4–BOB
Quddus qamalining ramzi
1 Egamiz shunday dedi: “Ey inson, bir gʻisht olib oldingga qoʻy, uning ustiga Quddus rasmini chiz. 2 Rasmdagi shaharni qamal qilib, atrofiga qamal inshootlarini bildiruvchi uyumlarni hosil qil, shahar devoriga qiyalatib tuproq uy , dushman qarorgohlarini oʻrnat, shaharning gir aylanasiga devorteshar qurollarni joylashtir. 3 Keyin tovani ol. Tovani temir devor kabi, oʻzing bilan rasmdagi shaharning orasiga oʻrnat. Soʻng shaharga yuzlan, sen shaharni qamal qilgan boʻlasan. Isroil xalqi uchun bu bir alomat boʻladi.
4 Soʻng chap tomoningga yonboshlab, ustingga Isroil xalqining gunohlarini yukla. Sen chap tomoningda yotgan paytingda ularning gunohi uchun jazo tortgan boʻlasan. 5 Ular gunoh qilgan yillarning soniga koʻra, Men sen uchun kunlarni ajratdim. Sen 390 kun davomida Isroil xalqining gunohi uchun jazo tortasan.
6 Belgilangan vaqt tugagach, oʻng tomoningga yonboshlab yotgin. Bu safar sen 40 kun davomida Yahudo xalqining gunohi uchun jazo tortasan. Bir kun bir yil hisoblanadi. 7 Quddus ramzi boʻlgan gʻishtga yuzlan, qoʻlingni panshaxa qilib, qamal qilingan shaharga qarshi bashorat qil. 8 Mana, qamalingning muddati tugamaguncha bir tomondan boshqa tomonga oʻgirilmasliging uchun Men seni arqonlar bilan bogʻlab tashlayman.
9 Endi borib oʻzing uchun bugʻdoy, arpa, loviya, yasmiq doni, tariq va qizil bugʻdoyni olib, bir xumchaga sol. Sen ulardan oʻzingga non tayyorlaysan . 390 kun chap tomoningga yonboshlab yotib, oʻsha nondan yeysan. 10 Bir kunlik yeydigan ozuqangning miqdori 50 misqolni tashkil qilishi kerak. Har kuni belgilangan vaqtdagina uni yeyishing shart. 11 Suvni ham belgilangan vaqtda va belgilangan miqdorda ichasan. Kuniga bir kosa suv ichasan. 12 Oʻtin oʻrniga odam tezagini ishlatasan, odamlarning koʻzi oldida non yopib yeysan.”
13 Egamiz shunday dedi:
— Men Isroil xalqini begona xalqlar orasiga surgun qilganimda, ular ham xuddi shunday harom nonni yeydigan boʻladilar .
14 — Yo Egam Rabbiy! — deya yolvordim, — men hech qachon oʻzimni bulgʻagan emasman. Harom oʻlgan yoki hayvonlar gʻajigan jonivorning goʻshtini yoshligimdan yegan emasman. Hech qanday harom goʻshtni ogʻzimga olgan emasman!
15 U menga shunday deb javob berdi:
— Xoʻp, mayli, odam tezagining oʻrniga mol tezagini ishlata qol. Tezak yoqib, non yopib yeysan.
16 Soʻng gapida davom etdi:
— Men Quddus aholisini nonga zor qilib qoʻyaman. Ular qoʻrquv ichra nonni oʻlchab yeydilar, umidsizlanib suvni taqsimlab ichadilar. 17 Suv va non tanqisligidan odamlar bir–birlariga vahima ichra qaraydilar. Tortgan jazosidan adoyi tamom boʻladilar.