12–BOB
Shomuilning ayrilish nutqi
1 Shundan keyin Shomuil butun Isroil xalqiga dedi:
— Menga nima gapirgan boʻlsangiz, hammasiga quloq soldim. Sizlarning ustingizdan bir shoh tayinladim. 2 Endi u sizlarga rahnamolik qiladi. Men esa keksaydim, sochim oqardi. Mana, oʻgʻillarim ham sizlar bilan birga. Yoshligimdan buyon shu kungacha sizlarga yoʻlboshchilik qildim. 3 Qani, aytinglar–chi, qaysi biringizning hoʻkizingizni oldim? Kimning eshagini tortib oldim? Kimni tovladim? Kimga zulm qildim? Kimdan pora olib, uning ayblarini koʻrib–koʻrmaslikka oldim? Egamizning va U moy surtib tanlagan shohning oldida men haqimda guvohlik bering, sizlardan biror narsa olgan boʻlsam, qaytarib beray.
4 — Bizni tovlamadingiz, bizga zulm qilmadingiz, biror kimsaning qoʻlidan biron narsa olmadingiz, — dedi xalq.
5 — Mendan biror nuqson topmaganingizga bugun Egamiz hamda U moy surtib tanlagan shoh guvohdir, — dedi Shomuil.
— Ha, ular guvoh boʻlib turibdi, — dedi xalq. 6 Shomuil gapini davom ettirdi:
— Muso bilan Horunni tayin qilgan, ota–bobolaringizni Misr yurtidan olib chiqqan — Egamizdir. 7 Endi shu yerda turinglar, Egamizning sizlarga va ota–bobolaringizga najot berish uchun qilgan hamma ajoyibotlarining isbotini Uning huzurida sizlarga koʻrsataman. 8 Yoqub Misrga kelgandan keyin, ota–bobolaringiz Egamizga yolvordi, U esa Muso bilan Horunni yubordi. Ular ota–bobolaringizni Misrdan olib chiqib, bu yerga joylashtirdi. 9 Ammo ota–bobolaringiz oʻzlarining Egasi Xudoni unutishdi. Shuning uchun Egamiz ularni Xazor shohining lashkarboshisi Sisaroning, Filistlarning va Moʻab shohining qoʻliga topshirdi. Ular ota–bobolaringiz bilan urishishdi. 10 Ota–bobolaringiz Egamizga: “Gunoh ishlar qildik, Sendan yuz oʻgirib, Baal bilan Ashtaretga xizmat qildik, endi bizni gʻanimlarimizning qoʻlidan ozod et, Senga xizmat qilamiz”, deb yolvorishdi. 11 Egamiz esa Gidoʻn , Baraq , Yiftox , Shimshoʻn singari hakamlarni yubordi. Bexavotir yashanglar deb, sizlarni boʻysundirgan gʻanimlaringiz qoʻlidan ozod etdi. 12 Soʻngra Ommon shohi Naxosh sizlarga hujum qilmoqchi boʻlganini koʻrib, qoʻrqib ketdingiz. Oʻz Egangiz Xudo sizlarning shohingiz boʻlsa ham, menga: “Yoʻq, bizni oddiy shoh boshqarsin”, deb turib oldingiz. 13 Mana, tanlab, tilab olgan shohingiz! Ha, Egamiz ustingizdan hukmronlik qiladigan bir shohni berdi. 14 Egamizdan qoʻrqib, Unga xizmat qilinglar, Uning soʻzlariga quloq solib, amrlaridan boʻyin tovlamanglar. Sizlarga hukmronlik qiladigan shohingiz bilan birga Egangiz Xudoga ergashinglar. Agar shunday qilsangizlar, hammasi yaxshi boʻladi. 15 Egamizning soʻzlariga itoat etmasdan, Uning amrlariga qarshi chiqsangiz, Egamiz ota–bobolaringizni jazolaganiday, sizlarni ham jazolaydi. 16 Endi turgan yeringizda turavering, koʻz oʻngingizda Egamizning ajoyibotini koʻringlar. 17 Hozir bugʻdoy oʻrimi payti, qurgʻoqchilik boshlandi. Men Egamizga iltijo qilaman, U momaqaldiroq guldiratib, yomgʻir yogʻdiradi. Shunday qilib, sizlar bir shoh soʻrash bilan Egamiz oldida qanchalik qabihlik qilganingizni yaxshilab tushunib olasiz.
18 Shomuil Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz oʻsha kuni momaqaldiroq gumburlatib, yomgʻir yogʻdirdi. Jamiki xalq Egamizdan ham, Shomuildan ham juda qoʻrqib ketdi. 19 Ular Shomuilga:
— Nobud boʻlmaylik. Biz — qullaringiz uchun oʻz Egangiz Xudoga iltijo qiling, — deyishdi. — Endi bildik, biz bir shoh soʻrab, butun gunohlarimiz ustiga yana gunoh qilibmiz.
20 Shomuil xalqqa dedi:
— Sizlar bu qilmishlaringiz bilan qabihlik qildilaringiz, lekin endi qoʻrqmanglar, Egamizdan yuz oʻgirmasdan Unga ergashinglar. Unga butun qalbingiz bilan xizmat qilinglar. 21 Biror kimsaga najot berolmaydigan yaroqsiz butlarning orqasidan ergashmanglar, ular befoyda narsalar–ku, axir. 22 Egamiz sizlarni Oʻzining xalqi qildi. U Oʻzi tanlagan xalqdan yuz oʻgirmaydi. Aks holda, Oʻzining ulugʻ ismini badnom qilgan boʻladi. 23 Endi menga kelsak, albatta Egamizga sizlar uchun ibodat qilaman. Aks holda, Unga qarshi gunoh qilgan boʻlaman. Bundan Xudo saqlasin! Sizlarga faqat toʻgʻri va yaxshi yoʻlni koʻrsataman. 24 Faqat Egamizdan qoʻrqinglar, Unga butun qalbingiz bilan ishonib xizmatda boʻlinglar. Qarang, U sizlar uchun qanday ajoyib ishlar qilgan! 25 Agarda qabihlik qilaversangizlar, Egamiz sizlarni ham, shohingizni ham yoʻq qiladi.