8–BOB
Ahd sandigʻi Egamizning uyiga keltiriladi
1 Shundan soʻng Sulaymon Egamizning Ahd sandigʻini Dovud qalʼasidan — Siondan Egamizning uyiga olib kelmoqchi boʻldi. Shu maqsadda u Isroil oqsoqollarini, hamma qabila yoʻlboshchilarini, Isroil xalqi urugʻboshilarini Quddus shahriga chaqirtirdi. 2 Ularning hammasi yettinchi oyda — Yetanim oyida , Chayla bayrami paytida shoh Sulaymonning huzuriga yigʻilishdi. 3 Isroil oqsoqollarining hammasi kelgach, ruhoniylar Sandiqni yerdan koʻtarishdi. 4 Ruhoniylar va levilar, Egamizning Sandigʻi bilan birga, Uchrashuv chodirini , Chodirdagi barcha muqaddas buyumlarni Egamizning uyiga olib kelishdi. 5 Shoh Sulaymon va toʻplangan butun Isroil jamoasi Sandiqning oldida qoʻylar, buqalar soʻyib, qurbonlik qilishdi. Qurbonlik qilingan qoʻy va buqalar shu qadar koʻp ediki, hisobiga yetib boʻlmasdi. 6 Ruhoniylar Egamizning Ahd sandigʻini alohida atalgan joyga — Eng muqaddas xonaga, karublarning qanotlari ostiga qoʻyishdi. 7 Karublarning qanotlari Sandiq usti boʻylab choʻzilgan va Sandiq hamda uning xodalarini berkitib turardi. 8 Xodalar shunchalik uzun ediki, ularning uchi Eng muqaddas xonaning shundaygina oldidan koʻrinib turardi, boshqa joydan esa koʻrinmasdi. Xodalar bugungacha ham oʻsha yerda turibdi.
9 Sandiqning ichida ikkita tosh lavhadan boshqa hech narsa yoʻq edi. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, Egamiz Sinay togʻida ular bilan ahd tuzgan edi. Oʻshanda Muso bu tosh lavhalarni Sandiq ichiga solib qoʻygan edi.
10 Ruhoniylar Muqaddas xonadan chiqayotganlarida, Egamizning uyi bulut bilan toʻlib ketdi. 11 Bulut nur sochib, koʻzni qamashtirardi. Ruhoniylar xizmatni davom ettirish uchun u yerga kirolmay qoldilar, chunki uy Egamizning ulugʻvorligi bilan toʻlgandi.
12 Shunda Sulaymon ibodat qildi:
— Ey Egamiz! Sen, zimziyo zulmatda maskan qilaman, degan eding. 13 Mana endi Senga ajoyib bir uy, abadiy istiqomat qilishing uchun bir maskan barpo qildim.
Shoh Sulaymonning duosi
14 Keyin shoh orqasiga qayrilib, tik turgan jamiki Isroil jamoasini duo qildi. 15 Shoh dedi:

“Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar boʻlsin. U otam Dovudga bergan vaʼdasini bajardi. 16 Egamiz otamga shunday degan edi : «Xalqim Isroilni Misrdan olib chiqqan kunimdan beri Men ulugʻlanadigan uyni barpo qilish uchun Isroil qabilalarining birorta shahrini tanlamadim. Men seni, ey Dovud, xalqim Isroil ustidan hukmdor boʻlgin deb tanladim.»
17 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab bir uy barpo qilmoq otam Dovudning niyati edi. 18 Lekin Egamiz otam Dovudga shunday deb aytdi: «Modomiki, Menga atab bir uy barpo qilmoqni koʻnglingga tukkan ekansan, yaxshi qilibsan. 19 Biroq Menga atab oʻsha uyni sen emas, balki sening pushti kamaringdan bino boʻladigan oʻgʻling barpo qiladi.»
20 Egamiz vaʼda bergan edi, bajo ayladi: otam Dovudning oʻrniga taxtga men chiqdim, Egamiz vaʼda etganiday, Isroil taxtiga oʻtirdim, Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab bir uy barpo qildim. 21 Oʻsha uyda Ahd sandigʻi uchun ham joy tayyorladim. Egamiz ota–bobolarimizni Misr yurtidan olib chiqqandan keyin, ular bilan qilgan ahd lavhasi shu Sandiqning ichida turibdi.”
Sulaymonning ibodati
22 Sulaymon Egamizning qurbongohi oldida, Isroil jamoasi roʻparasida qoʻllarini koʻkka choʻzganicha dedi:

23 “Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Yer yuzida ham, osmonu falakda ham Senga oʻxshashi yoʻq! Senga butun qalbi bilan bogʻlanib, Sen koʻrsatgan yoʻldan yuradigan qullaringga Oʻzing ahdingni sodiq saqlaysan. 24 Quling — otam Dovudga Sen Oʻz ogʻzing bilan bergan vaʼdalaringni bugun Oʻz qoʻling bilan bajo aylading.
