41–BOB
Maʼbad binosi
1 Keyin oʻsha odam meni Maʼbadning asosiy xonasiga olib kirdi. U asosiy xona eshigining ikki yon devorini oʻlchadi. Yon devorlarning qalinligi 6 tirsak chiqdi. 2 Ostonaning eni 10 tirsak, ostona ikki yon devorlarining uzunligi 5 tirsakdan chiqdi. Soʻngra oʻsha odam asosiy xonani oʻlchadi. Xonaning uzunligi 40 tirsak, eni 20 tirsak chiqdi. 3 Keyin u asosiy xonadan Maʼbadning ichki xonasiga kirib, ichki xona eshigining yon devorlarini oʻlchadi. Yon devorlarning qalinligi 2 tirsak chiqdi. Ostonaning eni 6 tirsak, ostona ikki yon devorlarining uzunligi esa 7 tirsakdan chiqdi. 4 Oʻsha odam ichki xonani ham oʻlchadi. Ichki xonaning uzunligi bilan eni bir xil — 20 tirsakdan chiqdi. U menga: “Bu Eng muqaddas xona”, deb tushuntirdi.
Maʼbaddagi yon xonalar
5 Soʻng oʻsha odam Maʼbad devorini oʻlchadi. Devorning eni 6 tirsak chiqdi. Maʼbadning tashqi devoriga taqab yon xonalar qurilgan edi. Xonalarning uzunligi 7 tirsak edi. 6 Xonalar uch qavat qilib qurilgan boʻlib, har bir qavatda oʻttiztadan xona bor edi. Maʼbadning devorlari uch pogʻonali zina shaklida boʻlib, xonalarga tayanch boʻlib xizmat qilar edi. Shu sababdan Maʼbad devorlarining oʻzi butun edi. 7 Maʼbad devorining quyi qismi yuqori qismiga nisbatan qalinroq boʻlgani uchun tepadagi xonalar kengroq edi. Zinapoya orqali pastki qavatdan ikkinchi qavatga, soʻng uchinchi qavatga chiqilar edi. 8 Men Maʼbad atrofida balandligi 6 tirsak boʻlgan poydevor borligini ham koʻrdim. Yon xonalar mana shu poydevor ustiga qurilgan edi. 9 Yon xonalarning tashqi devori 5 tirsak qalinlikda edi. Yon xonalar va 10 ichki hovlining devori boʻylab qurilgan hujralar orasidagi masofa 20 tirsak edi. Maʼbadning gir aylanasi hovli edi. 11 Yon xonalarga ikkita eshik orqali kirilar edi. Bir eshik shimol tomonda, boshqasi janub tomonda joylashgan edi. Yon xonalar tevaragida boʻsh qolgan joyning eni 5 tirsak edi.
Gʻarb tomondagi imorat
12 Maʼbad hovlisining gʻarb tomonida katta bir imorat bor edi. Imoratning eni 70 tirsak, uzunligi 90 tirsak, devorlarning qalinligi 5 tirsak edi.
Maʼbad majmuasining umumiy oʻlchamlari
13 Oʻsha odam Maʼbadning uzunligini oʻlchadi. Maʼbadning uzunligi 100 tirsak chiqdi. Soʻng u Maʼbadning orqa devoridan gʻarbdagi imoratning orqa devorigacha boʻlgan masofani oʻlchadi, masofa 100 tirsak chiqdi. 14 Maʼbadning old tomonidagi, yaʼni sharq tomondagi hovlining eni ham 100 tirsak chiqdi.
15 Soʻngra u odam hovlining gʻarbida joylashgan imoratning uzunligini oʻlchadi. Imorat va uning ikki yon tomonidagi xonalarning uzunligi 100 tirsak chiqdi.
Maʼbadning ikir–chikirlari
Maʼbadning ayvoni, asosiy xonasi va ichki xonasi 16 yerdan derazalargacha yogʻoch bilan qoplangan edi. Maʼbadning ostonalari, panjarali derazalari va yon xonalari yogʻoch bilan pardoz qilingan edi. 17 Maʼbadning ichkaridagi hamma devorlariga, eshiklarning tepalarigacha oʻyma naqshlar solingandi. 18 Hamma devorlarga karublarning suratlari oʻyilgan edi. Karublarning orasiga palma daraxtining suratlari ham oʻyilgandi. Har bir karubning ikkitadan yuzi bor edi. 19 Karubning inson yuziga oʻxshagan yuzi bir tomondagi palma daraxtiga, sher yuziga oʻxshagan boshqa bir yuzi boshqa tomondagi palma daraxtiga qaratilgan edi. Bunday suratlar Maʼbadning ichki devorining gir aylanasiga, 20 yerdan eshiklar ustidagi devorlargacha oʻyilgan edi. 21 Asosiy xona eshigining kesakisi toʻrtburchak shaklida yasalgan edi.
Yogʻoch qurbongoh
Eng muqaddas xonaning roʻparasida 22 qurbongohga oʻxshash bir narsa bor edi. Uning boʻyi 3 tirsak, uzunligi va eni 2 tirsak edi. Burchaklari, asosi va yon tomonlari yogʻochdan yasalgan edi. Oʻsha odam menga shunday dedi: “Bu Egamiz huzurida turadigan xontaxtadir.”
Eshiklar
23 Asosiy xonaning va Eng muqaddas xonaning eshiklari bor edi. 24 Eshiklarning har biri ikki tavaqali, yigʻma edi. 25 Asosiy xona eshiklarining yuzasiga devordagiday karublar va palma daraxtlarining suratlari oʻyilgan edi. Maʼbad ayvonining oldi tomoniga yogʻoch bostirma qurilgan edi. 26 Ayvon yon devorlarining panjarali derazalari bor edi. Devorlarga palma daraxtining suratlari oʻyilgan edi. Maʼbaddagi yon xonalarning kiraverishiga yogʻoch bostirmalar qurilgandi.