13–BOB
Shimshoʻnning tugʻilishi
1 Isroil xalqi yana Egamizning oldida qabih ishlar qilgani uchun, Egamiz ularni qirq yilga Filist xalqining qoʻliga berdi.
2 Oʻsha zamonda Zoroxlik bir odam bor edi. U Dan qabilasidan boʻlib, ismi Monuvax edi. Uning xotini bepusht boʻlib, farzandi yoʻq edi. 3 Bir kuni Egamizning farishtasi ayolga zohir boʻlib shunday dedi: “Sen shu paytgacha bola koʻrishga ojiz eding, ammo koʻp oʻtmay sen homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻasan. 4 Sharob va oʻtkir ichimliklarni endi icha koʻrma, harom narsani ham yema, 5 chunki sen homilador boʻlib, oʻgʻil koʻrasan. Bola tugʻilishi bilanoq Xudoga nazr qilingay , shuning uchun bolaning boshiga ustara tegmasin. Isroilni Filistlarning qoʻlidan ozod qilishni boshlaydigan oʻshadir.” 6 Keyin ayol erining oldiga borib dedi: “Oldimga Xudoning bir odami keldi, uning koʻrinishi xuddi Xudoning farishtasiga oʻxshagan juda qoʻrqinchli edi. Uning qayerdan kelganini soʻramabman. Oʻzi ham menga ismini aytmadi. 7 Uning gapiga qaraganda, men homilador boʻlib, oʻgʻil koʻrar ekanman. Bola tugʻilishi bilanoq bir umrga Xudoga nazr qilinar ekan, shuning uchun men sharobni ham, oʻtkir ichimlikni ham, harom narsani ham ogʻzimga olishim mumkin emas ekan.”
8 “Yo Rabbiy, — deya Egamizga yolvordi Monuvax, — oʻsha odamingni yana oldimizga yuborishingni iltijo qilib soʻrayman. U kelib, boʻlajak oʻgʻlimizga nima qilishimiz kerakligini oʻrgatib ketsin.”
9 Monuvaxning ibodati ijobat boʻldi. Ayol dalada oʻtirgan bir paytda Xudoning farishtasi yana ayolning oldiga keldi. Ammo oʻsha paytda Monuvax u yerda yoʻq edi. 10 Ayol shoshib–pishib erining oldiga yugurdi–da: “Tunov kun oldimga kelgan odam yana menga zohir boʻldi!” — deb aytdi. 11 Monuvax turib xotiniga ergashdi. Oʻsha odamning oldiga kelib:
— Bu ayolga gapirgan sizmidingiz? — deb soʻradi.
— Ha, men edim, — deya javob berdi u.
12 — Aytganlaringiz amalga oshganidan soʻng, bola qay tarzda yashashi kerak? U nima ish qiladi? — deb soʻradi Monuvax.
13 Egamizning farishtasi Monuvaxga shunday deb javob berdi:
— Xotining aytganlarimning hammasini soʻzsiz bajarsin. 14 Uzumdan tayyorlangan bironta narsani ham ogʻziga olmasin. Sharob va oʻtkir ichimliklarni ichmasin, hech qanday harom narsa yemasin. Aytganlarimning hammasiga rioya qilsin.
15 Monuvax Egamizning farishtasiga:
— Bir oz kutib tursangiz, sizga bir uloqcha tayyorlab bersam, — dedi.
16 — Kutganim bilan, baribir, taomingni yemayman, — dedi Egamizning farishtasi. — Lekin uloqchani kuydiriladigan qurbonlik qilmoqchi boʻlsang, uni Egamizga baxshida et.
Monuvax u Egamizning farishtasi ekanligini bilmagandi.
17 Keyin Monuvax Egamizning farishtasiga:
— Bizga ismingizni ayting. Toki aytganlaringiz roʻyobga chiqqanda, sizni duo qilib yuraylik, — dedi.
18 Egamizning farishtasi esa:
— Nega ismimni soʻrayapsan? Aytganim bilan baribir unga aqling yetmaydi, — dedi.
19 Monuvax Egamizga atab, uloqchani katta bir toshning ustida qurbonlik qilib kuydirdi, unga qoʻshib don nazri ham kuydirdi. Shu onda Monuvax va uning xotini oldida Egamiz ajoyib bir moʻjiza yaratdi: 20 qurbongoh alangasi osmonga chirmashayotgan edi. Egamizning farishtasi ham alangaga qoʻshilib yuqoriga koʻtarilib ketdi. Buni koʻrgan Monuvax bilan xotini yerga muk tushishdi. 21 Farishta koʻzdan gʻoyib boʻldi–yu, boshqa ularga koʻrinmadi. Shundan keyin Monuvax oʻsha odam Egamizning farishtasi ekanligini angladi. 22 Monuvax xotiniga:
— Biz oʻlamiz, chunki biz Xudoni koʻrdik! — dedi.
23 — Agar Egamiz bizni oʻldirmoqchi boʻlganda, don nazri va qurbonligimizni qabul qilmagan boʻlardi, — dedi xotini. — Bu moʻjizalarni bizga koʻrsatib, bunday narsalarni aytib oʻtirmagan boʻlardi.
24 Ayol oʻgʻil koʻrdi, uning ismini Shimshoʻn qoʻydi. Bola katta boʻldi, Xudo esa uni yorlaqadi. 25 Shimshoʻn Zorox bilan Eshtoyoʻl shaharlari orasidagi Dan qabilasining qarorgohida boʻlganda, Egamizning Ruhi uni boshqara boshladi.