3–BOB
Tinchlik qurbonligi
1 Agar podangizdagi birorta hayvonni tinchlik qurbonligi qilmoqchi boʻlsangiz, nuqsonsiz sigir yoki buqani Egamiz oldiga olib keling. 2 Qoʻlingizni qurbonlikning boshiga qoʻying, soʻng uni Uchrashuv chodirining kiraverishida soʻying. Horunning ruhoniy oʻgʻillari qurbonlikning qonini qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 3 Siz tinchlik qurbonligining quyidagi qismlarini olovda kuydirib, Egamizga nazr qiling: ichak–chovoqlarini qoplab turgan yogʻlarni, hamma charvini, 4 ikkala buyrakni, buyrak atrofidagi yogʻlarini va jigarning aʼlo qismini . Jigarning aʼlo qismi buyraklar bilan birga ajratib olingan boʻlishi lozim. 5 Soʻng Horunning oʻgʻillari bularni qurbongohda, yonib turgan oʻtin ustidagi kuydiriladigan qurbonlik bilan birga kuydirsinlar. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.
6 Agar Egamizga suruvingizdagi hayvonni tinchlik qurbonligi qilmoqchi boʻlsangiz, nuqsonsiz urgʻochi yoki erkak jonivorni olib keling. 7 Qoʻyni qurbonlik qilmoqchi boʻlsangiz, uni Egamiz oldiga olib kelib, 8 qoʻlingizni qurbonlikning boshiga qoʻying. Soʻng uni Uchrashuv chodiri oldida soʻying. Horunning oʻgʻillari qurbonlikning qonini qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 9 Siz tinchlik qurbonligining quyidagi qismlarini olovda kuydirib, Egamizga nazr qiling: dumgʻazadan boshlab kesib olingan dumbasini, ichak–chovoqlarini qoplab turgan yogʻlarni, hamma charvini, 10 ikkala buyrakni, buyrak atrofidagi yogʻlarini va jigarning aʼlo qismini. Jigarning aʼlo qismi buyraklar bilan birga ajratib olingan boʻlishi lozim. 11 Ruhoniy bularni taom nazri sifatida qurbongoh ustida kuydirsin. Egamizga keltirilib, olovda kuydiriladigan qurbonlik shudir.
12 Agar Egamizga echkini qurbonlik qilmoqchi boʻlsangiz, uni Egamizning oldiga olib keling. 13 Qoʻlingizni echkining boshiga qoʻyib, uni Uchrashuv chodiri oldida soʻying. Soʻng Horunning oʻgʻillari echkining qonini qurbongohning toʻrtala yon tomoniga sepib chiqishsin. 14 Siz qurbonlikning quyidagi qismlarini olovda kuydirib Egamizga nazr qiling: ichak–chovoqlarini qoplab turgan yogʻlarni, hamma charvini, 15 ikkala buyrakni, buyrak atrofidagi yogʻlarini va jigarning aʼlo qismini. Jigarning aʼlo qismi buyraklar bilan birga ajratib olingan boʻlishi lozim. 16 Soʻng ruhoniy bularning hammasini taom nazri sifatida qurbongoh ustida kuydirsin. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Egamizga yoqimli hid boradi.
Yogʻning hammasi Egamizga tegishlidir. 17 Yogʻ va qonni tanovul qilmang. Qayerda yashashingizdan qatʼi nazar, butun avlodingiz bu qonunga doimo rioya qilsin.