5–BOB
Yigit:
1 Ey jonim, kelinchagim, bogʻimga kelib,
Mirra va ziravorlarimni toʻplayman.
Asalari mumini hamda asalimni yeyman,
Sut va sharobimni ichaman.
Toʻyguningcha yegin, sevgilim,
Sevgidan ichib, qoniqqin.
Toʻrtinchi qoʻshiq
Qiz:
2 Uxladim, lekin yuragim uygʻoq edi.
Ana, sevgilim chaqirmoqda:
“Ochgin eshigingni, jonim, sevgilim,
Kabutarim, komilim.
Boshim hoʻldir shudringdan,
Sochlarim esa tun shabnamidan.”
3 Kiyimlarimni yechib qoʻyganman,
Qanday qilib yana kiyaman?!
Oyoqlarim yuvilgan,
Ularni kir qilaymi?!
4 Sevgilim qoʻlini eshik teshigidan kirgizganda,
Butun vujudim titrab ketdi.
5 Sevgilimni kirgizay, deya turdim.
Qoʻllarimdagi mirra,
Eshikning tutqichlariga oqib tushdi.
6 Sevgilimga eshikni ochdim,
Lekin u ketib qolibdi.
U ketganiga yurak–bagʻrim ezildi .
Qidirib, uni topa olmadim,
Chaqirdim, lekin u javob bermadi.
7 Shaharni aylanib yurgan qoʻriqchilar
Meni koʻrib qoldilar.
Ular meni urib yaraladilar.
Oʻsha shahar qoʻriqchilari
Ustimdagi roʻmolimni olib qoʻydilar.
8 Ey Quddus qizlari, vaʼda beringlar,
Sevgilimni topsangiz, aytib qoʻyinglar,
Uning ishqi dardida yonmoqdaman.
Quddus qizlari:
9 Ey ayollar goʻzali,
Sevgilingning boshqalardan nimasi ortiq?!
Uning boshqalardan nimasi ortiqki,
Sen bizga, vaʼda beringlar, deb aytasan?!
Qiz:
10 Sevgilim koʻhlik, chiroylidir,
Oʻn mingtaning ichida ajralib turar.
11 Boshi eng aʼlo tilladay goʻzal,
Jingalak sochlari qargʻaday qop–qoradir.
12 Koʻzlari esa buloqlar boʻyidagi kabutarlarday,
Chashmalar boʻyidagi, sutga choʻmdirilgan kaptarlardaydir.
13 Uning yonoqlari muattar hidli
Ziravor bogʻlari kabi juda xushboʻydir.
Lablari esa mirra oqib turgan
Nilufarlar kabi shirindir.
14 Qoʻllari tilladan yasalib,
Topaz toshlar bilan bezatilganga oʻxshaydi.
Tanasi esa zangori yoqutlar oʻrnatilgan
Tep–tekis fil suyagiday chiroylidir.
15 Oyoqlari tilla taglikka oʻrnatilgan
Marmar ustunlari kabi kuchlidir.
Uning qiyofasi ulugʻvor Lubnonday,
Qudratli, aʼlo sadr daraxtlaridaydir.
16 Uning ovozi juda shirin,
Oʻzi esa har jihatdan maftunkor.
Ey Quddus qizlari, mana shunday yigit
Mening sevgilim, doʻstimdir.
5–BOB
Yigit:
1 Ey jonim, kelinchagim, bogʻimga kelib,
Mirra va ziravorlarimni toʻplayman.
Asalari mumini hamda asalimni yeyman,
Sut va sharobimni ichaman.
Toʻyguningcha yegin, sevgilim,
Sevgidan ichib, qoniqqin.
Toʻrtinchi qoʻshiq
Qiz:
2 Uxladim, lekin yuragim uygʻoq edi.
Ana, sevgilim chaqirmoqda:
“Ochgin eshigingni, jonim, sevgilim,
Kabutarim, komilim.
Boshim hoʻldir shudringdan,
Sochlarim esa tun shabnamidan.”
3 Kiyimlarimni yechib qoʻyganman,
Qanday qilib yana kiyaman?!
Oyoqlarim yuvilgan,
Ularni kir qilaymi?!
4 Sevgilim qoʻlini eshik teshigidan kirgizganda,
Butun vujudim titrab ketdi.
5 Sevgilimni kirgizay, deya turdim.
Qoʻllarimdagi mirra,
Eshikning tutqichlariga oqib tushdi.
6 Sevgilimga eshikni ochdim,
Lekin u ketib qolibdi.
U ketganiga yurak–bagʻrim ezildi .
Qidirib, uni topa olmadim,
Chaqirdim, lekin u javob bermadi.
7 Shaharni aylanib yurgan qoʻriqchilar
Meni koʻrib qoldilar.
Ular meni urib yaraladilar.
Oʻsha shahar qoʻriqchilari
Ustimdagi roʻmolimni olib qoʻydilar.
8 Ey Quddus qizlari, vaʼda beringlar,
Sevgilimni topsangiz, aytib qoʻyinglar,
Uning ishqi dardida yonmoqdaman.
Quddus qizlari:
9 Ey ayollar goʻzali,
Sevgilingning boshqalardan nimasi ortiq?!
Uning boshqalardan nimasi ortiqki,
Sen bizga, vaʼda beringlar, deb aytasan?!
Qiz:
10 Sevgilim koʻhlik, chiroylidir,
Oʻn mingtaning ichida ajralib turar.
11 Boshi eng aʼlo tilladay goʻzal,
Jingalak sochlari qargʻaday qop–qoradir.
12 Koʻzlari esa buloqlar boʻyidagi kabutarlarday,
Chashmalar boʻyidagi, sutga choʻmdirilgan kaptarlardaydir.
13 Uning yonoqlari muattar hidli
Ziravor bogʻlari kabi juda xushboʻydir.
Lablari esa mirra oqib turgan
Nilufarlar kabi shirindir.
14 Qoʻllari tilladan yasalib,
Topaz toshlar bilan bezatilganga oʻxshaydi.
Tanasi esa zangori yoqutlar oʻrnatilgan
Tep–tekis fil suyagiday chiroylidir.
15 Oyoqlari tilla taglikka oʻrnatilgan
Marmar ustunlari kabi kuchlidir.
Uning qiyofasi ulugʻvor Lubnonday,
Qudratli, aʼlo sadr daraxtlaridaydir.
16 Uning ovozi juda shirin,
Oʻzi esa har jihatdan maftunkor.
Ey Quddus qizlari, mana shunday yigit
Mening sevgilim, doʻstimdir.