18–BOB
Bildad ikkinchi marta gapiradi: u Ayubni fosiqlar qatoriga qoʻshadi
1 Shunda Shuvaxlik Bildad javob berdi:

2 “Qachongacha valdiraysan–a?!
Gapingni oʻylab gapirgin, keyin suhbatlashamiz.
3 Nima, bizni mol deb oʻylayapsanmi?
Yoki bizni goʻl deb bilyapsanmi?
4 Jahl bilan oʻzingni jarohatlayapsan.
Nima endi, seni deb yer yuzi huvullab qolishi kerakmi?!
Yoki qoyalar oʻrnidan qoʻzgʻalishi kerakmi?!

5 Fosiqlarning chirogʻi albatta oʻchadi,
Olovining uchquni yorugʻlik bermaydi.
6 Chodiridagi yorugʻlik zulmatga aylanadi,
Tepasida osilgan chirogʻi oʻchadi.
7 Sobit qadam fosiqlar endi qoqilib yuradi.
Oʻz rejalari ularni oyogʻidan chaladi.
8 Oʻz oyoqlari ularni tuzoqqa yetaklaydi,
Oʻzlari chuqurlikka yiqilib tushadi.
9 Qopqon ularni tovonidan qisib qoladi,
Toʻr ularni mahkam tutadi.
10 Yerda fosiqlarga ilmoq tashlangan,
Ularning yoʻliga tuzoq qoʻyilgan.
11 Har tomondan ularni vahima bosib,
Har qadamda ortidan quvib yuradi.
12 Ochlikdan ularning sillalari qurib qoladi ,
Kulfat ham ularning qoqilishini kutib turadi.
13 Kasallik ularning terisini kemirib bitiradi,
Oʻlat ularning oyoq–qoʻllarini chiritib yuboradi.
14 Panohlari boʻlgan chodirlaridan ularni sugʻurib olib,
Oʻliklar diyori shohining oldiga olib kelishadi.
15 Fosiqlarning chodirlaridan hech narsa qolmaydi,
Ular yashagan joy oltingugurt bilan qoplanadi .
16 Ularning ildizlari qurib qoladi,
Novdalari ham soʻlib qoladi.
17 Yer yuzidan ularning xotirasi oʻchib ketadi,
Koʻchalarda ulardan nom–nishon ham qolmaydi.
18 Ular yorugʻlikdan zulmatga haydaladilar,
Ha, bu dunyodan quvib chiqariladilar.
19 Xalqi orasida ulardan avlod–zurriyot qolmaydi,
Ular yashagan joylar kimsasiz boʻlib qoladi.
20 Ularning taqdiridan gʻarbdagilar dahshatga tushadi,
Sharqdagilarni esa vahima bosadi.
21 Ha, yovuzlarning maskani shu ahvolga tushib qoladi,
Xudosizlarning joyi shunday boʻlib qoladi.”