1–BOB
Duoyi salom
1 Chin koʻngildan yaxshi koʻradigan aziz birodarim Gayusga men — oqsoqoldan salom!
2 Aziz doʻstim, hamma ishlaringga Xudodan rivoj tilayman. Tanang, ruhing singari, sogʻ–salomat boʻlsin.
Gayusning maqtovga loyiq mehmondoʻstligi
3 Har safar birodarlarimiz kelib, sening haqiqatga sodiq qolganingni va haqiqat boʻyicha yashayotganingni aytishganda, men gʻoyat xursand boʻlaman. 4 Men uchun farzandlarimning haqiqat boʻyicha yashayotganlarini eshitishdan kattaroq xursandchilik yoʻq.
5 Aziz doʻstim, sen birodarlarimizga, hatto oʻzing tanimaganlarga ham, doim sadoqat bilan yordam berib kelyapsan. 6 Ular sening mehribonliging toʻgʻrisida imonlilar jamoatiga aytib yurishibdi. Bu ishingni davom ettiraver, Xudoga munosib tarzda safardagi birodarlarga yordam ber. 7 Axir, ular Masih nomi uchun yoʻlga chiqqanlar. Imonsizlardan hech qanday yordam olmaslikka qaror qilganlar. 8 Biz bunday odamlarni qoʻllab–quvvatlashimiz kerak, shunda haqiqatni eʼlon qilishda ularga hamkor boʻlamiz.
Diotrefes va Demitrus
9 Men imonlilar jamoatiga bir maktub yozgan edim. Ammo ularning oralarida oʻzini katta tutayotgan Diotrefes gaplarimizga eʼtibor bermayapti. 10 Agar borsam, uning qilmishlarini fosh etaman. U biz haqimizda yomon gaplar tarqatib, tuhmat qilib yuribdi. Bu bilan ham kifoyalanmay, birodarlarni qabul qilmayapti, qabul qilmoqchi boʻlganlarga toʻsqinlik qilib, ularni hatto jamoatdan quvib chiqaryapti.
11 Aziz birodarim, sen yomonlikka emas, yaxshilikka taqlid qil. Yaxshilik qiluvchi odam Xudodandir. Yomonlik qiluvchi esa Xudoni koʻrmagan.
12 Demitrus haqida esa hamma yaxshi gapirmoqda, uning hayotida va taʼlimotida aks etgan haqiqatning oʻzi ham u tomondadir. Biz ham u haqda yaxshi fikrdamiz, gapimiz toʻgʻri ekanligini oʻzing bilasan.
Xayrlashuv
13 Senga aytadigan gapim koʻp, ammo ularni siyoh bilan qogʻozga yozishni istamadim. 14 Undan koʻra, yaqin orada oʻzing bilan yuzma–yuz koʻrishib gaplashaman degan umiddaman. 15 Tinch–omon boʻlgin. Doʻstlarimiz senga salom yoʻllayaptilar. U yerdagi doʻstlarimga ham nomma–nom salom aytib qoʻy.