52–BOB
Quddus qulaydi
1 Zidqiyo yigirma bir yoshida shoh boʻldi va Quddusda oʻn bir yil hukmronlik qildi. Onasining ismi Xamutal boʻlib, Libnalik Yeremiyoning qizi edi. 2 Zidqiyo ham, Yohayiqim kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qilgani uchun 3 Egamiz Quddus va Yahudo xalqidan gʻoyat gʻazablangan, oqibatda ularni Oʻz huzuridan quvib yuborgan edi.
Zidqiyo Bobil shohiga qarshi isyon koʻtardi. 4 Zidqiyo hukmronligining toʻqqizinchi yili oʻninchi oyining oʻninchi kunida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi bor lashkarini tortib kelib, shaharni qamal qildi. Shahar devori atrofida qamal inshootlari yasatdi. 5 Shoh Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yiligacha shahar qamalda qoldi. 6 Toʻrtinchi oyning toʻqqizinchi kuni shaharda ocharchilik shu qadar kuchaydiki, xalq bir burda nonga zor boʻldi. 7 Bobilliklar Quddus devorini yorib kirdilar. Ular Quddusni har tomondan qurshab olishgan boʻlsalar–da, Yahudo sipohlari shoh bilan birga qochib ketdilar. Ular tunda saroyning bogʻi yaqinidagi ikki devor orasidagi darvozadan chiqib, Iordan vodiysi tomonga qochgan edilar. 8 Ammo Bobil sipohlari shohning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida unga yetib oldilar. Butun lashkar esa shohni tashlab qochib ketdi.
9 Bobil sipohlari shoh Zidqiyoni ushlab, Xomat yurtidagi Rivlo shahriga , Bobil shohi huzuriga olib keldilar. Bobil shohi Zidqiyoni hukm qildi. 10 Rivloda Zidqiyoning koʻzi oldida hamma oʻgʻillarini, soʻng Yahudo aʼyonlarini qatl qildi. 11 Zidqiyoning esa koʻzlarini oʻyib, uni kishanlab qoʻydi. Bobil shohi uni oʻzi bilan Bobilga olib ketdi. Zidqiyo umrining oxirigacha zindonda yotdi.
Maʼbad vayron boʻladi
12 Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining oʻn toʻqqizinchi yili beshinchi oyining oʻninchi kunida Bobil shohi xizmatidagi qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Quddusga kirdi. 13 U Egamizning uyiga, shoh saroyiga, har bir hashamatli imoratga, Quddusdagi hamma uylarga oʻt qoʻydi. 14 Qoʻriqchilar sardori boshchiligida butun Bobil lashkari Quddus devorlarini yiqitdi. 15 Nabizaradon baʼzi qashshoqlarni, shaharda tirik qolganlarni, Bobil shohi tomonga oʻtgan qochoqlaru qolgan–qutgan hunarmandlarni asir qilib olib ketdi. 16 Uzumchilik va dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlsinlar deya, hech vaqosi yoʻq, qashshoq odamlardan baʼzilarinigina qoldirdi, xolos.
17 Bobilliklar Egamizning uyidagi bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni parchaladilar, bronzaning hammasini Bobilga olib ketdilar. 18 Egamizning uyida xizmat paytida ishlatiladigan buyumlarni — qozonlarni, kuraklarni, qaychilarni, togʻorachalar va kurakchalarni, barcha bronza ashyolarni ham olib ketdilar. 19 Qoʻriqchilar sardori Nabizaradon oltin va kumushdan yasalgan togʻoralarni, olovkuraklarni, togʻorachalarni, tovoqlarni, chiroqpoyalarni, kurakchalarni va sharob nazri uchun ishlatiladigan idishlarni ham olib ketdi. 20 Egamizning uyi uchun shoh Sulaymon yasattirgan ikkita ustunga, hovuzga, hovuz ostidagi oʻn ikkita buqaga va aravalarga behisob bronza sarf qilingan edi. 21 Har bir ustunning balandligi 18 tirsak, tevaragi 12 tirsak edi. Ustunlarning ichi kavak boʻlib, devorlarining qalinligi toʻrt enli edi. 22 Ikkala ustunning tepasida bittadan ustunqosh bor edi. Ustunqoshlarning balandligi 5 tirsakdan , atroflari bronzadan yasalgan toʻrsimon bezak va anor tasviri bilan bezatilgan edi. 23 Ustunqoshning har bir tomoniga toʻqson oltita anor tasviri tushirilgan edi. Toʻrsimon bezakdagi anorlarning soni hammasi boʻlib yuzta edi.
Yahudo xalqi Bobilga surgun qilinadi
24 Qoʻriqchilar sardori Nabizaradon oliy ruhoniy Sarayoni, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni va uchta darvozabonni ham asirga oldi. 25 Quddusda qolgan sipohlarning lashkarboshisini, shohning yettita shaxsiy maslahatchisini, xalqni lashkar safiga yozgan lashkarboshining kotibini va xalqdan shaharda qolgan oltmish kishini ham bandi qildi. 26 Ularning hammasini Rivloga, Bobil shohi huzuriga olib keldi. 27 Bobil shohi ularni Xomat yurtida — Rivloda qatl qildi. Shunday qilib, Yahudo xalqi oʻz yurtidan surgun boʻldi.
28 Navuxadnazar surgun qilgan xalqning soni quyidagichadir: hukmronligining yettinchi yili 3023 nafar yahudiyni, 29 oʻn sakkizinchi yili Quddus aholisidan 832 nafar kishini, 30 yigirma uchinchi yili qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Yahudodan 745 nafar kishini surgun qildi. Hammasi boʻlib surgun qilingan xalqning soni 4600 kishi edi.
31 Yahudo shohi Yohayixin Bobilga surgun qilinganiga oʻttiz yetti yil boʻlganda, Bobil taxtiga Evilmardux oʻtirdi . Evilmardux oʻsha yilning oʻn ikkinchi oyi yigirma beshinchi kuni Yahudo shohi Yohayixinga marhamat qilib, uni zindondan olib chiqdi. 32 Unga yaxshi munosabatda boʻldi, Bobilga surgun qilingan boshqa shohlardan koʻra, balandroq martaba berdi. 33 Shunday qilib, Yohayixin zindon kiyimlarini yechdi. Umr boʻyi doimo Bobil shohining dasturxonidan taom yedi. 34 Umrining oxirigacha Bobil shohi tarafidan kundalik ehtiyoji har doim qondirildi.