19–BOB
Iso oʻlimga hukm qilinadi
1 Shundan keyin Pilat Isoni olib ketishni va qamchilatishni buyurdi. 2 Rim askarlari tikanlardan toj oʻrib, Isoning boshiga qoʻydilar, ustiga safsar toʻn kiydirdilar. 3 Isoning oldiga qayta–qayta kelib:
— Yashavor–e, yahudiylarning Shohi! — deb, Uni tarsakilar edilar.
4 Pilat yana tashqariga chiqib, yahudiylarga xitob qildi:
— Mana, Uni oldingizga chiqaryapman, bilib qoʻyinglar, men Undan hech qanday ayb topolmadim!
5 Shu payt boshida tikanli toj, egnida safsar toʻn bilan Iso tashqariga chiqdi.
— Mana, u Odam! — dedi Pilat ularga. 6 Bosh ruhoniylar va Maʼbad mirshablari Isoni koʻrib, baqirishdi:
— Xochga mixlansin! Xochga mixlansin!
— Uni sizlar olib xochga mixlanglar! Men Undan hech qanday ayb topolmadim, — dedi Pilat ularga. 7 Yahudiylar unga javoban:
— Bizda qonun bor, qonunimizga koʻra , U oʻlishi kerak, chunki U Oʻzini Xudoning Oʻgʻli deb aytyapti, — dedilar.
8 Pilat buni eshitgach, yuragi orqaga tortib ketdi. 9 Qaytadan hukumat saroyiga kirib, Isodan:
— Sen qayerdansan? — deb soʻradi. Iso unga javob bermadi.
10 — Menga javob bermaysanmi?! — dedi Pilat. — Seni ozod qilishga yoki xochga mixlashga menda hokimiyat borligini bilmaysanmi?!
11 Iso javob berdi:
— Agar Xudo yoʻl qoʻymaganda edi, siz Menga hech qanday hukmingizni oʻtkaza olmas edingiz. Shu sababdan Meni sizning qoʻlingizga tutib bergan odamning gunohi sizning gunohingizdan kattaroq.
12 Shundan keyin Pilat Isoni qoʻyib yuborishga chora izlay boshladi. Ammo yahudiylar shunday deb qichqirishdi:
— Agar Uni qoʻyib yuborsangiz, siz Qaysarning doʻsti emassiz. Oʻzini shoh deydigan har bir kishi Qaysarga qarshi chiqqan boʻladi!
13 Pilat bu soʻzni eshitgach, Isoni tashqariga olib chiqdi va Tosh supa deb nom olgan joydagi hukm kursisiga oʻtirdi (bu joyning oramiycha nomi Gabbata edi). 14 Oʻsha kuni Fisih bayrami arafasi, tush mahali edi. Pilat yahudiylarga xitob qildi:
— Mana, Shohingiz!
15 — Yoʻq qiling Uni, yoʻq qiling! Xochga mixlang! — deb baqirdi ular.
— Sizlarning Shohingizni xochga mixlab qoʻyaymi? — deb soʻradi Pilat.
— Qaysardan boshqa shohimiz yoʻq, — deyishdi bosh ruhoniylar.
16 Oxiri Pilat Isoni xochga mixlash uchun askarlariga topshirdi. Ular esa Isoni olib ketdilar.
Isoni xochga mixlashadi
17 Iso Oʻz xochini koʻtarib, shahar tashqarisidagi Bosh suyagi degan joyga keldi (bu joyning oramiycha nomi Goʻlgota edi). 18 U yerda Isoni xochga mixlab qoʻydilar. U bilan birga yana ikkita odamni ham xochga mixladilar. Ularning biri Isoning bu tomonida, boshqasi u tomonida, Iso esa oʻrtada edi. 19 Pilat bir lavhaga: “Yahudiylarning Shohi Nosiralik Iso” degan soʻzlarni yozib, lavhani xochga ostirib qoʻydi.
20 Iso xochga mixlangan joy shaharga yaqin boʻlgani uchun, bu lavhani koʻp yahudiylar oʻqidilar. Lavha oramiy, lotin va yunon tillarida yozilgan edi. 21 Yahudiy bosh ruhoniylari esa Pilatga borib shunday dedilar:
— “Yahudiylarning Shohi” deb yozmang, balki “Bu Odam yahudiylarning Shohi boʻlishga daʼvogarlik qilgan” deb yozing.
