3–BOB
Isroil xalqi Iordan daryosini kechib oʻtadi
1 Ertasiga tongda Yoshua butun Isroil xalqi bilan birga Shitim qarorgohidan chiqib, Iordanga yetib keldi. Daryoni kechib oʻtishdan oldin ular oʻsha yerda qarorgoh qurishdi. 2 Uch kundan keyin qabila nazoratchilari qarorgoh boʻylab yurib, 3 xalqqa shunday deyishdi: “Levi ruhoniylari Egangiz Xudoning Ahd sandigʻini koʻtarib ketayotganini koʻrganingizda yoʻlga chiqinglar. Uning orqasidan boringlar. 4 U sizga yoʻlni koʻrsatib boradi, chunki sizlar bu yoʻlni bilmaysizlar. Lekin Sandiq bilan sizlarning orangizdagi masofa taxminan ikki ming tirsak boʻlishi kerak. Orangizdagi masofa mana shundan kam boʻlmasin.” 5 Keyin Yoshua xalqqa: “Oʻzingizni poklang , chunki ertaga Egamiz oramizda moʻjizalar koʻrsatadi”, — dedi. 6 Ertasiga Yoshua ruhoniylarga shunday dedi: “Ahd sandigʻini olib, xalqning oldida yuringlar.” Ruhoniylar Ahd sandigʻini koʻtarib, xalq oldida borishdi.
7 Egamiz Yoshuaga shunday dedi:
— Bugundan boshlab seni butun Isroil xalqi oldida koʻkka koʻtaraman, shunda ular Men Muso bilan boʻlganimdek, sen bilan birga ekanimni bilishadi. 8 Ahd sandigʻini koʻtarib boradigan ruhoniylarga aytasan: “Iordan daryosiga yetib borganingizdan keyin, daryoga kirib toʻxtanglar.”
9 Keyin Yoshua Isroil xalqiga shunday dedi:
— Yaqinroq kelib, Egangiz Xudoning gaplarini eshiting. 10-11 Mana, butun olam Rabbiysining Ahd sandigʻi oldingizda Iordan daryosidan oʻtadi . Shunday qilib, barhayot Xudo sizlarning orangizda ekanligini, Uning Oʻzi Kanʼon, Xet, Xiv, Pariz, Girgosh, Amor va Yobus xalqlarini sizlarning oldingizdan albatta quvib yuborishini bilasizlar. 12 Endi Isroil xalqining har bir qabilasidan bittadan, jami oʻn ikkita erkakni tanlab olinglar. 13 Butun olam Rabbiysi — Egamizning Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylarning oyoqlari Iordan daryosining suvlariga tegishi bilanoq oqim toʻxtab qoladi, suv bir joyda yigʻilib turadi.
14 Xalq oʻz chodirlarini yigʻib, Iordandan oʻtish uchun yoʻlga tushganda, Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylar ularning oldida borar edi. 15 Hosil mavsumi boʻlgani uchun Iordan suvi qirgʻoqlaridan ham toshib oqardi. Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylar Iordanga yaqinlashdilar. Ularning oyoqlari suvga tegishi bilanoq, 16-17 daryoning oqimi toʻxtab qoldi. Suv uzoqda joylashgan Zoraton yonidagi Adam shahri oldida yigʻilib qoldi, Oʻlik dengizga quyiladigan daryo suvi esa oqib ketdi, daryo oʻzani qurib qoldi. Jamiki Isroil xalqi quruq yerdan yurib, Iordandan oʻtib boʻlmaguncha, Egamizning Ahd sandigʻini koʻtargan ruhoniylar daryoning oʻrtasida, quruq yerda turishdi. Xalq daryodan oʻtib, Yerixo shahrining yonidagi yerlarga bordi.