6–BOB
Sulaymon Egamizning uyini quradi
1 Isroil xalqi Misr yurtidan chiqqaniga 480 yil boʻlganda, Sulaymon Isroil taxtiga oʻtirganiga toʻrt yil boʻlgan edi . U oʻsha yilning ikkinchi oyida — Ziv oyida Egamizning uyini barpo qilishni boshladi. 2 Shoh Sulaymon Egamiz uchun qurayotgan uyning uzunligi 60 tirsak , eni 20 tirsak, balandligi 30 tirsak edi. 3 Egamiz uyining asosiy xonasi oldida ayvon boʻlib, ayvonning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir oʻlchovda — 20 tirsak, eni 10 tirsak edi. 4 Uyga panjarali derazalar ham yasattirdi. 5 Uyning tashqaridagi devorining yoniga va orqasiga uch qavatli yon xonalar qurdirdi. 6 Birinchi qavatning kengligi 5 tirsak, ikkinchi qavatning kengligi 6 tirsak, uchinchi qavatning kengligi 7 tirsak edi. Sulaymon uyning devorlarini, yon xonalarning hajmiga moslab, zinapoya shaklida qurdirdi. Shu sababdan yon xonalar uyning devoriga taqalmagan edi.
7 Uy qurilishi uchun toshlardan foydalanildi. Toshlar konning oʻzida yoʻnib tayyorlandi. Shu sababdan uy qurilayotganda, na bolgʻa, na bolta, na biror temir asbob ovozi eshitildi.
8 Oʻrta qavatdagi yon xonaning eshigi uyning janub tomonida edi: aylanma zinapoya orqali oʻrta qavatga, oʻrta qavatdan esa uchinchisiga chiqilardi. 9 Shunday qilib, Sulaymon uyning devorlarini qurib bitkazdi. Soʻng uyning tomini sadr daraxtidan qilingan toʻsinlar va taxtalar bilan yopdi. 10 Uyning aylanasi boʻylab qurilgan yon xonalarning har bir qavatining balandligi 5 tirsak edi. Toʻsinlar yon xonalar bilan uyning devorini bogʻlab turardi.
11 Egamiz Sulaymonga shu soʻzlarni ayon qildi:
12 — Mana, sen uyni quryapsan. Agar Mening farmonlarimga koʻra yursang, qonun–qoidalarimga rioya etsang, hamma amrlarimga itoat qilsang, oʻshanda otang Dovudga bergan vaʼdalarimni sen orqali bajaraman. 13 Har doim Isroil xalqi orasidan maskan qilaman, xalqim Isroilni aslo tark etmayman.
14 Shunday qilib, Sulaymon Xudoning uyini qurib boʻldi.
Egamiz uyining bezaklari haqida batafsil maʼlumotlar
15 Sulaymon Egamiz uyining devori ichkarisini yerdan shiftiga qadar sadr yogʻochidan qilingan taxta bilan qoplatdi. Polini sarv yogʻochi taxtasidan qildi. 16 Ichki xona uyning ichkarisiga qurilgan boʻlib, yerdan shiftiga qadar sadr yogʻochi bilan ajratilgan edi. Bu xona Eng muqaddas xona deb ataldi. Bu xonaning boʻyi 20 tirsak chiqardi. 17 Asosiy xonaning boʻyi esa 40 tirsak boʻlib, bu xona Eng muqaddas xonaning old tomonida edi. 18 Uyning ichkarisi sadr taxtalari bilan qoplanib, taxtalarga qovoq va ochilib turgan gullar surati shunday oʻyilgan ediki, devor toshlari koʻrinmas edi.
19 Eng muqaddas xona Egamizning Ahd sandigʻini qoʻyish uchun hozirlangan edi. 20 Oʻsha xonaning uzunligi ichki tarafdan 20 tirsak, kengligi 20 tirsak, balandligi ham 20 tirsak edi. Sulaymon bu xonani toza oltin bilan qoplatdi. Sadr yogʻochidan yasalgan tutatqi qurbongohini ham oltin bilan qoplatdi . 21 Sulaymon uyning asosiy xonasini ham oltin bilan qoplatdi. Oltin bilan qoplangan Eng muqaddas xonaning old tomoniga oltin zanjirlar torttirdi. 22 Shunday qilib, Sulaymon uyning hamma joyini boshdan oxirigacha oltin bilan qoplatdi. Eng muqaddas xonaning kiraverishidagi tutatqi qurbongohini ham tamomila oltin bilan qoplatdi.
23 Soʻng Eng muqaddas xonaga qoʻyish uchun zaytun daraxti yogʻochidan ikkita karub yasattirdi. Karublarning balandligi 10 tirsak edi. 24 Karublarning qanotlari 5 tirsakdan edi. Qanotlarning u uchidan bu uchigacha hammasi boʻlib 10 tirsak chiqardi. 25 Har ikkala karubning shakli, hajmi bir edi. 26 Har bir karubning balandligi 10 tirsak edi. 27 Sulaymon karublarni Eng muqaddas xonaga yonma–yon qoʻydi. Karublarning qanotlari choʻzilib ketgan, birining qanoti bir devorga, ikkinchisining qanoti esa narigi devorga tegib turardi. Uyning oʻrtasida esa ikkovining qanotlari bir–biriga tutashardi. 28 Sulaymon karublarni ham toza oltin bilan qoplatdi.
29 Ikkala xonaning devoriga gir aylanasi boʻylab karublar, palma daraxtlari, ochilib turgan gullarning suratini oʻydirdi. 30 Bu xonalarning polini ham oltin bilan qoplatdi.
31 Eng muqaddas xonaning kirish joyiga zaytun yogʻochidan ikki tavaqali eshik yasattirdi. Eshikning kesakisi besh qirrali edi. 32 Zaytun yogʻochidan yasalgan ikki tavaqali eshikka karublar, palma daraxtlari, ochilib turgan gullar suratini oʻydirdi, soʻng eshik ustini, karublar va palma daraxtlari suratini ham oltin bilan qoplatdi.
33 Asosiy xonaning kiraverishidagi toʻrt burchakli kesakini zaytun yogʻochidan, 34 ikkita eshikni sarv daraxti yogʻochidan yasadi. Eshiklarning har biri ikki tavaqali, yigʻma edi. 35 Eshiklarning yuzasiga ham karublar, palma daraxti, ochilib turgan gullar suratini oʻydirib, ularni oltin bilan bir tekis qilib qoplatdi. 36 Ichki hovli devorlarining uch qatorini taroshlangan toshdan, bir qatorini sadr yogʻochidan qildirdi.
37 Egamiz uyining poydevori Sulaymon hukmronligining toʻrtinchi yilida, aynan Ziv oyida qoʻyilib, 38 oʻn birinchi yilning sakkizinchi oyida — Bul oyida loyihaga binoan batamom, hamma ikir–chikirigacha qurib bitkazildi. Shunday qilib, Sulaymon uyni yetti yil davomida bunyod qildi.