21–BOB
Benyamin yigitlari uchun kelinlar
1 Isroil xalqi Mispaxdagi yigʻinda: “Birontamiz ham Benyamin qabilasiga qiz uzatmaymiz”, — deb ont ichgan edi. 2 Benyamin qabilasi bilan boʻlgan urushdan keyin Isroil xalqi Baytilga borib, Xudoning huzurida kechgacha oʻtirdi. Ular faryod koʻtarib: 3 “Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz, nega bunday koʻrgilik boshimizga tushdi?! Nega Isroilning bir qabilasi yoʻq boʻlib ketdi?!” deya achchiq–achchiq yigʻladilar.
4 Ertasi kuni odamlar barvaqt turib, u yerda qurbongoh qurdilar. Ular kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarini keltirdilar. 5 Keyin bir–birlaridan: “Isroil qabilalaridan Egamiz huzurida oʻtkazilgan yigʻinga kelmaganlar bormi?” deb soʻradilar. Chunki ular, Mispaxda — Egamiz huzurida oʻtkazilgan yigʻinda ishtirok etmagan har bir kishining jazosi oʻlimdir, deb qatʼiy bir qasam ichgan edilar. 6 Isroil xalqi oʻz jigari boʻlgan Benyamin qabilasiga achinib: “Evoh, bugun Isroilning bir qabilasi yoʻq boʻldi”, deya koʻp oʻkindi. 7 “Oʻsha qabiladan faqatgina bir nechta yigit omon qoldi, xolos. Endi ular uchun qayerdan qiz topamiz? Birontamiz ularga qiz uzatmaymiz, deb Egamizning nomi bilan qasam ichgan edik–ku!”
8 Isroil xalqi: “Mispaxdagi yigʻinda qatnashmaganlar bormi?” deya surishtira boshladi. Shunda Giladdagi Yobosh shahrining aholisi yigʻinda qatnashmaganligi maʼlum boʻldi. 9 Chunki yoʻqlama qilinganda oʻsha shahardan hech kim yoʻq edi. 10 Butun jamoa oʻn ikki ming jangchini tanlab, ularga: “Boringlar, Giladdagi Yobosh shahrining butun aholisini qirib tashlanglar, xotinu bola–chaqalarini ham ayamanglar!” dedi. 11 “Har bir erkak va er koʻrgan har bir ayol oʻldirilsin.” 12 Jangchilar Yobosh aholisining orasidan toʻrt yuzta er koʻrmagan, yosh bokira qizni topib, ularni Kanʼon yurtidagi Shiloʻ qarorgohiga olib keldilar.
13 Keyin butun jamoa Rimmon qoyasidagi Benyamin odamlariga xabar yuborib, tinchlik eʼlon qildi. 14 Benyamin odamlari oʻz uylariga qaytib borishdi. Isroil xalqi Giladdagi Yobosh aholisining omon qolgan qizlarini ularga turmushga berdi. Ammo qizlarning soni Benyamin odamlariga qaraganda kamroq edi.
15 Isroil xalqi Benyamin qabilasiga nihoyatda achinar edi, chunki Egamiz ularni deyarli yoʻq qilib yuborgan edi. 16 Shunda jamoa oqsoqollari shunday dedilar:
— Obbo, endi qolgan Benyamin oʻgʻillariga qayerdan qiz topib beramiz? Ularning qabilasidan bironta qiz ham tirik qolmadi–ku! 17 Benyamin qabilasi Isroildan batamom yoʻq boʻlib ketmasligi uchun omon qolganlari nasl qoldirishlari kerak. 18 Lekin shunisi ham borki, biz: “Benyamin qabilasiga qiz uzatgan laʼnati boʻlgay!” deb qasam ichib qoʻydik, endi ularga qiz uzata olmaymiz.
19 Shunda odamlardan bittasi:
— Ha, aytgancha, Egamizga bagʻishlab Shiloʻda har yili oʻtkaziladigan bayram haqida nima deysizlar? — dedi. — Lavoʻn va Baytil shaharlarining oʻrtasida joylashgan bu shahar, Baytildan Shakamga ketadigan yoʻlning shundoq yonginasida–ku.
20 Oqsoqollar Benyamin qabilasidan boʻlgan boʻydoq yigitlarga shunday uqtirdilar:
— Boringlar, uzumzorlarda yashirinib, 21 poylab turinglar. Shiloʻ qizlari oʻyinga chiqqanda, uzumzordan chiqib, har biringiz oʻzlaringiz uchun qiz olib qochinglar. 22 Qizlarning otalari yoki aka–ukalari oldimizga shikoyat qilib keladigan boʻlishsa, biz ularga shunday deymiz: “Qizlaringizni olib qolishimizga ijozat beringlar. Tushuninglar axir, biz Giladdagi Yoboshga hujum qilganimizda Benyamin yigitlari uchun yetarlicha qiz olib kela olmadik. Garchi Benyamin yigitlari qizlaringizni olib qochgan boʻlsa–da, sizlar qasamni buzgan hisoblanmaysizlar.”
23 Benyamin odamlari Shiloʻga borib, uzumzorlarda yashirinib oldilar. Qizlar raqsga tushganlarida ular oʻzlari uchun bittadan qiz olib qochdilar. Soʻng olib qochgan qizlari bilan uylariga qaytib ketdilar, shaharlarini tiklab, oʻsha joyda yashadilar. 24 Butun Isroil jamoasi ham uy–uylariga, qabilalari va oilalariga qaytib bordi.
25 Oʻsha davrlarda Isroilda shoh yoʻq edi. Har bir odam bilganini qilar edi.