11–BOB
Shamayoning bashorati
1 Raxabom Quddusga kelib, Yahudo va Benyamin qabilalaridan 180.000 odamni sipohlikka tanlab oldi. “Shohlikni qaytarib olaman” degan maqsadda ularni Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun tayyorladi. 2 Lekin oʻshanda Shamayo paygʻambarga Egamizning quyidagi soʻzlari ayon boʻldi:
3 — Yahudo shohi Sulaymon oʻgʻli Raxabomga hamda Yahudo va Benyamin hududlarida istiqomat qilayotgan butun Isroil xalqiga shu gaplarni yetkaz: 4 “Egamiz shunday deb aytmoqda: qarindoshlaringizga qarshi urush boshlamanglar! Har kim oʻz uyiga qaytsin! Chunki bu ishlar hammasi Mendan boʻldi.”
Ular Egamizning amriga itoat etib, Yeribomga qarshi urush qilmadilar.
5 Raxabom Quddusda yashadi, u mudofaa uchun Yahudodagi quyidagi shaharlarni mustahkamladi: 6 Baytlahm, Etom, Taxuva, 7 Bayt–Zur, Soʻxu, Adullam, 8 Gat, Morisho, Zif, 9 Odorayim, Laxish, Ozikah, 10 Zorox, Oyjavlon va Xevron. Bu shaharlar Yahudo va Benyamin hududlaridagi mustahkam shaharlar boʻldi. 11 Raxabom qalʼalarni mustahkamladi. U yerga qoʻmondonlar tayin qilib, oziq–ovqat, zaytun moyi va sharob gʻamladi. 12 Har bir shaharni qalqon va nayzalar bilan taʼminlab, mudofaani gʻoyat kuchaytirdi. Shu tariqa u Yahudo va Benyamin qabilalarini qoʻli ostida saqladi.
Ruhoniylar va levilar Yahudo yurtiga keladilar
13 Isroilning barcha hududlaridagi ruhoniylar va levilar Raxabomning tarafdorlari edilar. 14 Levilar hatto oʻz yaylovlarini va mulklarini tashlab, Yahudo va Quddusga kelgan edilar. Chunki Isroil shohi Yeribom va uning oʻgʻillari levilarga Egamizning ruhoniylari sifatida xizmat qilishga yoʻl qoʻymagan edilar. 15 Yeribom sajdagohlarda xizmat qilish uchun oʻz ruhoniylarini tayinladi. Ular Yeribom yasattirgan oltin buzoqlarga va echki jinlarga topinar edilar. 16 Isroilning hamma qabilalaridan Egamizga chin yurakdan intilganlar esa levilar va ruhoniylarga ergashib, Quddusga keldilar. Ular Quddusda ota–bobolarining Xudosi — Egamizga qurbonlik qilishardi. 17 Buning natijasida Yahudo shohligi mustahkam boʻldi. Ular Dovud bilan Sulaymonga qanday xizmat qilgan boʻlsalar, Raxabomga ham uch yil davomida sadoqat bilan xizmat qildilar.
Raxabomning xonadoni
18 Raxabom Dovud oʻgʻli Yarimoʻtning qizi Maxalatga uylandi. Maxalatning onasi Abuhayil, Essay oʻgʻli Eliyobning qizi edi. 19 Maxalat Raxabomga Yoush, Shamariyo va Zaham degan oʻgʻillar tugʻib berdi. 20 Keyinchalik Raxabom Absalomning qizi Maxoni oʻziga xotin qilib oldi. Maxo unga Abiyo, Attay, Zizo va Shalumit degan oʻgʻillar tugʻib berdi. 21 Raxabom boshqa xotinlari va kanizaklariga qaraganda, Absalomning qizi Maxoni yaxshi koʻrardi. Raxabomning oʻn sakkizta xotini va oltmishta kanizagi boʻlib, u yigirma sakkiz oʻgʻil va oltmish qiz koʻrdi.
22 Raxabom xotini Maxo tuqqan oʻgʻli Abiyoni taxt vorisi qilish niyatida, hamma aka–ukalari orasida bosh shahzoda qilib tayinladi. 23 Raxabom donolarcha ish tutib, qolgan oʻgʻillariga masʼuliyatni taqsimlab berdi, ularni Yahudo va Benyamin hududidagi mustahkam shaharlarga oʻrnashtirdi. Ularga hamma narsani moʻl qilib yetkazdi, ularni koʻp xotinlarga uylantirdi.