1–BOB
Shoh Kurush yahudiylarga Quddusga qaytish uchun ijozat beradi
1 Fors shohi Kurush hukmronligining birinchi yilida Egamizning Yeremiyo orqali bildirgan soʻzlari bajo boʻlishi uchun, Egamiz shoh Kurushning yuragiga Quddusdagi Maʼbadni qayta qurish istagini soldi. Shunday qilib, Kurush oʻz shohligining hamma tomoniga xabarchilar joʻnatdi va yozma farmonda quyidagilarni eʼlon qildi:
2 “Fors shohi Kurush shunday demoqda: Samoviy Xudo — Egamiz yer yuzidagi jamiki shohliklarni menga bergan. U Yahudo yurtidagi Quddus shahrida Oʻziga bir uy qurishni menga topshirdi. 3 Xudoning xalqidan boʻlganlarga men ijozat beraman: ular Quddusga borishlari va Isroil xalqining Xudosi — Egamizning uyini qayta qurishlari mumkin. Quddusda sajda qilinadigan Xudo Udir. Isroil xalqiga oʻzlarining Xudosi yor boʻlsin. 4 Surgundagi yahudiylar yashaydigan hamma joyda shunday deb eʼlon qilinsin: Quddusga qaytmaydigan yahudiylar qaytadigan yahudiylarga yordam bersin. Ularga kumush, oltin, safar uchun zarur buyumlar va chorva berishsin. Bulardan tashqari, Xudoning Quddusdagi uyi qayta qurilishi uchun koʻngildan chiqarib nazrlar berishsin.”
5 Shunday qilib, Yahudo va Benyamin qabilalarining urugʻboshilari, ruhoniylar va levilar, shuningdek, Xudo ruhlantirgan har bir odam Egamizning Quddusdagi uyini qayta qurish uchun safarga tayyorlandi. 6 Barcha qoʻshnilari ularga chin koʻngildan chiqarib nazrlar berdilar. Bulardan tashqari, kumush idishlar, oltin, safar uchun buyumlar, chorva va boshqa qimmatbaho hadyalar berib yordam qildilar. 7 Shoh Kurush Egamizning uyiga tegishli boʻlgan buyumlarni olib kelishni buyurdi. Bu buyumlarni shoh Navuxadnazar Quddusdan olib kelib , oʻzining xudolari uyiga qoʻygan edi. 8 Shoh Kurush bu buyumlarni xazinabon Mitradot nazorati ostiga topshirdi. Mitradot esa bularni sanab, Yahudo yoʻlboshchisi Shashbazzarga berdi. 9 Buyumlarning roʻyxati quyidagicha edi:
oltin togʻorachalar — 30 ta
kumush togʻorachalar — 1000 ta
boshqa idishlar — 29 ta
10 oltin kosalar — 30 ta
kumush kosalar — 410 ta
boshqa buyumlar — 1000 ta.
11 Oltin va kumush buyumlarning jami 5400 ta edi. Shashbazzar boshqa asirlar qatorida Bobildan Quddusga qaytib ketayotganda, bu buyumlarning hammasini oʻzi bilan olib ketdi.