40–BOB
Egamiz yana Ayubga gapiradi
1 Shundan keyin Egamiz quyun orasidan gapirib, Ayubga shunday dedi:

2 “Qani, erkakka oʻxshab belingni bogʻla,
Seni soʻroq qilaman, javob ber–chi.
3 Sen Meni adolatsizlikda ayblamoqchimisan?
Meni hukm qilib, oʻzingni oqlamoqchimisan?
4 Sening qoʻling Xudoning qoʻliday qudratlimi?
Uning ovoziga oʻxshab gumburlaydigan ovozing bormi?

5 Shunday boʻlsa, qani, oʻzingni shonli dabdabaga oʻragin–chi,
Ulugʻvorlik va salobat bilan burkangin–chi.
6 Gʻazabingni toʻkib soch,
Hamma takabbur insonlarga nazar solgin–da,
Ularning popugini pasaytirib qoʻy.
7 Ha, barcha magʻrur insonlarga qaragin–da,
Ularni yer bilan bitta qil.
Fosiqlarni turgan joyida ezib tashla.
8 Hammasini tuproqqa koʻmib tashla,
Ha, yuziga tuproq tortib, qabrni yop.
9 Shunda Men senga tan beraman,
Oʻz kuching bilan najot topa olarkansan, deyman.

10 Begemotga qaragin,
Xuddi seni yaratganimday uni ham Men yaratganman,
U hoʻkizga oʻxshab oʻt yeydi.
11 Uning belida kuchi koʻp,
Qorin mushaklari kuchga toʻla.
12 Dumi sadr daraxtiday kuchli,
Son mushaklari juda ham baquvvat.
13 Uning suyaklari bronzadan yasalgan novlarday,
Qoʻl–oyoqlari temirday mustahkam.
14 Men yaratgan jonivorlar orasida u eng ajoyibidir,
Yaratganning Oʻzigina unga bas kela oladi.
15 Yovvoyi hayvonlar oʻynab yuradigan qirlar
Unga oziq beradi.
16 U xalqoblardagi qamishlar orasida,
Nilufar gullari tagida yotadi.
17 U nilufar gullarining soyasida yotadi,
Irmoq boʻyidagi tollar uni oʻrab oladi.
18 Daryo joʻshib oqsa ham u qoʻrqmaydi,
Iordan daryosining toʻlqinlari yuziga urilsa ham
U bexavotir turaveradi.
19 Birov uning koʻzlarini koʻr qilib, ushlay oladimi?!
Ilmoq bilan burnini teshib tuta oladimi?!

20 Maxluq Levitanni baliq singari,
Ilmoq bilan ushlay olasanmi?!
Tilini arqon bilan bogʻlay olasanmi?!
21 Burnidan arqon oʻtkazib,
Jagʻini ilmoq bilan tesha olasanmi?!
22 Oʻsha maxluq qayta–qayta sendan rahm–shafqat tilaydimi?!
Xoʻsh, u senga mayin soʻzlar bilan gapiradimi?!
23 Sen bilan ahd tuzib,
Bir umrga quling boʻlib qoladimi?
24 Qush bilan oʻynaganday u bilan oʻynay olasanmi?
Yoki qizlaring uchun uni bogʻlab bera olasanmi?
25 Baliqchilar uning uchun savdolashadimi?!
Savdogarlarga uni boʻlib beradimi?!
26 Uning terisini nayza bilan tesha olasanmi?
Boshini baliqchilarning sanchqisi bilan yora olasanmi?
27 Agar unga qoʻl tekkizsang,
Bir umrga pushaymon boʻlasan!
Ikkinchi qoʻl tekkizmaydigan boʻlasan.