25 Ey Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Oʻzingning qulingga — otam Dovudga: «Bolalaring ham senga oʻxshab oldimda oʻylab qadamini bossalar, sening naslingdan boʻlgan erkak zoti to abad Isroil taxtida oʻtiradi», deb vaʼda bergan eding. Endi bergan vaʼdangni ado et! 26 Ey Isroil xalqining Xudosi! Qulingga — otam Dovudga aytganlaring amalga oshsin, deb iltijo qilaman.
27 Ey Xudo, Sen yer yuzida yasharmiding?! Sen osmonga, hatto falak toqiga ham sigʻmassan. Falak toqi oldida men qurgan uy nima boʻlibdi?! 28 Ey Egam Xudo, bugun iltijo bilan qilgan ibodatimni qabul et! Senga yolvorib qilayotgan iltijolarimga javob ber. 29 Sen: «Men oʻsha yerda ulugʻlanay», deb aytgan eding. Koʻzlaring kechayu kunduz oʻsha joyga — oʻsha uyga qadalib tursin. Men, quling, oʻsha tomonga qarab ibodat qilaman, ibodatlarimni tingla. 30 Isroil xalqi bilan birga oʻsha tomonga qarab qilgan iltijolarimizga quloq tut. Samolardan — Oʻz makoningdan turib quloq sol, eshitgin–u, gunohimizdan oʻt.
31 Kimdir gunohkorlikda ayblansa, oʻsha odam kelib, shu uyingdagi qurbongohing oldida, aybsizman, deb ont ichsa, 32 ey Egam, samodan turib quloq sol, qullaringni Oʻzing hukm et. Gunohkorning qilmishini boʻyniga qoʻy, jazosini ber. Gunohsizning esa haqligini koʻrsat, haq boʻlgani uchun uni ozod qil.
33 Xalqing Isroil Sening oldingda gunoh qilgani uchun yovga magʻlub boʻlsa, yana qaytib Seni tan olsa, oʻsha uyda Senga yolvorib iltijo qilsa, 34 Sen samodan turib, ularning iltijolariga quloq sol, gunohlaridan oʻt. Otalariga Oʻzing tomondan berilgan yurtga ularni qaytar.
35 Ular Senga qarshi gunoh qilganlari uchun osmon berkilib, yomgʻir yogʻmaganda, ular oʻsha uyga qarab, Seni yana tan olib iltijo qilsalar, Sen ularni gunohlari uchun jazolaganingda, tavba qilsalar, 36 qullaring Isroil xalqiga samodan turib quloq sol, ularning gunohidan oʻt. Ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsat, toki oʻsha yoʻldan yursinlar, keyin xalqingga mulk qilib bergan yerga yomgʻir yogʻdir.
37 Yurtda ocharchilik yo oʻlat paydo boʻlsa, garmsel , zang kasali, chigirtka , qurt–qumursqa bossa yoki xalqingni yovlar qamal qilsa, yoxud kulfat, xastalik ularning boshiga kelsa, 38 har qanday inson yoki xalqing Isroil Senga yolvorib ibodat qilsa, har kim oʻz yuragidagi dardini aytib, bu uy tomonga qoʻllarini choʻzsa, 39-40 Sen osmondan — maskaningdan turib quloq sol va ularning gunohidan oʻt. Har birining tutgan yoʻliga qara, xizmatiga yarasha ber, toki Sen Oʻzing ota–bobolarimizga bergan yurtda umrlarining oxirigacha Sendan qoʻrqib yashasinlar. Zotan, jamiki inson bolasining koʻnglidagini yolgʻiz Sen bilasan, xolos.
41 Xalqing Isroildan boʻlmagan begona odam Seni deb uzoq yurtdan kelib, 42 Sening shuhrating, qudrating va ajoyibotlaring haqida eshitib, oʻsha uyga qarab ibodat qilsa, 43 Sen makoningdan turib quloq sol. Oʻsha odamning soʻraganini bajo ayla, toki yer yuzidagi hamma xalqlar Seni bilsin, xalqing Isroil kabi, Sendan hayiqadigan boʻlsin. Men barpo qilgan shu uy Senga atab qilinganini bilsin.
44 Sen xalqingni gʻanimlariga qarshi jang qilishga yuborganingda, ular Oʻzing tanlab olgan bu shaharga, Senga atab men qurgan uyga yuz burib, ibodat qilsalar, 45 osmondan turib ularning iltijolarini eshit, bajo ayla.
