7–BOB
Shoh Oxozga xabar beriladi
1 Uzziyoning nabirasi, Yoʻtomning oʻgʻli Oxoz hukmronligi davrida Oram shohi Ratan va Isroil shohi Ramaliyo oʻgʻli Pekax Quddusga kelib, saf tortdilar. Ammo uni bosib ololmadilar. 2 Dovud xonadoniga : “Oram lashkari Efrayim xalqi bilan ittifoq tuzibdi” degan xabar yetib keldi. Shoh Oxoz hamda xalq shunchalik vahimaga tushdilarki, hammalari shamolda tebrangan daraxtday titradilar.
3 Shunda Egamiz Ishayoga dedi: “Sen oʻgʻling Sheryosub bilan katta yoʻlga chiqqin. U yoʻl kir yuvuvchining dalasi tomon ketgan. Yuqori hovuz arigʻining oxiri boʻlgan oʻsha joyda Oxozni kutib olib, 4 unga shunday deb aytinglar: «Oʻzingni bos, tinchlan, qoʻrqma! Oram shohi Ratan va Ramaliyo oʻgʻli gʻazabga mingan, ammo ularni deb qoʻrquvdan titramagin. Ikkovi ham yonib bitayotgan gʻoʻladay. 5 Efrayim va Ramaliyo oʻgʻli bilan birga, Oram senga qarshi fitna qilib, shunday dedi: 6 ‘Yahudoga bostirib boramiz. Xalqini vahimaga solib, qoʻlga olamiz. Soʻng Toʻval oʻgʻlini Yahudo shohi qilib tayinlaymiz.’ 7 Ammo Egamiz Rabbiy aytmoqda:

Bu fitna amalga oshmas,
Bu hech qachon yuz bermas.
8 Oramning boshi Damashqdir,
Damashqning boshi Ratandir,
Oltmish besh yildan soʻng Efrayim
Qirilib bitar, aslo xalq boʻlmas.
9 Efrayimning boshi Samariyadir,
Samariyaning boshi Ramaliyo oʻgʻlidir.
Agarda soʻzimga ishonmasangiz,
Mustahkam tura olmaysiz.»”
Immanuil toʻgʻrisida bashorat
10 Egamiz yana Ishayo orqali Oxozga shunday dedi:
11 — Aytganlarimni amalga oshirishimga ishonch hosil qilishing uchun, Men, Egang Xudodan oʻzingga biror alomat soʻra, oʻsha alomat oʻliklar diyoridan chuqur yoki falak toqidan baland boʻlsin.
12 Shunda Oxoz Ishayoga:
— Soʻramayman, Egamni sinamayman, — dedi.
13 Shunda Ishayo dedi:
— Eshiting, ey Dovud xonadoni! Odamlarni bezdirganingiz sizlarga kamlik qilganday, Xudoyimni ham bezdirasizlarmi?! 14 Endi Rabbiyning Oʻzi sizlarga alomat beradi: ana, qiz homilador, u oʻgʻil tugʻadi va Uning ismini Immanuil qoʻyadi. 15 Oʻsha bola yomonni rad etib, yaxshini tanlashni biladigan yoshga yetganda qatiq va asal yeydi. 16 Ha, oʻsha vaqt kelmasdan oldin, sizlarni vahimaga solayotgan ikkala shohning yerlari tashlandiq boʻladi. 17 Egam sizning va xalqingizning, ota–bobolaringizning xonadoni boshiga shunday kunlarni soladiki, Efrayim Yahudodan ajralib chiqqandan beri bunday kunlar ularning boshiga tushmagan: evoh, Ossuriya shohi kelmoqda!
18 Oʻsha kuni Egam Misr daryolarining yuqori oqimidagi pashshalarga, Ossuriya yurtidagi arilarga ishora qiladi. 19 Shundan keyin ularning hammasi kelib, chuqur soyliklarga, qoyalarning yoriqlariga joylashadilar. Hamma chakalakzorlarga, hamma yaylovlarga oʻrnashib oladilar.
20 Oʻsha kuni Rabbiy Ossuriya shohini ishlatadi. U Rabbiyning qoʻlida Furot daryosining ortida ijaraga olingan ustara kabi boʻladi. Ha, soqolingizni butunlay qirib tashlaydi, boshu oyogʻingizda birorta tuk qolmaydi . 21 Oʻsha kuni bir odam ikki qoʻy va bir gʻunajinni tirik saqlab qoladi. 22 U odamda shuncha koʻp sut boʻladiki, u qatiq yeydi. Yurtda qolganlarning hammasi qatiq va asal yeydi. 23 Ming kumush tangaga arziydigan, toklarga toʻla bir uzumzor bor. Oʻsha kuni mana shu uzumzor ham chakalakzoru tikanzorlarga aylanadi. 24 Shundan keyin odamlar u yerga kamonu oʻqlari bilan boradigan boʻladi. 25 Bir zamonlar ishlov berilgan, ekin ekilgan barcha tepaliklarga endi sizlar bormaysizlar. Axir, chakalakzoru tikanzorlardan qoʻrqasizlar–da. U yerlarda mollar oʻtlaydi, u yerlarni qoʻy–echkilar toptaydi.