41–BOB
Xudoning Isroil xalqiga bergan vaʼdasi
1 Egam aytar: “Mening oldimda sukut saqlang,
Ey dengiz ortidagi yurtlar!
Xalqlarning kuchi qayta tiklansin.
Ular yaqinroq kelib, gapirsinlar.
Hukm qilishga birga yigʻilaylik.

2 Kim sharqdan gʻolib shohni chaqirdi?!
Kim uni Oʻz xizmatiga chaqirdi?!
Kim unga elatlarni boʻysundiradi?!
Kim shohlarni oyogʻi ostida ezadi?!
Gʻolib shoh oʻz qilichi bilan
Ularni chopib tashlaydi,
Yoyi bilan ularni somonday uchiradi.
3 Ularni taʼqib qiladi,
Oyoq bosmagan yoʻldan yuradi,
Oʻsha joylardan eson–omon oʻtadi.
4 Bu voqealar ortida turgan kim?!
Boshidan avlodlarni dunyoga keltirgan kim?!
Men emasmi?!
Azaldan Men sizning Egangizman,
Oxirgacha ham Egangiz boʻlaman.

5 Dengiz ortidagi yurtlar
Buni koʻrib, qoʻrqadi.
Yer yuzining toʻrt burchidan titrab,
Ular yaqinlashib keladi.
6 «Qoʻrqmagin», deya hamma
Bir–biriga dalda beradi.
7 Mana, hunarmand odam
Tilla ustasiga dalda beradi.
Misgar: «Ha, yaxshi chiqdi», deb
Temirchiga dalda beradi.
Yiqilib tushmasin deb, butni mixlab qoʻyadi.

8 Ammo sen–chi, ey qulim Isroil,
Ey Oʻzim tanlagan Yoqub nasli,
Doʻstim Ibrohimning avlodi!
9 Seni yerning toʻrt burchidan olib keldim,
Yerning olis burchaklaridan chaqirdim.
Aytdimki: «Sen Mening qulimsan,
Seni tanladim, rad etmadim.»
10 Qoʻrqma, Men sen bilan birgaman,
Vahimaga tushma, Men sening Xudoyingman.
Senga kuch beraman, Oʻzim yordamga kelaman,
Gʻolib oʻng qoʻlim bilan seni qoʻllayman.
11 Ha, senga qarshi boʻlganlarning hammasi
Sharmandayu sharmisor boʻlib qoladi,
Dushmanlaring yoʻq boʻladi, nobud boʻladi.
12 Urush qiladiganlarni izlab ham topa olmaysan,
Sen bilan jang qilganlar tamomila tugab bitadi.
13 Men Oʻzim, Egang Xudo, oʻng qoʻlingni kuchaytiraman,
Senga: «Qoʻrqma, Oʻzim yordamga kelaman» degan Menman.”

14 Egamiz shunday aytmoqda:
“Qoʻrqma, ey Isroil xalqi, Yoqub nasli!
Sen kichkina bir chuvalchangdaysan.
Ammo Oʻzim senga yordam beraman.
Men, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi,
Sening qutqaruvchingman.
15 Sendan bugʻdoy yanchadigan xoʻptir yasayman,
Yangi, oʻtkir, tishli xoʻptir qilaman,
Sen togʻlarni yanchasan, ezasan,
Tepaliklarni somon qilasan.
16 Sen ularni sovurib tashlaysan,
Ularni shamol uchirib ketadi.
Boʻron ularni toʻzgʻitadi,
Sen esa Men — Egang tufayli sevinch topasan,
Isroil xalqining Muqaddas Xudosi ila maqtanasan.

17 Qashshoqlaru muhtojlar suv izlar,
Ammo suv yoʻq.
Ogʻizlari chanqoqdan qurib ketgan.
Men, Egangiz, ularga javob beraman,
Men, Isroil xalqining Xudosi, ularni tark etmayman.
18 Yalangʻoch tepaliklardan daryolar oʻtkazaman,
Vodiylar oʻrtasida buloqlar ochaman.
Sahrolarni suv toʻla hovuzlarga aylantiraman,
Qaqragan yerda buloqlar ochaman.
19 Choʻlda sadr, akas, zaytun daraxtlarini,
Hamda mirta butalarini oʻstiraman,
Sahroda sarv, archa, qaragʻay daraxtlarini oʻstiraman.
20 Mana, hamma koʻrib bilsin,
Bularni Men, Egangiz,
Oʻz qoʻlim bilan qilganimni ular tushunsin.
Men, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi,
Bularni yaratganimni ular anglab yetsin.”
Butlar foydasizdir
21 Yoqub naslining Shohi — Egamiz, shunday deydi:
“Daʼvolaringizni ayting,
Isbotingizni keltiring.
22 Qani, butlaringizni olib keling,
Kelajakda nima boʻlishini
Butlaringiz aytib bersin.
Oʻtmishda boʻlganlarni tushuntirsin–chi!
Oʻshalar haqida oʻylab koʻraylik.
Oxiri nima boʻlishini bilaylik.
Ha, boʻladiganlarni bizga aytsin.
23 Ey butlar! Kelajakni bizga bildiring,
Shunda xudo ekanligingizni bilamiz.
Biron yaxshilik yoki yomonlik qilib koʻring–chi,
Koʻrib, birgalikda vahimaga tushaylik.
24 Axir, sizlar hech nima emassiz,
Ishlaringiz esa undan ham battar.
Sizni tanlaganning oʻzi jirkanchdir.

25 Men shimoldan bir yetakchi chaqirdim.
Ana, u keladi.
Sharqdan kelib, Mening nomimga shuhrat keltiradi.
Hukmdorlarni u tuproqday oyoq osti qiladi,
Kulolning loyiday qilib tepkilaydi.
26 Kim buni oldindan aytibdiki, biz bilibmiz?!
Kim buni ilgari bildiribdiki, «U haq edi», deb aytsak?!
Butlar bu haqda gapirmadi, xabar bermadi,
Hech kim ularning ovozini eshitmadi.
27 Men, Egangiz, birinchi boʻlib bu xushxabarni Quddusga yetkazdim,
Sionga elchi joʻnatib, shunday deb aytishni buyurdim:
Xalqing kelyapti! Ular uylariga qaytib kelishyapti!
28 Men butlarga qaradim,
Lekin ular Menga hech narsa aytmadi.
Savolimga ular javob bermadi.
29 Qarang, butlarning hammasi soxta,
Qilgan ishlari hech nima emas,
Hamma butlar shamolday behuda.”