5–BOB
Elishay Noʻmonga shifo beradi
1 Oram shohining Noʻmon degan lashkarboshisi bor edi. Xoʻjayini uni juda ulugʻlar va hurmat qilar edi, chunki Egamiz Noʻmon orqali Oramga gʻalaba ato qilardi. Noʻmon juda dovyurak jangchi edi–yu, lekin teri kasalligiga chalingan edi.
2 Oram lashkari Isroil yurtiga bostirib borganda, kichkina qizchani asir qilib olib kelgan edi. Qizcha Noʻmonning xotiniga choʻrilik qilardi. 3 Qizcha bir kuni bekasiga aytib qoldi:
— Agar toʻram Samariyadagi paygʻambar huzuriga borganlarida edi, oʻsha paygʻambar toʻramga shifo bergan boʻlardi.
4 Shunday qilib, Noʻmon oʻz hukmdori huzuriga bordi. Shohga Isroil yurtidan keltirilgan qizchaning aytganlarini gapirib berdi. 5 Oram shohi Noʻmonga:
— Yoʻlga otlanaver, men Isroil shohiga maktub yozib beraman, — dedi. Noʻmon yigirma bir pud kumush, toʻrt pud oltin, oʻn sidra qimmatbaho kiyim–bosh olib, yoʻlga chiqdi. 6 Noʻmon maktubni Isroil shohiga keltirib berdi. Maktub shu mazmunda bitilgan edi: “Ushbu maktub yetib borganda, bilingizki, xizmatkorim Noʻmonni sizning huzuringizga yuborgan boʻlaman, uni teri kasalligidan siz forigʻ qilishingiz mumkin.”
7 Isroil shohi maktubni oʻqib, vahimaga tushib, kiyimlarini yirtdi:
— Oram shohi meni hayot baxsh etadigan va jon oladigan Xudo deb oʻylayaptimi?! Shifo berishim uchun u mening huzurimga odamini joʻnatibdi–ya! Mana, bilib qoʻyinglar, Oram shohi men bilan urush chiqarish uchun bahona izlayapti.
8 Isroil shohi vahimaga tushib liboslarini yirtganini Elishay paygʻambar eshitgach, shohga xabarchi orqali shu gapni yetkazdi: “Nega vahimaga tushib liboslaringizni yirtdingiz? Oʻsha odam mening oldimga kelsin, Isroilda paygʻambar borligini bilib qoʻysin.”
9 Noʻmon otlariyu jang aravalarini Elishayning uyi eshigi oldiga olib kelib toʻxtadi. 10 Elishay Noʻmonning oldiga xizmatkorini chiqarib, u orqali Noʻmonga shu gapni yetkazdi: “Bor, Iordan daryosida yetti marta yuvin, shunda tanang yangilanib, pok boʻladi.” 11 Noʻmon esa dargʻazab boʻldi: “Men oʻylagan edimki, paygʻambar albatta mening oldimga chiqadi, oʻzining Egasi Xudoni chaqirib iltijo qiladi. Qoʻllari bilan kasal joyimni silab, meni bu kasallikdan forigʻ qiladi. 12 Damashqdagi Abano va Parfar daryolari Isroilning hamma daryolaridan afzal emasmi?! Men oʻsha daryolarda yuvinib, poklanib olaverardim–ku!”
Noʻmon jahl bilan burilib ketdi.
13 Shunda xizmatkorlari kelib:
— Janobi oliylari, agar paygʻambar sizga qiyin narsani aytganda, qilmasmidingiz? — deb gapirishdi, — u sizga: “Yuvingin, pok boʻlib qolasan”, dedi xolos–ku.
14 Oxiri, Noʻmon paygʻambarning aytganini qilib, Iordan suvida yetti marta shoʻngʻidi. Shunda tanasi xuddi yosh bolaning tanasi kabi yangilanib, pok boʻldi.
15 Noʻmon va uning barcha hamrohlari paygʻambar huzuriga qaytib keldilar. Noʻmon Elishayning huzuriga kelgach, aytdi:
— Butun yer yuzida Isroil xalqining Xudosidan boshqa Xudo yoʻqligini bildim. Marhamat, endi men, qulingizning hadyalarini qabul qiling.
16 Men xizmat qilayotgan Xudo shohid! Hadyangni olmayman! — dedi Elishay.
Noʻmon Elishayni qancha majbur qilsa ham, Elishay rad etdi. 17 Shunda Noʻmon aytdi:
— Unday boʻlsa, men, qulingizga ikkita xachir koʻtara oladigan tuproq olib ketishga ijozat bering . Men, qulingiz, bundan buyon Egamizdan boshqa xudolarga har xil qurbonliklaru kuydiriladigan qurbonliklar qilmayman. 18 Egamiz men, qulingizni faqat bitta narsada kechirsin: xoʻjayinim xudo Rimmon uyiga borib sajda qilish uchun qoʻlimga suyanganda, men ham Rimmon uyida u bilan birga taʼzim qilaman. Oʻsha yerda taʼzim qilganimda, shu narsa uchun Egamiz meni kechirsin.
19 — Eson–omon bor, — dedi unga Elishay. Noʻmon Elishay huzuridan chiqib, hali uncha uzoq yoʻl yurmagan ham ediki, 20 Elishay paygʻambarning xizmatkori Gaxazi oʻziga oʻzi aytdi: “Hazratim anavi Oram xalqidan Noʻmon keltirgan hadyalarni qabul qilmasdan, unga ijozat berdi. Xudo haqi! Ortidan yugurib borib, undan biror narsa undiray.” 21 Gaxazi Noʻmonning orqasidan ketdi. Noʻmon ortidan kelayotgan Gaxazini koʻrib, uni qarshi olgani aravadan tushdi.
— Tinchlikmi? — soʻradi Noʻmon.
22 — Tinchlik, — dedi xizmatkor, — xoʻjayinim mendan aytib yubordi, uning huzuriga Efrayim qirlaridagi paygʻambarlar guruhidan ikkitasi kelibdi, ularga ikki pud kumush va ikki sidra kiyim–bosh berarkansiz.
23 — Balki toʻrt pud olarsan, — dedi Noʻmon va Gaxazini toʻrt pud olishga koʻndirdi. Noʻmon ikkita qopdagi toʻrt pud kumushni va ikki sidra kiyim–boshni bogʻlab, oʻzining ikkita xizmatkoriga berdi. Xizmatkorlar bu narsalarni koʻtarib, Gaxazining oldiga tushib joʻnadilar.
24 Tepalikka kelganlarida, Gaxazi narsalarni xizmatkorlarning qoʻlidan oldi va uyiga olib borib yashirdi. Soʻngra Noʻmonning ikkala xizmatkoriga ijozat berdi. 25 Gaxazi qaytib kelgach, xoʻjayinining huzuriga kirdi.
— Qayerda eding, Gaxazi? — soʻradi Elishay undan.
— Men, qulingiz, hech qayerga bormadim, — javob berdi u.
26 Elishay esa Gaxaziga:
— Oʻsha odam aravasidan tushib senga peshvoz chiqqanda, mening ruhim sen bilan birga emasmidi?! — dedi. — Hozir kumushu liboslar yoki zaytunzorlaru uzumzorlar, qoʻyu sigirlar, qulu choʻrilar oladigan paytmi?! 27 Shu qilganing uchun Noʻmonning teri kasalligi senga va sening naslingga abadiy yopishib qolsin.
Oʻsha zahoti Gaxaziga yara toshib, terisi qorday oppoq boʻlib qoldi. U Elishayning huzuridan chiqib ketdi.