46 Sening oldingda ular gunoh qilganlarida, chunki gunoh qilmaydigan odamning oʻzi yoʻq, Sen gʻazablanib, ularni yaqin yoki uzoq yurtlarga asir qilib olib ketadigan dushmanlarning qoʻliga berganingda, 47 ular gʻanimlari yurtida asirlikda yurib, esini yigʻib olgach: «Gunoh qildik, shakkoklik qildik, aybdormiz», deb tavba qilib, Senga yolvorsalar, 48 gʻanimlar yurtida butun qalbi bilan, jonu dili bilan Senga qaytsalar, Oʻzing ota–bobolariga bergan yurtga, Oʻzing tanlab olgan shaharga, Senga atab men qurgan uyga yuz burib, Oʻzingga ibodat qilsalar, 49 samodan — makoningdan turib ularning qilgan iltijolarini eshit, bajo ayla. 50 Xalqing Senga qarshi qancha gunoh qilgan boʻlmasin, Senga qarshi qanchalik isyon qilgan boʻlmasin, ularni kechir. Xalqingni asir etgan yov koʻnglida shafqat qoʻzgʻatgin, toki ular xalqingga mehribonlik qilsin. 51 Axir, Isroil Sening xalqing, Sening ulushingdir. Ularni Misrdan — temir oʻchoq ichidan Oʻzing olib chiqqansan.
52 Xalqing Senga doimo iltijo qilganda, men, qulingning iltijolarini, xalqing iltijolarini eshitib, ularga doimo nazaringni solib marhamat qilgin. 53 Zotan, ota–bobolarimizni Misrdan olib chiqqaningda, quling Muso orqali aytganingday, ularni Oʻzingning ulushing qilib, dunyodagi hamma xalqdan ajratib olding, ey Egamiz Rabbiy!”
Sulaymonning soʻnggi duosi
54 Sulaymon Egamizning qurbongohi oldida tiz choʻkib, qoʻllarini koʻkka choʻzib, ibodat qilib boʻlgandan keyin, oʻrnidan turdi. 55 Sulaymon tik turganicha baland ovoz bilan Isroil jamoasini duo qildi:

56 “Egamizga hamdu sanolar boʻlsin! U vaʼdasiga koʻra, Oʻzining xalqi Isroilga tinchlik–omonlik berdi. U quli Muso orqali yaxshi vaʼdalar bergan edi, oʻsha vaʼdalarning birontasi ham bajarilmay qolmadi. 57 Egamiz Xudo ota–bobolarimiz bilan boʻlganiday, biz bilan ham boʻlsin, bizni tark etmasin, tashlab ketmasin. 58 Egamizning yoʻlidan yurmoq uchun, ota–bobolarimizga buyurgan amr, farmon va qonun–qoidalarga rioya etmogʻimiz uchun koʻnglimizni Oʻziga rom qilsin. 59 Egamizning oldida iltijo qilarkanman, shu iltijolarimga U quloq tutib, bu qulining va Oʻzining xalqi Isroilning kundalik ehtiyojlarini bajo aylasin, 60 toki dunyodagi jamiki qavmlar Egamiz — Xudo ekanini bilib qoʻysin. Undan boshqasi yoʻq. 61 Hozirgiday, Uning farmonlari boʻyicha yurmoq uchun, amrlariga rioya etmoq uchun chin yurakdan Egamiz Xudoga bogʻlaninglar.”
Sulaymon qurbonliklar keltiradi
62 Shundan keyin shoh va butun Isroil xalqi Egamizga atab qurbonlik qildilar. 63 Sulaymon 22.000 buqani, 120.000 qoʻyni Egamizga atab tinchlik qurbonligi qildi. Shu tariqa shoh va butun Isroil xalqi Maʼbadni Egamizga bagʻishladilar. 64 Shu kuni shoh Egamizning uyi oldidagi hovli oʻrtasini ham muqaddas qildi. Soʻng oʻsha yerda kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va tinchlik qurbonliklarining yogʻini nazr qildi, chunki bularning hammasi Egamizning huzuridagi bronza qurbongoh ustiga sigʻmagan edi. 65 Keyin Sulaymon va u bilan birga katta jamoa — Levo–Xomatdan tortib, Misr chegarasidagi irmoqqa qadar yerlarda yashaydigan butun Isroil xalqi Egamiz Xudo oldida Chayla bayramini nishonlashdi. Bayram oʻn toʻrt kun davom etdi. Ular yetti kun qurbongohning Xudoga bagʻishlanishini nishonlashdi, yetti kun Chayla bayramini qilishdi. 66 Chayla bayramidan keyin Sulaymon xalqqa ruxsat berdi, xalq shohni duo qildi. Shundan keyin Egamiz Oʻz quli Dovudga va Isroil xalqiga koʻrsatgan muruvvati tufayli hammaning koʻngli shodlikka toʻlib, uylariga qaytib ketdilar.