yaxshi koʻraman.
Men qilayotgan ishimni davom ettiraveraman. 12 Ana shunda, bizning ishlarimiz Pavlusning xizmati bilan baravar, deb maqtanayotganlarning gaplariga hech bir asos boʻlmaydi. 13 Axir, ular oʻzlarini Masihning havoriylari qilib koʻrsatayotgan soxta havoriylar va hiylakor xizmatchilar–ku! 14 Buning hayron qoladigan joyi yoʻq, chunki hatto shayton ham oʻzini nurli farishta qilib koʻrsatadi. 15 Shuning uchun shaytonning xizmatkorlari oʻzlarini solihlik xizmatchilari qilib koʻrsatar ekanlar, buning hech ajablanarli joyi yoʻq. Oqibatda ular qilmishlariga yarasha jazo oladilar.
Pavlusning chekkan zahmatlari
16 Yana aytaman, biror kishi meni ahmoq ekan, deb aytmasin. Bordi–yu, sizlar shunday deb oʻylasangiz, unda ahmoqlarga qanday munosabatda boʻlsangiz, menga ham shunday munosabatda boʻlinglar, shunda men ham ozgina maqtanib olaman. 17 Men balandparvozlik bilan gapirib, ahmoqlarday maqtanyapman. Bu Rabbimiz Isoga munosib emas. 18 Modomiki, koʻpchilik insoniy mavqei bilan maqtanayotgan ekan, mayli, men ham maqtanay. 19 Axir, sizlar shunchalik donosizki, aqlsizlarga jon deb toqat qilasizlar. 20 Haqiqat shuki, birortasi sizlarni oʻziga asir qilsa ham, haqingizni yesa ham, talon–taroj qilsa ham, oʻzini katta tutsa ham, yuzingizga tarsaki solsa ham, ularning hammasiga toqat qilib kelyapsiz.
21 Biz sizlarga oʻshanday muomala qilmadik. Shuning uchun biz sizning nazaringizda ojiz boʻlib koʻringandirmiz–da?! Bundan uyalishimiz kerakmi?! Xoʻp, ahmoqlarcha gapirayotgan ekanman, odamlar nima bilan maqtanishga jurʼat qilayotgan boʻlsa, men ham oʻshalar bilan maqtanishga jurʼat qilaman. 22 Ular ibroniymi? Men ham ibroniyman! Ular Isroil xalqiga tegishlimi? Men ham Isroil xalqidanman! Ular Ibrohim naslidanmi? Men ham Ibrohim naslidanman! 23 Ular Masihning xizmatkorlarimi? Men befarosatlik qilib aytyapmanki, ularning hammasidan ustunman. Zahmat desangiz, men ulardan koʻproq zahmat chekdim. Zindon desangiz, ulardan koʻproq zindonda yotdim. Zarba desangiz, men haddan tashqari koʻp zarba yedim, hatto koʻp marta oʻlimga roʻbaroʻ boʻldim. 24 Yahudiylardan besh marta bir kam qirqtadan kaltak yedim. 25 Rim amaldorlari meni uch marta kaltaklatdilar. Bir marta toshboʻron boʻldim , uch marta kemada halokatga uchradim, bir kechayu kunduzni dengiz bagʻrida oʻtkazdim. 26 Koʻp marta uzoq safarlarda boʻldim. Daryolarda tahlikada qoldim. Qaroqchilar hujumidan hayotim tahlikada qoldi. Oʻz qondoshlarimu gʻayriyahudiylar tufayli tahlika ostida qoldim. Shaharda tahlika, sahroda tahlika, dengizda tahlika, soxta birodarlar orasida tahlika! 27 Men ancha mehnat va mashaqqat ostida, koʻp marta uyqusizlikda, ochlik va tashnalikda qoldim. Baʼzan yeyishga nonim, sovuqda kiyishga kiyimim boʻlmadi.
28 Yana bulardan va qolgan boshqa narsalardan tashqari, har kuni barcha jamoatlar haqida qaygʻurish ham mening zimmamda. 29 Ayting–chi, zaif odam bormi? Men undan ham zaifman. Birorta odam vasvasaga tushib, yoʻldan ozganmi? Men vasvasa dastidan ado boʻldim–ku! 30 Maqtanish kerak boʻlsa, ojizligim bilan maqtanaman. 31 Rabbimiz Isoning Otasi — abadiy hamdu sanoga loyiq Xudo biladiki, men yolgʻon gapirmayapman. 32 Damashqda boʻlganimda, shoh Xaretasga qarashli viloyat hokimi meni tutib olish uchun Damashq shahrini nazorat ostiga olgan edi. Ammo meni savat ichida shahar devoridagi derazadan tushirishdi va men uning qoʻlidan qochib qutuldim.