6–BOB
Bolta suv yuziga chiqadi
1 Bir kuni paygʻambarlar guruhi Elishayga:
— Qarang, siz bilan biz yigʻiladigan mana shu joyimiz tor, — dedilar. 2 — Ijozat bering, Iordan daryosi boʻyiga boraylik, har birimiz u yerda yogʻoch kesib, oʻsha yerda oʻzimizga boshpana quraylik.
— Mayli, boringlar, — dedi Elishay.
3 — Ulardan bittasi:
— Marhamat qilib, siz ham biz, qullaringiz bilan birga boring, — dedi.
— Xoʻp, boraman, — dedi Elishay. 4 Elishay ular bilan birga ketdi. Hammalari Iordan daryosi boʻyiga yetib kelib, daraxt kesa boshladilar. 5 Bittasi daraxt kesayotib, boltasini suvga tushirib yubordi. U: “O, hazratim! Boltani omonatga olgan edim!” — deb baqirdi.
6 — Bolta qaysi joyga tushdi? — soʻradi paygʻambar. Oʻsha odam Elishayga bolta tushgan joyni koʻrsatdi. Elishay daraxtdan bitta shox kesib olib, suvga tashlagan edi, bolta suv yuziga chiqdi.
7 — Ol uni, — dedi Elishay. Oʻsha odam qoʻlini uzatib, boltani oldi.
Oram lashkari va Elishay
8 Oram shohi Isroilga lashkar tortdi va “Falon joyga lashkarimni joylashtiraman”, deb lashkarboshilari bilan maslahatlashib oldi.
9 Paygʻambar Isroil shohiga: “Oʻsha joydan oʻtmang, chunki u yerga Oram lashkari pistirma qoʻygan” degan xabar yubordi. 10 Isroil shohi paygʻambar aytgan joyga xabarchi joʻnatdi. Oʻsha yerda yashaydigan odamlar bu xavfning chorasini koʻrdilar. Bunday voqea bir–ikki marta emas, koʻp marta yuz berdi.
11 Bu hodisadan Oram shohi qattiq bezovtalandi. U lashkarboshilarini chaqirib:
— Menga aytinglar–chi, qaysi biringiz Isroil shohi bilan aloqadasiz? — dedi ularga.
12 — Hech qaysimiz, shoh janoblari! — dedi lashkarboshilardan biri. — Bu Isroildagi Elishay paygʻambarning ishi, u hatto yotoqxonangizda aytgan gapingizni ham Isroil shohiga ayon qilib turadi.
13 — Boringlar, uning qayerdaligini bilib kelinglar! — deb buyurdi Oram shohi. — Men birortasini yuboraman–da, uni qoʻlga tushiraman.
Shundan keyin: “Elishay Doʻtanda ”, deb shohga xabar yetkazdilar. 14 Oram shohi oʻsha yerga otliqlar, jang aravalari va katta kuch joʻnatdi. Ular tunda kelib, shaharni oʻrab oldilar.
15 Tongda paygʻambarning xizmatkori oʻrnidan turib, tashqariga chiqdi. Qarasa, shahar atrofida otliq lashkar, jang aravalari turibdi. Shunda xizmatkor:
— Evoh! Hazratim, endi nima qilamiz? — deb soʻradi.
16 — Qoʻrqma, — dedi Elishay, — chunki bizning himoyachilarimiz ularnikidan juda koʻp.
17 Keyin Elishay iltijo qildi:
— Ey Egam! Xizmatkorimning koʻzini och, u koʻrsin!
Egamiz xizmatkorning koʻzini ochib yubordi. Elishayning atrofidagi qirlar olovli otlar va jang aravalariga toʻlib ketganini xizmatkor koʻrdi.
18 Oram lashkari Elishayga hujum qilgan edi, Elishay Egamizga: “Ularni koʻr qilib qoʻy!” deb iltijo qildi. Egamiz Elishayning iltijosini eshitdi–da, Oram lashkarini koʻr qilib qoʻydi.
