8–BOB
Muqaddas Ruhning yetakchiligida yashash
1 Iso Masihga tegishli boʻlganlar endi hukm qilinmaydilar. 2 Hayot ato etuvchi Ruhning qonun–qoidasi Iso Masih orqali bizni gunohdan va oʻlimga yetaklaydigan qonundan ozod qildi. 3 Inson Xudoning qonunini bajara olmagani uchun qonun taʼsirsiz boʻlib qoldi. Qonun insonni gunohdan qutqara olmagani uchun Xudoning Oʻzi odamlarni qutqardi. U Oʻz Oʻgʻlini gunohkor insonga oʻxshatib, bu dunyoga yubordi va gunohning qudratini yoʻq qildi . Shu yoʻsin Xudo inson orqali gunohni mahkum qildi. 4 Biz — bashariy tabiatning emas, balki Ruhning yetakchiligida yashayotganlar — qonun talab qilgan solihlikka erishishimiz uchun Xudo shunday qildi.
5 Bashariy tabiat yetakchiligida yashaydiganlar bashariy fikr qiladilar. Ruhning yetakchiligida yashaydiganlar esa Ruhni mamnun qiladigan narsalar haqida fikr qiladilar. 6 Bashariy tabiat yetakchiligida fikr qilish oʻlimga yetaklaydi, Ruh yetakchiligida fikr qiladiganlar esa hayot va tinchlikka ega boʻladilar. 7 Bashariy tabiat yetakchiligida fikr qilish Xudoga dushmanlikdir, chunki bunday tabiat Xudoning qonuniga itoat qilmaydi, darhaqiqat, itoat qila olmaydi ham. 8 Bashariy tabiat yetakchiligida yashaydiganlar Xudoni mamnun qila olmaydi.
9 Agar Xudoning Ruhi haqiqatan ham sizlarning qalbingizda makon qilgan boʻlsa, sizlar endi bashariy tabiat amri bilan emas, balki Ruh amri bilan yashayapsizlar. Kimki Masihning Ruhiga ega boʻlmasa, u Masihga tegishli emas. 10 Ammo Masih sizning qalbingizda makon qilgan. Toʻgʻri, gunoh tufayli tanangiz oʻlimga mahkum qilingan, lekin endi Xudoning Ruhi sizlar uchun hayot manbaidir , chunki sizlar oqlangansiz. 11 Isoni oʻlikdan tiriltirgan Xudoning Ruhi qalbingizda yashayapti. Iso Masihni oʻlikdan tiriltirgan Xudo yuragingizda yashayotgan Oʻz Ruhi orqali sizlarning foniy tanangizni ham oʻlikdan tiriltiradi.
12 Shunday qilib, ey birodarlar, endi biz bashariy tabiatimizning amri bilan yashashga majbur emasmiz. 13 Axir, bashariy tabiat yetakchiligida yashasangiz, oʻlasizlar, ammo Ruh orqali oʻsha tabiatning qilmishlariga chek qoʻysangiz, yashaysizlar.
14 Xudo Ruhining yetakchiligida yashaydiganlarning hammasi Xudoning farzandlaridir. 15 Xudo bizga Oʻz Ruhini berdi. Buni yana qul boʻlib, qoʻrquvda yashashimiz uchun emas, balki Uning farzandi boʻlib, Ruh orqali Xudoni “Otajon” deb chaqirishimiz uchun qildi. 16 Xudoning Ruhi bizning ruhimizga qoʻshilib, biz Xudo farzandlari ekanligimiz haqida guvohlik berib turadi. 17 Biz Xudoning farzandlari ekanmiz, demak, farzandlarday Uning vaʼda qilgan barakalariga ega boʻlamiz, Masih bilan birga bu barakalarni baham koʻramiz. Biz Masihning azob–uqubatlariga sherik ekanmiz, albatta, Uning ulugʻvorligiga ham sherik boʻlamiz.
