16–BOB
Ayubning beshinchi nutqi: u oʻzining aybsizligini taʼkidlaydi
1 Ayub shunday javob berdi:
2 “Men bunday narsalarni koʻp eshitganman,
Qanday noshud yupatuvchisizlar–a!
3 Bu behuda gaplarning oxiri bormi oʻzi?!
Shunday gapirishga sizlarni nima undaydi?!
4 Agar sizlar mening oʻrnimda boʻlganingizda edi,
Men ham sizlarday gapirsam boʻlardi.
Boshimni chayqab,
Sizlarga qarshi chiroyli soʻzlar aytsam boʻlardi.
5 Ammo men soʻzlarim bilan sizlarga dalda bergan boʻlardim.
Gaplarim bilan dardingizni yengillashtirardim.
6 Hozir esa, gapirsam ham dardim yengillashmaydi,
Gapirmasam ham azoblarim kamaymaydi.
7 Ey Xudo, Sen meni ezib yubording,
Butun oilamni yoʻq qilding.
8 Yuzimni ajinlar bilan toʻldirib tashlading.
Bular menga qarshi guvoh boʻladi.
Ozgʻinligim ham koʻzga tashlanib,
Menga qarshi guvohlik beradi.
9 Xudo gʻazab bilan ortimdan quvib,
Meni ezib tashladi.
Tishlarini gʻichirlatib,
Koʻzlari bilan teshadi.
10 Meni koʻrib, odamlarning ogʻzilari ochilib qoldi,
Ular meni mazax qilib, yuzimga urdilar.
Toʻdalashib, menga qarshi chiqish uchun yigʻildilar.
11 Xudo meni betavfiqlar ixtiyoriga tashladi,
Fosiqlarning qoʻliga berib qoʻydi.
12 Men tinchgina yashayotgan edim,
U meni parchalab tashladi,
Boʻynimdan ushlab, meni ezdi.
Keyin esa Xudo meni nishon qilib,
13 Oʻz kamonlari bilan oʻrab oldi.
Rahm–shafqat qilmay,
Oʻqlari bilan meni ilma–teshik qilib tashladi.
Ichak–chovoqlarim yerga toʻkildi.
14 Xudo qayta–qayta menga hujum qildi,
Mening ustimga jangchiday bostirib keldi.
15 Qaygʻu–alamdan qanorga burkandim ,
Qanor xuddi terimga qoʻshib toʻqilganday boʻlib qoldi,
Gʻururim poymol boʻldi.
16 Nolayu faryoddan yuzim qizarib,
Qovoqlarim qorayib ketgan.
17 Lekin qoʻllarim yovuzlikdan uzoq,
Ibodatlarim pokdir.
18 Ey tuproq, mening qonimni yashirma,
Mening faryodim yoʻqolib ketmasin.
19 Mana, hozir mening Guvohim samodadir,
Mening Himoyachim yuksakda oʻtiribdi.
20 Doʻstlarim meni mazax qilyapti ,
Men esa Xudo oldida koʻz yosh toʻkaman.
21 Qani endi birontasi
Oʻz yaqini uchun Xudoga iltijo qilganday,
Men uchun ham Xudoga yolvorsa.
22 Chunki men koʻp vaqt oʻtmay
Borsa kelmas joyga ketaman.