13–BOB
Omnoʻn bilan Tamara
1 Soʻngra shunday hodisa sodir boʻldi: Dovudning Omnoʻn va Absalom degan oʻgʻillari bor edi. Uning Tamara degan goʻzal bir qizi ham bor edi. Tamara Absalomning tugʻishgan singlisi boʻlib, Omnoʻnga oʻgay edi. 2 Omnoʻn oʻgay singlisi Tamarani deb azob chekaverib, kasal boʻlib qoldi. Tamara hali bokira boʻlgani uchun, Omnoʻn unga biror narsa qilishga ojiz edi.
3 Omnoʻnning Yonadav degan doʻsti bor edi. Yonadav Dovudning akasi Shimoning oʻgʻli boʻlib, juda ayyor yigit edi. 4 Bir kuni Yonadav Omnoʻnga dedi:
— Ey shahzoda, nimaga kundan–kunga ozib–toʻzib ketyapsan? Menga ham sababini ayt–chi.
— Oʻgay akam Absalomning singlisi Tamarani sevib qoldim, — dedi Omnoʻn.
5 — Toʻshakka mixlanib, oʻzingni kasalga sol, — dedi Yonadav. — Otang seni koʻrgani kelganda, unga: “Marhamat qilib, singlim Tamara kelib menga biron taom bersin, taomni koʻz oldimda tayyorlaganini men koʻrayin va uning qoʻlidan taom yeyayin”, deb aytasan.
6 Xullas, Omnoʻn toʻshakka mixlanib, oʻzini kasalga soldi. Shoh uni koʻrgani keldi.
— Marhamat qilib, singlim Tamara kelib, oldimda ikki dona non yopsin, men uning qoʻlidan non yeyayin, — dedi Omnoʻn.
7 Tamara saroyda yashardi. Dovud unga: “Akang Omnoʻnning uyiga borib, unga non yopib ber”, deb ayttirib yubordi.
8 Tamara oʻgay akasi Omnoʻnning uyiga bordi. Omnoʻn toʻshakda yotgan ekan. Tamara xamir qorib, akasining koʻzi oldida non yopdi. 9 Tovadagi nonni olib kelib, Omnoʻnning oldiga qoʻygan edi, u yemadi. Omnoʻn:
— Huzurimdan hamma chiqib ketsin! — deb buyruq berdi, uyda hech kim qolmadi. 10 Shundan keyin Omnoʻn Tamaraga:
— Taomni yotoqxonamga olib kir, sening qoʻlingdan yeyayin, — dedi. Tamara oʻzi yopgan nonlarni akasi Omnoʻnning yotoqxonasiga olib kirdi. 11 Yeng, deb nonni akasiga yaqin olib borgan edi, Omnoʻn birdan Tamaraga yopishib:
— Kel, men bilan birga boʻl, singlim! — dedi.
12 — Yoʻq, aka, meni zoʻrlamang! — dedi Tamara. — Isroilda bunaqa qilishmaydi–ku! Bunday qabih ishni qilmang! 13 Bunday sharmandalikdan keyin men qanday bosh koʻtarib yuraman?! Siz esa Isroildagi razil odamlardan bittasi boʻlib qolasiz. Shohga aytsangiz, u meni sizdan ayamaydi–ku!
14 Lekin Omnoʻn Tamaraning gapiga quloq solmadi. Omnoʻn Tamaradan kuchliroq edi, Tamarani zoʻrlab yotqizib, nomusiga tegdi. 15 Keyin Omnoʻn Tamaradan shunday nafratlanib ketdiki, unga boʻlgan nafrati ardoqlagan sevgisidan kuchli edi.
— Tur, joʻna! — dedi u Tamaraga.
16 — Yoʻq! — dedi Tamara. — Meni haydayapsiz, lekin bu ishingiz menga qilgan hozirgi gunohingizdan ogʻirroqdir.
Biroq Omnoʻn uning gapiga quloq solmadi. 17 Xizmatkorini chaqirib:
— Bu xotinni huzurimdan haydab chiqarib, eshikni yop! — dedi.
18 Xizmatkor Tamarani tashqariga haydab chiqarib, orqasidan eshikni yopdi. Tamara uzun, chiroyli gulli libos kiygan edi. Shohning turmushga chiqmagan qizlari shunday kiyinishardi. 19 Tamara qaygʻudan boshiga kul sochib, ustidagi uzun libosini yirtib tashladi . Uyatdan yuzini qoʻli bilan toʻsib, faryod solganicha ketdi. 20 Akasi Absalom undan:
— Akang Omnoʻn sen bilan boʻldimi? — deb soʻradi. — Mayli, singlim, bu haqda birortasiga ogʻiz ocha koʻrma! Axir, u akang–ku! Bu voqeani koʻnglingga olma.
