19–BOB
Ayubning oltinchi nutqi: Xaloskori uni himoya qilishiga ishonch bildiradi
1 Ayub shunday javob berdi:
2 “Qachongacha meni qiynaysizlar,
Gaplaringiz bilan meni ezasizlar?
3 Mana, meni oʻn marta haqoratladingiz!
Menga hamla qilaverishdan uyalmaysizlarmi?
4 Agar xato qilganim rost boʻlsa,
Gunohim oʻzimning tashvishim.
5 Sizlar oʻzingizni mendan ustun qoʻyyapsiz.
Mana bu gunohingning dalili, deb
Sharmanda boʻlganimni koʻrsatyapsiz.
6 Shuni bilinglar, Xudoning Oʻzi menga haqsizlik qildi,
Toʻrlari bilan atrofimni oʻradi.
7 «Oʻldiryapti!» deb xitob qilsam ham,
Menga hech kim javob bermaydi.
Faryod qilaman, lekin adolat yoʻqdir.
8 Xudo yoʻlimga gʻov qoʻygan, oʻtolmayman.
Yoʻllarimni zulmat bilan qoplagan.
9 U bor obroʻyimni toʻkkan,
Boshimdagi tojimni tortib olgan.
10 Menga har tomondan hujum qildi, tamom boʻldim,
Daraxtni sugʻurganday, umidimni sugʻurib tashladi.
11 Uning gʻazabi menga qarshi qaynaydi,
U meni Oʻziga dushman deb hisoblaydi.
12 Uning qoʻshinlari bostirib keladi.
Meni qamal qilish niyatida
Chodirim atrofida qarorgoh quradi.
13 Xudo qarindosh–urugʻimni mendan uzoqlashtirdi,
Tanishlarim mendan yuz oʻgirdilar.
14 Qarindoshlarim meni tark etishdi.
Doʻstlarim meni unutishdi.
15 Uyimga kelgan mehmonlar ham,
Choʻrilarim ham menga begonaday qarashadi.
Ularning nazarida bir musofirday boʻlib qoldim.
16 Xizmatkorimni chaqirsam, u javob bermaydi.
Unga oʻzim yalinib borishim kerak.
17 Nafasim xotinimga jirkanch boʻlib qolgan,
Qarindosh–urugʻim mendan nafratlanadi.
18 Hatto yosh bolalar ham mendan hazar qiladi.
Oyoqqa tursam, ular meni mazax qiladi.
19 Hamma yaqin doʻstlarim mendan hazar qiladi.
Yaxshi koʻrganlarim ham mendan yuz oʻgirdi.
20 Teriyu suyagimdan boshqa hech narsam qolmadi,
Oʻlishimga bir baxa qoldi.
21 Ey doʻstlarim, menga rahm qilinglar,
Axir, meni Xudo urdi–ku!
22 Xudo meni quvgʻin qilganday,
Nima uchun sizlar ham meni quvgