8–BOB
1 Egamiz shunday demoqda: “Oʻsha vaqtda Yahudo shohlarining suyaklari, aʼyonlarning, ruhoniylarning, paygʻambarlarning va Quddus aholisining suyaklari qabrlardan olib chiqiladi. 2 Ularning suyaklari quyosh, oy va yulduzlar ostida sochib tashlanadi. Zotan, bu odamlar osmon jismlarini sevar edilar, oʻshalarga xizmat qilar edilar, ularga ergashib, maslahat solar edilar, oʻshalarga sajda etar edilar. Ularning suyaklarini hech kim yigʻib koʻmmaydi, goʻngday yer ustida yotaveradi. 3 Bu yovuz naslning omon qolganlarini Men turli joylarga surgun qilaman. Oʻshanda ular yashashdan koʻra, oʻlimni afzal koʻradigan boʻladilar.” Sarvari Olamning kalomi shudir.
Gunoh va jazo
4 Ularga borib ayt, Egamiz shunday demoqda:
“Yiqilgan odam turmaydimi?!
Yoʻldan adashgan ortiga qaytmaydimi?!
5 Nima uchun bu xalq Men koʻrsatgan yoʻldan ozdi?
Nima uchun Quddus ahli toʻgʻri yoʻlga qaytmayapti?
Ular yolgʻonga qattiq yopishib oldilar,
Huzurimga qaytishdan bosh tortdilar.
6 Men ularning gaplariga yaxshilab quloq soldim,
Birontasi toʻgʻri gap aytmaydi.
Hech biri qilmishidan pushaymon boʻlmaydi,
«Nimalar qilib qoʻydim?» demaydi.
Ular jangga chopgan otga oʻxshaydilar
Oʻz yoʻllaridan qaytmaydilar.
7 Hattoki osmondagi laylaklar
Qaytib kelish vaqtini biladi.
Kaptar, qaldirgʻochu turnalar
Mavsumda koʻchish vaqtiga amal qiladi.
Mening xalqim esa oʻz Egasining
Qonun–qoidalarini bilmaydi.
8 Sizlar: «Biz donomiz» deb aytasiz,
«Bizda Egamizning qonunlari bor», deb maqtanasiz.
Aslida tafsirchilar qalloblik qilib,
Qonunimni oʻzgartirdilar.
9 Bunday donolar sharmanda boʻladi,
Sarosimaga tushib, tuzoqqa ilinadi.
Mening soʻzimni rad etganlarni
Dono deb boʻladimi?!
10 Shuning uchun ularning xotinlarini boshqalarga beraman,
Dalalarini bosqinchilarga topshiraman.
Zotan, ularning kichigidan tortib, kattasigacha
Nafsini tiyolmay harom yoʻl bilan pul topishadi.
Paygʻambaridan tortib, ruhoniysigacha —
Hammasi tovlamachilik qilishadi.
11 Xalqimning yaralarini yuzaki davolashadi.
Ahvol ogʻir bir paytda «hammasi yaxshi», deb aytishadi.
12 Jirkanch ishlari uchun ular uyaladilarmi?
Yoʻq, ular uyalmaydilar!
Qizarish degan narsani bilmaydilar.
Shuning uchun boshqalarday halok boʻladilar,
Ularni jazolab, xonavayron qilaman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
13 Men ularning hosilini tortib olaman.
Toklarida uzum qolmaydi,
Anjir daraxtlari meva tugmaydi,
Barglari toʻkilib xazon boʻladi.
Ularga nima bergan boʻlsam,
Hammasidan judo boʻlishadi.”
Egamizning kalomi shudir.
14 Yahudo odamlari bir–biriga aytishadi:
“Bu yerda nima qilib oʻtiribmiz, axir?
Qani boʻlinglar, yigʻilishib,
Mustahkam shaharlarga qochib boraylik,
Oʻsha yerda jon taslim qilaylik.
Evoh, Egamizga qarshi gunoh qildik!
Egamiz Xudo bizni oʻlimga mahkum etdi,
Zaharli suvdan bizga ichirdi.
15 Biz tinchlikni izladik,
Ammo yaxshilik kelmadi.
Shifo topmoqchi edik,
Ammo vahimaga duchor boʻldik.
16 Ana, dushman Dan shahriga yetib keldi ,
U yerdan otlarining pishqirgani eshitilmoqda.
Aygʻirlarning kishnagani
Butun yurtni titratmoqda.
Dushman yurtimizni yakson qilmoqchi,
Shaharlarni vayron etib, odamlarni oʻldirmoqchi.”
17 Egamiz shunday demoqda:
“Men orangizga ilonlarni yuboryapman,
Bu zaharli ilonlar sizlarni chaqadi,
Bu ilonlarni oʻynatib boʻlmaydi.”
Yeremiyoning oʻz xalqi uchun tortgan jafosi
18 Qaygʻularimga tasalli topa olmayapman,
Yurak–bagʻrim ezilib ketdi.
19 Xalqim faryod etmoqda,
Yurt boʻylab dod–voylari eshitilmoqda:
“Nahotki Egamiz Quddusni tark etgan boʻlsa?!
Nahotki Shohimiz Sionda boʻlmasa?!”
Egamiz shunday javob berdi:
“Ular butlari bilan qahrimni keltirdilar–ku!
Yaroqsiz begona tasvirlari bilan Meni gʻazablantirdilar–ku!”
20 Xalq esa shunday deb nolimoqda:
“Oʻrim vaqti oʻtdi,
Yoz ham tugadi,
Biz esa hanuz qutqarilmadik!”
21 Xalqim tortgan azoblardan ezilib ketdim,
Qaygʻurib, vahimaga tushdim.
22 Nima, Giladda malham yoʻqmidi?!
Tabib yoʻqmidi?!
Unday boʻlsa, nega xalqim shifo topmayapti?