23–BOB
Adolatli hukm toʻgʻrisida qonun–qoidalar
1 Yolgʻon xabarlar tarqatmanglar. Yolgʻon guvohlik berish orqali fosiq odamlarga qoʻshilmanglar. 2 Koʻpchilik notoʻgʻri ish qilganda yoki adolatdan chetga chiqib guvohlik berganda, ularga ergashmanglar. 3 Kambagʻalni hukm qilayotganda ham, kambagʻal, deb uning tarafini olmang.
4 Agar dushmaningizning yoʻqolib qolgan hoʻkizini yoki eshagini topib olsangiz, egasiga olib borib bering. 5 Dushmaningizning eshagi yuk ogʻirligidan yiqilib qolsa, siz uni koʻrgan boʻlsangiz, dushmaningizni tashlab ketmang. Unga yordam bering.
6 Hukmda kambagʻalga qarshi adolatdan koʻz yummang. 7 Tuhmatchilardan uzoq turinglar, aybsiz, toʻgʻri odamni oʻlimga hukm qilmanglar. Men bunday ish qilgan aybdorlarni hukmda oqlamayman. 8 Pora olmanglar. Pora tufayli koʻzi ochiqlarning koʻzini yogʻ bosadi. Pora har doim toʻgʻri odamlarning ishiga zarar yetkazadi.
9 Musofirga zulm qilmanglar. Oʻzlaringiz Misrda musofir boʻlgan edingizlar, shu bois musofirning ahvolini bilasizlar.
Yettinchi yil va yettinchi kun toʻgʻrisida qonun–qoidalar
10 Olti yil dalangizga urugʻ sepib, hosilini yigʻishtirib oling. 11 Yettinchi yili esa yeringizni boʻsh qoldiring, dam bering. Xalqingiz orasidagi kambagʻallar yeringizdan oʻsib chiqadigan hosildan biron yegulik topib yesin. Ulardan qolganini esa dasht hayvonlari yesin. Uzumzoringizni va zaytunzoringizni ham shunday qilinglar.
12 Olti kun ish qilinglar, yettinchi kuni esa ishlamanglar, toki hoʻkizlaringiz, eshaklaringiz ham ishdan tinsin, qullaringiz, musofirlar ham orom olsin.
13 Men sizlarga bergan amrlarimga rioya qilinglar. Boshqa xudolarga iltijo qilmanglar. Ularning nomlarini hatto tilga ham olmanglar.
Yilda qilinadigan bayramlar toʻgʻrisida qonun–qoidalar
14 Menga atab yilda uch marta bayram qilinglar:
15 Abib oyining belgilangan vaqtida xamirturushsiz non bayramini nishonlanglar. Sizlar oʻsha oyda Misrdan chiqqansizlar. Men sizlarga amr etganimday , yetti kun xamirturushsiz non yenglar. Har kim Mening huzurimga munosib nazrlar olib kelishi lozim.
16 Bugʻdoy oʻrimini yigʻishtirishni boshlaganingizda, dalangizga ekkan urugʻning ilk hosilidan nazr qilinglar. Shu orqali Hosil bayramini nishonlanglar.
Kuzda daladagi hamma hosilingizni yigʻishtirib boʻlganingizda, Chayla bayramini nishonlanglar.
17 Hamma erkaklar har yili shu uchala bayramda Men, Egangiz Rabbiyning huzuriga kelib sajda qilsin.
18 Menga qilingan qurbonlikning qonini xamirturush qoʻshilgan non bilan birga nazr qilmanglar. Qilingan qurbonlikning yogʻini ertalabga qoldirmay kuydiringlar.
19 Yeringizdan olgan ilk hosilning eng yaxshisini Men, Egangiz Xudoning uyiga olib kelinglar.
Uloqchani onasining sutida qaynatmanglar .
Vaʼda va ogohlantirishlar
20 Sizlarni yoʻlda muhofaza etsin, sizlarni Men tayyorlagan yerga olib borsin deb, oldingizda farishtani yuboryapman. 21 Mening nomimdan keladigan qudratu hokimiyat unga berilgan. Shuning uchun unga oʻjarlik qilmanglar, aks holda, u oʻjarligingizni kechirmaydi. 22 Agar farishtamning aytganlariga diqqat bilan quloq solsangiz, Mening amrlarimga itoat etsangiz, dushmanlaringizga dushman, raqibingizga raqib boʻlaman. 23 Farishtam oldingizda borib, sizlarni Amor, Xet, Pariz, Kanʼon, Xiv va Yobus xalqlarining yerlariga boshlab boradi. Men oʻsha xalqlarni yoʻq qilaman. 24 Ularning xudolariga sajda qilmanglar, xizmat qilmanglar. Bu xalqlarning odatlariga taqlid qilmanglar. Ularning xudolarini yoʻq qilinglar, butsimon toshlarini sindirib tashlanglar. 25 Faqat Men, Egangiz Xudogagina xizmat qilinglar. Shunda Men osh–suvingizni barakali qilaman, orangizdan xastaliklarni yoʻq qilaman. 26 Yurtingizda homilasi tushib qolgan yoki befarzand ayol boʻlmaydi. Men umringizni uzoq qilaman.
27 Sizlarga qarshi boʻlgan xalqlarni Mendan qoʻrqadigan qilaman. Sizlarga qarshi jang qiladigan xalqlarni sarosimaga solaman. Dushmanlaringizning hammasini oldingizdan qochiraman. 28 Men Xiv, Kanʼon va Xet xalqlarini vahimaga solaman–da, oldingizdan quvib yuboraman . 29 Lekin Men bir yil ichidayoq ularni oldingizdan haydab yubormayman. Agar bir yilning ichida ularni haydasam, oʻsha yurt boʻm–boʻsh boʻlib qoladi, dasht hayvonlari koʻpayib, sizga xavf soladi. 30 Shuning uchun sizlar koʻpayib, oʻsha yurtni butunlay egallab olmaguningizcha, u yerning xalqlarini oz–ozdan oldingizdan haydayman. 31 Chegaralaringizni Qizil dengizdan Oʻrta yer dengizigacha , sahrodan Furot daryosigacha kengaytiraman. Shu yurtning xalqlarini qoʻllaringizga beraman. Sizlar ularni oldingizdan quvasizlar. 32 Ularning oʻzlari bilan ham, xudolari bilan ham ahd qilmanglar. 33 U xalqlar sizning yurtingizda yashamasin. Boʻlmasa ular sizni oʻzlarining xudolariga sajda qildirib, Menga qarshi gunohga boshlaydi. Bu yoʻl bilan sizlarni tuzogʻiga ilintirib oladi.”