22 — Men qanday yozgan boʻlsam, shundayligicha qolsin, — dedi Pilat.
23 Askarlar Isoni xochga mixlab boʻlib, Uning kiyimlarini oldilar. Kiyimlarini toʻrt boʻlakka boʻlib, har bir askarga berdilar. Ichki koʻylagini ham oldilar. Ichki koʻylak boshdan–oyoq choksiz bir toʻqima edi. 24 Askarlar bir–biriga:
— Buni yirtmaylik, bu uchun qurʼa tashlaymiz, kimga tushsa, oʻshaniki boʻlsin, — deyishdi.
Shu tariqa Muqaddas bitiklardagi quyidagi soʻzlar bajo boʻldi:

“Kiyimlarimni ular oʻzaro boʻlishgan,
Libosim uchun qurʼa tashlashgan.”

Askarlar xuddi shunday qildilar.
25 Isoning xochi yonida Uning onasi va xolasi, Klopasning xotini Maryam hamda Magdalalik Maryam turar edilar. 26 Iso onasini va onasi yonida turgan sevikli shogirdini koʻrdi. Iso onasiga:
— Mana bu sizning oʻgʻlingiz! — dedi. 27 Keyin shogirdiga qarab:
— Mana bu sening onang! — dedi.
Oʻsha vaqtdan boshlab shogird Maryamni oʻz uyiga oldi.
Iso jon beradi
28 Iso hamma ishlarini tugatganini bilardi. Muqaddas bitiklar bajo boʻlsin deb, U:
— Chanqadim! — dedi.
29 Bu yerda arzon sharobga toʻla bir idish turgan edi. Askarlar sharobga shimgichni botirdilar–da, tayoqning uchiga ilib, Isoning ogʻziga olib bordilar. 30 Iso sharobni tatib koʻrgach:
— Amalga oshdi! — dedi–yu, boshini egib, jon berdi.
31 Oʻsha kuni Shabbat arafasi edi. Ertangi Shabbat kuni nihoyatda tabarruk kun hisoblangani uchun, yahudiylar jasadlarni xochda qoldirishni istamadilar. Ular Pilatning oldiga borib, xochga mixlangan odamlarning boldirlarini sindirib tashlab , xochdan tushirishni soʻradilar. 32 Shunda askarlar borib, Iso bilan birga xochga mixlangan birinchi, soʻngra ikkinchi odamning boldirlarini sindirib tashladilar. 33 Isoning oldiga kelib, Uning oʻlib boʻlganini koʻrdilar. Shuning uchun boldirlarini sindirmadilar. 34 Lekin askarlardan biri Isoning biqinini nayza bilan teshdi, shu zahoti Uning biqinidan qon bilan suv oqib chiqdi. 35 Bu hodisani koʻrgan kishi , sizlar ham ishoninglar deb, guvohlik berib kelmoqda. Uning guvohligi haqiqatdir, u haqiqat aytayotganini biladi. 36 Bu hodisa Muqaddas bitiklardagi: “Bironta ham suyagi sindirilmaydi” degan soʻzlar amalga oshishi uchun roʻy berdi. 37 Muqaddas bitiklarning boshqa bir joyida shunday deyilgan: “Ular oʻzlari nayza sanchgan Odamga qaraydilar.”
Iso dafn qilinadi
38 Arimateyalik Yusuf Isoning shogirdi edi, lekin yahudiylardan qoʻrqqani uchun buni yashirib yurar edi. Iso oʻlgandan keyin Yusuf Pilatdan Isoning jasadini xochdan tushirib olishni iltimos qildi. Pilat ijozat berdi. Shunda Yusuf borib, Isoning jasadini xochdan tushirib oldi. 39 Ilgari Isoning oldiga kechasi borgan Nikodim ham Yusuf bilan birga edi. Nikodim ikki pud mirra va aloe moylarining qorishmasini olib kelgandi. 40 Ular ikkovi Isoning jasadini olib, yahudiylarning dafn odatlariga koʻra, bu muattar moddalarni surtib, Uni kafanladilar. 41 Iso xochga mixlangan joyning yaqinida bir bogʻ bor edi. U bogʻda hali hech kim qoʻyilmagan yangi bir qabr bor edi. 42 Oʻsha kun yahudiylarning Shabbat arafasi boʻlgani uchun ular, bu joy yaqinroq, deb Isoning jasadini oʻsha qabrga qoʻydilar.