3–BOB
Xudo Shomuilga sado beradi
1 Oʻspirin Shomuil Elaxning qoʻli ostida Egamizga xizmat qilib yurardi. Oʻsha paytlari Egamizning kalomi kam kelar, vahiy ham ahyon–ahyonda boʻlardi.
2 Elaxning koʻzlari xiralashib, koʻrmaydigan boʻlib qolgan edi. Bir kuni kech kirganda Elax yotogʻida yotardi. 3 Shomuil esa Egamizning Maʼbadida yotgan edi, Xudoning Sandigʻi ham oʻsha yerda edi. Xudoning chirogʻi hali ham yonib turardi. 4 Shu payt Egamiz Shomuilni chaqirib qoldi. Shomuil:
— Labbay, hazratim! — deb ovoz berdi va 5 Elaxning oldiga yugurib kelib:
— Meni chaqirgan edingiz, shu yerdaman, — dedi.
— Yoʻq, seni men chaqirmadim, qayt, borib joyingga yot, — dedi Elax. Shomuil qaytib borib yotdi. 6 Egamiz yana:
— Shomuil! — deb chaqirdi. Shomuil yana turib, Elaxning oldiga kirdi va:
— Meni chaqirgan edingiz, shu yerdaman! — dedi.
— Chaqirganim yoʻq, oʻgʻlim, qayt, borib joyingga yot, — dedi u.
7 Shomuil Egamizni hali tanimas, Egamizning kalomi hali unga ayon boʻlmagan edi. 8 Egamiz uchinchi marta Shomuilga sado berdi. Shomuil oʻrnidan turib Elaxning oldiga keldi–da:
— Meni yana chaqirdingiz–ku, men shu yerdaman, — dedi. Shunda Elax bildiki, oʻspirinni Egamiz chaqirayotgan ekan. 9 Elax Shomuilga dedi:
— Borib joyingga yot, oʻsha ovoz seni yana chaqirib qolsa, “Gapiraver, ey Egam, quling tinglayotir”, degin.
Shomuil borib, joyiga yotdi. 10 Egamiz oʻsha yerda zohir boʻldi va oldingiday:
— Shomuil, Shomuil! — deb chaqirdi.
— Gapiraver, ey Egam! Quling tinglayotir! — deb javob berdi Shomuil. 11 Egamiz dedi:
— Shomuil! Men Isroilda shunday bir ish qilmoqchimanki, eshitganning boshidan hushi uchadi. 12 Oʻsha kuni Men Elaxning xonadoni toʻgʻrisida nima aytgan boʻlsam, hammasini bajo qilaman, boshlagan ishimni oxiriga yetkazaman. 13 Elaxga, sening xonadoningni to abad jazolayman, deb uni ogohlantirgan edim. Uning oʻgʻillari koʻp gunoh qilib, oʻzlariga laʼnat orttirdilar. Elax esa buni bila turib, ularni tergamadi. 14 Shu sababdan ont ichib aytamanki, Elax xonadonining bu gunohlarini aslo kechirmayman. Ularning qilgan gunohlarini to abad qurbonligu nazr qilish bilan yuvib boʻlmaydi.
15 Shomuil ertalabgacha oʻrnida yotdi. Keyin turib, Egamizning uyi eshiklarini ochdi. Oʻsha vahiyni Elaxga aytishdan qoʻrqdi. 16 Shu payt Elax:
— Shomuil, oʻgʻlim! — deb chaqirdi.
— Labbay, shu yerdaman, — deb Shomuil Elaxga yaqin keldi.
17 — Egamiz senga nimalar dedi? — soʻradi Elax. — Zinhor mendan yashira koʻrma. Egamizning senga aytgan gaplaridan birortasini mendan yashirsang, Xudo seni yomon koʻyga solsin, hatto undan battarrogʻini qilsin!
18 Shomuil Elaxdan hech narsani yashirmay aytib berdi.
— U Egamizdir, — dedi Elax, — Unga nima maʼqul boʻlsa, oʻshani bajo qiladi.
19 Shomuil ulgʻayaverdi, Egamiz doimo u bilan birga boʻldi, Shomuil bashorat qilgan hamma narsani Egamiz roʻyobga chiqardi. 20 Dandan Bershebagacha boʻlgan jamiki Isroil xalqi Shomuil haqiqatan ham Egamizning paygʻambari ekanligini bildi. 21 Egamiz Shiloʻda yana takror–takror zohir boʻlib, oʻsha yerda Oʻz kalomi orqali Shomuilga ayon boʻlardi.