Shundan soʻng Tamara akasi Absalomning uyida yashab yuraverdi. U doimo yolgʻiz, gʻamgin edi. 21 Shoh Dovud boʻlib oʻtgan voqeani eshitib, qattiq gʻazablandi. 22 Absalom esa singlisi Tamaraning nomusini bulgʻagani uchun Omnoʻndan qanchalik nafratlansa ham, unga biror marta na yaxshi, na yomon gap qildi.
Absalom Omnoʻnni oʻldiradi
23 Ikki yildan keyin Absalom shohning hamma oʻgʻillarini Baal–Xazorga ziyofatga taklif qildi. Baal–Xazor Efrayim shahri yaqinida boʻlib, bu yerda Absalom qoʻylarining junini qirqtirayotgan edi . 24 Absalom shohning huzuriga kelib:
— Qoʻylarimning junini qirqtiryapman, marhamat qilib, shoh aʼyonlari bilan birga men, qulingizga hamroh boʻlsinlar, — dedi.
25 — Biz hammamiz borsak, senga yuk boʻlamiz, oʻgʻlim, — dedi shoh Dovud. Absalom qancha iltimos qilmasin, shoh, bora olmayman, deb unamadi, bormasa ham, oʻgʻlini duo qildi.
26 — Boʻlmasa, ijozat bersangiz, akam Omnoʻn biz bilan borsin, — dedi Absalom.
— Omnoʻn nimaga sen bilan borishi kerak? — deb soʻradi shoh. 27 Absalom iltimos qilavergandan keyin, shoh Omnoʻnni va boshqa oʻgʻillarini u bilan birga joʻnatdi. 28 Absalom xizmatkorlariga shunday buyruq bergan edi:
— Qarab turinglar, Omnoʻn sharob ichib, sarxush boʻlishini kutinglar. Sizlarga “Omnoʻnni uring”, deb aytishim bilanoq, uni oʻldirasizlar. Qoʻrqmanglar, sizlarga men buyruq beryapman. Dadil, mard boʻlinglar!
29 Xizmatkorlar Absalomning buyrugʻini ijro etib, Omnoʻnni oʻldirdilar. Shohning qolgan oʻgʻillari esa xachirlariga minib qochib qolishdi. 30 Ular yoʻlda ketayotganlarida, “Absalom shohning hamma oʻgʻillarini oʻldiribdi, birortasi ham tirik qolmabdi” degan xabar Dovudning qulogʻiga yetdi. 31 Shoh oʻrnidan turdi–da, qaygʻudan kiyimlarini yirtib, oʻzini yerga otdi. Uning yonidagi barcha aʼyonlari ham kiyimlarini yirtishdi.
32 Dovudning Shimo degan akasining oʻgʻli Yonadav shunday dedi:
— Shoh hazratlari, hamma oʻgʻillarimdan ayrilibman, deb oʻylamasinlar, faqat Omnoʻn oʻldi, xolos. U oʻgay singlisi Tamaraning nomusiga tekkandan buyon Absalom Omnoʻnni oʻldirishga qasd qilib yurardi. 33 Shoh janobi oliylari, hamma oʻgʻillaringiz oʻldirilibdi degan xabardan xavotirga tushmasinlar. Faqat Omnoʻn oʻlgan, xolos.
34 Absalom oʻsha zahoti qochib ketdi. Quddus devori ustidagi soqchi gʻarb tomondan shaharga qarab kelayotgan bir toʻp olomonni koʻrdi. 35 Yonadav shohga:
— Ana, oʻgʻillaringiz kelishyapti, men, qulingiz, aytganday boʻldi, — dedi. 36 U gapini tugatar–tugatmas, shohning oʻgʻillari yetib kelib, faryod koʻtarishdi. Shoh ham, aʼyonlar ham hoʻng–hoʻng yigʻlab koʻz yosh toʻkishdi.
37-38 Absalom qochib ketib, Gashur shohi Talmayning yoniga bordi va u yerda uch yil qolib ketdi. Talmay Omihud deganning oʻgʻli edi. Shoh Dovud esa oʻgʻli Omnoʻn uchun uzoq vaqt motam tutdi. 39 Dovud Omnoʻnning oʻlimidan tasalli topgandan keyin, Absalomni sogʻina boshladi .