5–BOB
1 Hech qachon gapirishga shoshilma, qalbingda Xudoga vaʼda berishga xovliqma. Xudo samoda, sen esa yerdasan, shuning uchun kamgap boʻlgin.

2 Tashvish koʻp boʻlganda, puch niyatlar ham koʻpayadi,
Koʻp gapirganda, ogʻizdan ahmoqona soʻzlar chiqadi.

3 Xudoga nazr ataganingdan keyin uni bajarishni orqaga surmagin. U nodonlarni yoqtirmaydi. Albatta vaʼdangda turgin. 4 Vaʼda berib, uni bajarmaslikdan koʻra, umuman vaʼda bermaslik yaxshiroqdir. 5 Shunday paytda tiling seni gunohga yetaklamasin. Ruhoniyga : “Nazr atab, xato qildim”, deb aytmagin. Shunday deb Xudoning qahrini keltirsang, oʻz qoʻllaring bilan qilgan ishlaringni Xudo buzib tashlashi mumkin. 6 Puch niyatlaru koʻp gapirish behuda oqibatlarga olib boradi. Shunday qilish oʻrniga Xudodan qoʻrqqin.
Hayot behudadir
7 Agar kambagʻallarga zulm qilinayotganini, adolat va haqiqat yoʻqligini koʻrsang, hayron boʻlmagin, har bir amaldorning ustidan undan ham kattarogʻi bor, ularning ustidan yana ham kattarogʻi bordir. 8 Hammasi, hatto shoh ham, dalaning hosiliga koʻz tikib, ulush talab qilib oladi.
9 Pulga ruju qoʻygan hech qachon pulga, boylikni yaxshi koʻrgan esa boylikka toʻymaydi. Bu ham behudadir. 10 Buyum, narsalar koʻpayganda, ularni ishlatib yuboradiganlar ham koʻpayadi. Boylikning egasi faqat oʻz boyligiga termulib qarashdan boshqa yana qanday foyda topadi?! 11 Mehnatkashlar kam yesa ham, koʻp yesa ham tinch uxlaydi, boylar esa boyligi koʻpligidan xavotirlanib uxlay olmaydi.
12 Bu dunyoda shunday bir qaygʻuli fojia koʻrdim: yigʻilgan boylik egasiga zarar keltiradi, 13 yaʼni oʻsha boylik qandaydir omadsizlik tufayli yoʻqoladi. Oʻz bolalariga qoldirish uchun esa boy odamning hech narsasi boʻlmaydi. 14 Onadan qanday tugʻilgan boʻlsa, shundayligicha bu dunyodan ketadi, qilgan mehnatlarining mevalaridan birortasini qoʻllarida olib keta olmaydi. 15 Bu ham qaygʻuli fojiadir: inson qanday kelgan boʻlsa, shundayligicha ketadi, shamol uchun mehnat qilib qanday foyda topadi? 16 Butun umrini qorongʻilikda oʻtkazadi, qaygʻu–alam, gʻazab va xastaliklar bilan yashaydi.
17 Mana, men bir narsani tushundim: inson uchun Xudo bergan qisqa umri davomida yeyish, ichish va bu dunyoda qilgan oʻz mehnatidan zavqlanish yaxshi ekan, chunki bu insonning taqdiridir. 18 Xudo kimga boylik va mulk berib, unga mana shu narsalardan rohatlanishga imkoniyat ham bersa, insonga oʻz qilgan mehnatidan mamnun boʻlib, undan zavqlanishiga yoʻl bersa, mana shu Xudoning inʼomidir. 19 Bunday inson hayoti haqida qaygʻurmaydi ham, chunki Xudo uning qalbini zavqlanish bilan band qiladi.