5–BOB
Tavba–tazarruga daʼvat
1 Ey Isroil xalqi, men sen haqingda aytayotgan marsiyamga quloq solgin:
2 Bokira qiz Isroil talafot koʻrdi,
Endi u hech qachon oʻzini oʻnglab olmaydi!
Tashlab ketilgan, u oʻz yurtida agʻnab yotadi,
Unga turish uchun hech kim yordam bermaydi.
3 Egamiz Rabbiy shunday demoqda:
“Bir shahringdan jangga chiqqan mingta jangchidan
Yuztasi omon qoladi.
Boshqa shahringdan jangga chiqqan yuzta jangchidan
Oʻntasi omon qoladi.”
4 Isroil xalqiga Egamiz shunday demoqda:
“Menga intilinglar, shunda yashaysizlar.
5 Baytilga esa bormanglar,
Gilgalga oyoq bosmanglar,
Bersheba tomonga oʻtib yurmanglar.
Axir, Gilgal aholisi surgun qilinadi,
Baytil butkul vayron boʻladi.”
6 Egamizga intiling, shunda yashaysiz.
Aks holda, ey Yusuf xonadoni ,
Sizga Xudo olovday yopiriladi,
Olov Baytilni yamlab yutadi.
Yongʻinni oʻchiradigan odam boʻlmaydi.
7 Ey adolatni zahar oʻtga aylantirganlar,
Haqiqatni yerga uloqtirganlar,
Sizning holingizga voy!
8 Parvin va Hulkar yulduzlarini yaratgan Egamizdir,
U zulmatni tonggi nurga aylantiradi,
Kunduzni qorongʻilikka choʻktirib, tun qiladi,
Dengiz suvlarini yigʻib, yer yuziga sochib yuboradi.
Egamizdir Uning nomi.
9 U kuchlilar ustiga kulfat yogʻdiradi,
Qalʼalarni kulfatga giriftor qiladi.
10 Sizlar esa adolatli qozilardan nafratlanasizlar,
Haqiqatni gapiruvchilardan hazar qilasizlar.
11 Kambagʻalning bugʻdoyidan katta soliq olib, bechorani ezasizlar.
Shunday ekan, yoʻnilgan toshdan qurgan uylaringizda yashamaysizlar.
Barpo qilgan goʻzal uzumzorlaringiz mahsulidan sharob ichmaysizlar.
12 Men bilaman sizlar gunohga botib ketganingizni,
Koʻplab jinoyatlarga qoʻl urganingizni.
Sizlar aybsiz kishini ezib, pora yeysizlar,
Mahkamalarda faqirni adolatdan mahrum qilasizlar.
13 Shuning uchun farosatli odam bunday zamonda sukut saqlaydi,
Axir, bu yovuz zamondir.
14 Yomonlikning emas,
Yaxshilikning payida boʻlinglar,
Shunda yashaysizlar.
Parvardigori Olam — Egamiz ham,
Oʻzlaringiz aytganingizday sizlar bilan birga boʻladi.
15 Yomonlikdan nafratlanib, yaxshilikni seving,
Mahkamalarda adolat oʻrnating.
Balki shunda, ey Yusuf naslidan omon qolganlar,
Parvardigori Olam — Egamiz sizga iltifot qilar.
16 Ey Isroil xalqi, gunohlaringiz tufayli
Rabbiy, Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda:
“Hamma shahar maydonlarida odamlar dod–faryod koʻtarishadi,
Hamma koʻchalarda «Voy jonim! Voy jonim!» deya yigʻi–sigʻi qilishadi.
Dehkonlarni aza tutish uchun chaqirishadi,
Marsiya aytadigan yigʻichi ayollar yollanadi .
17 Har bir uzumzordan figʻon eshitiladi,
Axir, Men orangizdan oʻtib, sizlarni jazolayman.”
Egamizning kalomi shudir.
Egamizning kuni — zulmat kuni
18 Egamizning kunini intizorlik bilan kutganlarning holiga voy!
Nega Egamizning kunini kutyapsizlar?
Bu kun yorugʻlik emas, zulmat olib keladi–ku!
19 Oʻsha kuni sizlar goʻyo arslondan qochib,
Ayiqqa duch kelgan odamday boʻlasizlar.
Oʻsha odam ayiqdan ham qochib, uyiga keladi,
Qoʻli bilan devorga suyanganda uni ilon chaqadi.
20 Nahot tushunmasangiz?!
Egamizning kuni yorugʻlik emas,
Qorongʻilik olib keladi–ku!
Oʻsha kun nursiz, zulmat kuni boʻladi!
21 Egamiz shunday deydi:
“Ey Isroil xalqi!
Men marosimlaringizdan nafratlanaman,
Ulardan hazar qilaman.
Muqaddas yigʻinlaringizni xush koʻrmayman.
22 Menga qurbonliklar kuydirsangiz ham,
Don nazrlarini atasangiz ham,
Men ularni qabul qilmayman.
Semiz hayvonlaringizni soʻyib,
Tinchlik qurbonliklarini keltirsangiz ham,
Men ulardan rozi boʻlmayman.
23 Boʻldi, bas qiling sershovqin ashulalaringizni,
Men eshitmayman toringizning navolarini.
24 Undan koʻra, suvday oqsin adolat,
Toʻxtovsiz daryoday oqsin haqiqat.
25 Ey Isroil xalqi, sizlar juda koʻp qurbonliklar keltirasizlar! Men ota–bobolaringizni qirq yil sahroda olib yurganimda, ulardan shu qadar koʻp qurbonligu nazrlarni talab qilmadim! 26-27 Sizlar oʻzingiz uchun yasagan ilohiy shohingiz Sikkut va yulduz xudosi Kivunning tasvirlariga topinib yuribsizlar. Shuning uchun Men sizlarni Damashq ortidagi yurtga surgun qilaman. Qani endi turinglar! Xudolaringizni koʻtarib olib ketinglar.” Egamizning kalomi shudir. Parvardigori Olamdir Uning nomi.