19 Keyin, Elishay Oram lashkariga dedi:
— Sizlar adashib qolibsizlar, sizlar izlayotgan shahar bu emas. Ortimdan yuringlar, men sizlarni izlayotgan odamingiz oldiga olib boraman.
Shunday qilib, Elishay Oram lashkarini Samariyaga boshlab keldi. 20 Ular Samariyaga yetib kelganlaridan keyin Elishay:
— Ey Egamiz! Ularning koʻzlarini och, toki ular koʻrsin, — deb iltijo qilgan edi, Egamiz Oram lashkarining koʻzini ochdi. Ular qarasalar, Samariyaning oʻrtasida turibdilar.
21 Isroil shohi Oram lashkarini koʻrgach Elishaydan:
— Ularni qirib tashlaymi, ota? — deb soʻradi.
22 — Yoʻq, oʻldirma! — dedi Elishay. — Nega oʻldirar ekansan?! Sen ularni jang qilib asir olganingda ham oʻldirmasding. Ularga non, suv ber, yeb–ichib, oʻzlarining hukmdori yoniga qaytib ketishsin.
23 Shoh asirlarga katta ziyofat tayyorladi. Asirlar yeb–ichib boʻlishgach, Isroil shohi ularni yoʻllariga qaytarib yubordi. Oram lashkari oʻz hukmdori yoniga ketdi. Bu bosqinchilar qaytib Isroil yerlariga qadam bosmadilar.
Samariyada ocharchilik
24 Oradan ancha vaqt oʻtgach, Oram shohi Banhadad butun lashkarini yigʻib Samariyani qamal qildi. 25 Oram lashkari Samariyani qamal qilib turar ekan, u yerda ogʻir qahatchilik yuz berdi. Natijada eshakning kallasi sakson kumush tangaga , ikki kosa kaptar axlati besh kumush tangaga sotildi.
26 Bir kuni Isroil shohi shahar devori ustida ketayotgan edi, bir ayol: “Shoh hazratlari! Yordam bering”, deb faryod qildi.
27 — Senga Egamiz yordam bermasa, men qanday yordam bera olaman?! — dedi shoh. — Men bugʻdoy yoki sharob bera olarmidim?! 28 Darding nima?
— Mana bu ayol: “Oʻgʻlingni ber, uni bugun yeylik, mening oʻgʻlimni ertaga yeymiz”, deb aytgan edi. 29 Mening oʻgʻlimni pishirib yedik. Ertasi kuni men unga: “Oʻgʻlingni ber, uni yeylik”, degan edim, u oʻgʻlini yashirib qoʻyibdi, — dedi u.
30 Shoh ayolning soʻzlarini eshitgach, qaygʻudan liboslarini yirtdi. Xalq devor ustida ketayotgan shohning libosi ichidagi qanorni koʻrib qoldi. 31 Soʻngra shoh dedi:
— Agar shu bugun Elishayning boshi olinmasa, Xudo meni ne koʻyga solsa solsin, undan ham battarrogʻini qilsin.
32 Shoh xabarchi joʻnatganda, Elishay oʻz uyida oqsoqollar bilan birga oʻtirgan edi. Shoh yuborgan xabarchi Elishaynikiga kelmasdan oldin, Elishay oqsoqollarga aytdi:
— Koʻryapsizlarmi qotilni?! Mening boshimni olmoq uchun qotil oʻz odamini joʻnatdi! Qarab turinglar, xabarchi kelganda, eshikni yopinglar, uni ichkariga kiritmanglar. Hademay, xoʻjayinining oʻzi ham uning orqasidan yetib keladi!
33 Elishay oqsoqollar bilan suhbatlashib oʻtirganda, xabarchi uning oldiga kelib, shohning quyidagi soʻzlarini yetkazdi: “Shuncha kulfat Egamizdan keldi! Nima uchun men endi Unga umid bogʻlashim kerak?!”