Hozirgi azob–uqubatlar va kelajakdagi ulugʻvorlik
18 Ishonchim komilki, hozirgi azob–uqubatlarimiz bizga zohir qilinadigan ulugʻvorlik oldida hech narsa emas. 19 Axir, Xudoning farzandlari kim ekanligining ayon qilinishini butun mavjudot intizorlik bilan kutyapti. 20-21 Chunki mavjudot behudalikka mubtalo boʻlgan . Bu — mavjudotning ixtiyori bilan emas, balki Xudoning ixtiyori bilan boʻldi. Shunday boʻlsa–da, mavjudot chirib–bitish qulligidan ozod etilib, Xudoning farzandlari bilan birga ulugʻvor erkinlikdan bahramand boʻlishiga umid bor .
22 Axir, butun mavjudot goʻyo toʻlgʻoq azobida, hozirga qadar oh–nola qilayotganini bilamiz. 23 Nafaqat mavjudot, balki biz oʻzimiz — Xudoning Ruhi bilan yashash qanday ekanligini tatib koʻrganlar ham — ich–ichimizdan oh–nola qilyapmiz. Xudoning farzandlari qilib asrab olinganimizning toʻliq roʻyobga chiqishini hamda oʻladigan badanimizning chirib–bitishdan ozod boʻlishini intizorlik bilan kutyapmiz. 24 Umidimizning roʻyobga chiqishini kutib, najot topganmiz. Koʻzga koʻrinib turgan narsa umid emas. Axir, kim koʻrib turgan narsani umid qiladi?! 25 Agarda biz koʻrmaganimizni umid qilayotgan boʻlsak, buni sabr bilan kutsak boʻladi.
26 Buning ustiga, ojizligimizda Ruh bizga madad beradi. Chunki biz qanday ibodat qilishni bilmaymiz, ammo Ruhning Oʻzi ifoda qilib boʻlmas oh–nolalar bilan biz uchun Xudo oldida shafoat qiladi. 27 Insonlarning yuragini sinovchi Xudo Ruhning fikri nimada ekanligini biladi, chunki Ruh Xudoning irodasiga koʻra, Uning azizlari uchun shafoat qiladi.
28 Biz bilamizki, Xudoni yaxshi koʻrganlarga hamma narsa yaxshilikka xizmat qiladi, chunki Xudo ularni Oʻzining maqsadiga koʻra, daʼvat etgan. 29 Xudo ularni azaldan tanlab olgan edi va “Mening Oʻgʻlimga oʻxshagan boʻlsinlar”, deb oldindan belgilab qoʻygan edi, toki Oʻgʻil koʻp birodarlar orasida toʻngʻich boʻlsin . 30 Xudo oldindan belgilab qoʻyganlarni daʼvat etdi, daʼvat etganlarni oqladi, oqlaganlarni Oʻzining ulugʻvorligidan bahramand qildi.
Xudoning mehr–muhabbati
31 Endi bunga nima deymiz? Xudo biz tomonda ekan, hech kim bizga qarshi tura olmaydi! 32 Xudo Oʻz Oʻgʻlini ayamay, hammamiz uchun Uni fido qilgan boʻlsa, Unga qoʻshib, qolgan hamma narsani ham bizga ato qilmasmikan?! 33 Xudoning tanlaganlarini kim ayblay olardi?! Xudoning Oʻzi ularni oqlaydi–ku! 34 Bizni kim mahkum qilar ekan?! Axir, oʻlib, tirilgan, Xudoning oʻng tomonida oʻtirgan Iso Masihning Oʻzi biz uchun shafoat qilmoqda–ku! 35 Kim bizni Masihning mehr–muhabbatidan ajrata oladi? Azob–uqubatmi, iztirobmi, quvgʻinmi, ochlikmi, yalangʻochlikmi, xavf–xatarmi yoki qilichmi? 36 Muqaddas bitiklarda yozilgan–ku:

“Sen tufayli har kuni oʻlimga duch kelamiz,
Boʻgʻizlanadigan qoʻyday boʻlib qolganmiz.”

37 Axir, bizni yaxshi koʻradigan Masih orqali hamma qiyinchiliklar ustidan butunlay gʻalaba qozonamiz. 38 Men aminmanki, oʻlim ham, hayot ham, farishtalaru jinlar ham, hech qanday gʻayritabiiy kuchlar ham, hozirgiyu kelgusi hodisalar ham, 39 balandliklaru chuqurliklar ham, yaratilgan bironta mavjudot ham bizni Rabbimiz Iso Masih shaxsidagi Xudoning mehr–muhabbatidan judo qilishga qodir emas.