19–BOB
Nikoh va ajralish haqida
1 Iso bu gaplarini tugatgandan keyin, Jalila hududini tark etdi. U Iordan daryosining sharq tomoniga, Yahudiya oʻlkasining narigi tomoniga bordi. 2 Bir talay olomon Isoga ergashib borgan edi. Iso u yerda xastalarga shifo berdi.
3 Bir necha farziylar Isoning oldiga keldilar va Uni sinamoqchi boʻlib soʻradilar:
— Qonunga koʻra, erkak kishi har qanday sabab bilan oʻz xotinidan ajralishi mumkinmi?
4 Iso ularga shunday javob berdi:
— Nahotki sizlar: azalda Yaratuvchi “odamlarni erkagu ayol qilib yaratdi” degan soʻzlarni oʻqimagan boʻlsangizlar? 5 “Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan boʻlak boʻlib, xotiniga bogʻlanib qoladi, ikkalasi bir tan boʻladilar.” 6 Bunga koʻra, ular endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qoʻshganni bandasi ajratmasin.
7 Farziylar esa Isoga dedilar:
— Unday boʻlsa, nima uchun Muso, erkak oʻz xotiniga taloq xatini yozib berib, joʻnatib yuborsin, deb amr bergan?
8 Iso ularga shunday javob berdi:
— Sizlar bagʻri tosh boʻlganlaringiz uchun Muso xotinlaringiz bilan ajrashishga ijozat bergan, ammo azalda bunday boʻlmagan. 9 Men sizlarga shuni aytayin: kim bevafolikdan boshqa sabab tufayli oʻz xotini bilan ajrashib, boshqasiga uylansa, zino qilgan boʻladi .
10 Shogirdlar Isoga dedilar:
— Agar erkakning xotiniga nisbatan shunday majburiyati boʻlsa, uylanmagan yaxshiroq ekan–da!
11 Iso esa shogirdlariga:
— Ha, bu taʼlimotimni hamma ham qabul qilavermaydi, — dedi. — Bu taʼlimotim Xudo atagan odamlargagina tegishli. 12 Baʼzi erkaklarning uylana olmasligiga ayrim sabablar bor: baʼzilarning erkakligi tugʻma zaifdir. Boshqalari esa odamlar tomonidan bichilgan. Yana boshqalari Osmon Shohligi yoʻlida uylanishdan voz kechadilar. Bu taʼlimotni qabul qila oladigan qabul qilsin.
Iso bolalarni duo qiladi
13 Iso bolalarimizga qoʻl qoʻyib duo qilsin deb, odamlar Isoning oldiga bolalarni olib kelishdi. Shogirdlar esa bolalarni olib kelgan odamlarni koyidilar. 14 Ammo Iso dedi:
— Bolalarga yoʻl beringlar, Mening oldimga kelishlariga toʻsqinlik qilmanglar! Zero, Osmon Shohligi shundaylarnikidir.
15 Iso bolalarning boshiga qoʻl qoʻyib, duo qildi, keyin Oʻz yoʻliga ketdi.
Boylik va abadiy hayot
16 Shu mahal bir odam Isoning yoniga kelib:
— Ustoz! Abadiy hayotga ega boʻlishim uchun qanday yaxshi ish qilishim kerak? — deb soʻradi. 17 Iso unga dedi:
— Nega Mendan yaxshi ish toʻgʻrisida soʻrayapsan? Faqatgina Xudo yaxshi–ku! Abadiy hayotdan bahramand boʻlishni istasang, Xudoning amrlariga rioya qilgin.
18 — Qaysilariga? — deb soʻradi u. Iso dedi:
— “Qotillik qilma. Zino qilma. Oʻgʻrilik qilma. Yolgʻon guvohlik berma. 19 Ota–onangni hurmat qil. Oʻzgani oʻzingni sevganday sevgin” degan amrlarga.
20 Yigit Unga dedi:
— Bularning hammasiga amal qilib kelaman. Yana nima qilishim kerak?
21 Iso yigitga aytdi:
— Agar komil boʻlishni istasang, borib, mol–mulkingni sotib, pulini kambagʻallarga tarqat. Shunda samoda xazinang boʻladi. Keyin kelib, Menga ergashgin.
22 Yigit bu soʻzlarni eshitib, gʻamgin boʻlib qaytib ketdi, chunki uning mol–mulki koʻp edi.
23 Iso shogirdlariga dedi:
— Sizga chinini aytayin: boy odamning Osmon Shohligiga kirishi qiyin boʻladi. 24 Sizlarga yana shuni aytay: boyning Xudo Shohligiga kirishidan koʻra, tuyaning igna teshigidan oʻtishi osonroqdir.
25 Shogirdlar buni eshitib, gʻoyat ajablanishdi va:
— Unday boʻlsa, kim najot topa olar ekan? — deyishdi. 26 Iso ularga koʻz tikib dedi:
— Inson uchun bu imkonsizdir, lekin Xudo uchun hamma narsaning imkoni bor.
27 Shunda Butrus dedi:
— Mana, biz uy–joyimizni tashlab, Sizning orqangizdan ergashib keldik. Buning evaziga nima olamiz?
28 Iso ularga shunday javob berdi: “Sizga chinini aytayin: hamma narsa yangilanganda va Inson Oʻgʻli Oʻzining ulugʻvor taxtida oʻtirganda, Mening orqamdan ergashib kelgan sizlar ham oʻn ikkita taxtga oʻtirib, Isroilning oʻn ikki qabilasiga hukmronlik qilasizlar. 29 Men uchun uy–joyini, aka–ukalarini, opa–singillarini, ota–onasini, bolalarini yoki yer–mulkini tashlab ketgan har bir kishi bulardan yuz hissa ortiqrogʻini olib, abadiy hayotga ega boʻladi. 30 Ammo birinchi boʻlganlarning koʻplari oxirgi boʻladilar, oxirgilar esa birinchi boʻladilar.