27–BOB
Dovud Filistlar orasida
1 Dovud: “Bir kun Shoulning qoʻlida nobud boʻlsam kerak”, deb oʻylardi. “Yaxshisi, Filistlar yerlariga qochib qolay. Oʻshanda Shoul Isroilning har burchagidan meni qidirib yurishdan voz kechadi, men ham uning qoʻlidan qutulib qolaman.”
2 Shunday qilib, Dovud va uning yonidagi olti yuz kishi oilalari bilan yoʻlga otlanib, Gat shohi Oxish tomoniga oʻtib ketishdi. Shoh Oxish Moyux deganning oʻgʻli edi. 3 Hammalari oilalari bilan birga Gatda — Oxishning yonida joylashishdi. Dovud ham ikkala xotini — Yizrillik Oxinavam va Karmillik Navolning bevasi Obigayl bilan joylashdi. 4 Shoul Dovudning Gatga qochib ketganini eshitgach, endi uni axtarmay qoʻydi.
5 Dovud Oxishga:
— Agar men, qulingiz, sizning iltifotingizga sazovor boʻlsam, yon–atrofdagi shaharlarning biridan menga joy bersangiz, men oʻsha yerda istiqomat qilayin, — dedi. — Qulingizning siz bilan birga shoh shahrida yashashiga hojat yoʻq.
6 Oxish oʻsha kuni Dovudga Zixlax shahrini berdi. Oʻshandan buyon Zixlax Yahudo shohlariga qarashli shahardir. 7 Dovud Filistlar yurtida bir yilu toʻrt oy istiqomat qildi.
8 Dovud odamlari bilan Geshir, Gezer va Omolek xalqlarining yeriga bostirib borardi. Bu elatlar uzoq zamonlardan beri Shurga va Misr chegarasigacha choʻzilgan yerlarda yashab kelishardi. 9 Dovud biror yurtni bosib olsa, erkak, ayol demas, tirik jonni sogʻ qoʻymasdi. Faqat qoʻy, mol, eshak, tuya va kiyim–kechaklarni oʻlja olib, shoh Oxishning huzuriga qaytib kelardi. 10 Oxish: “Bugun biron yerga bostirib bordingizlarmi?” deb soʻrasa, Dovud: “Yahudoning Nagav choʻlidagi hududlarini bosib oldik”, yoki “Nagav choʻlidagi Yaraxmal urugʻi yerlarini bosib oldik”, yoki “Nagav choʻlidagi Xayin xalqi yerlarini qoʻlga oldik”, deb javob berardi. 11 Dovud biror kimsani Gatga olib kelmas, “Dovud unday qildi, bunday qildi, deb aytmasin” deya, erkagu ayolni tirik qoldirmasdi. Dovud Filistlar yurtida yashagan paytda shunday qilardi. 12 Oxish Dovudga ishonardi. “Dovud oʻz xalqi — Isroil xalqiga oʻzini dushman qilib qoʻydi, bundan keyin to abad mening xizmatimda qoladi”, deb oʻylardi.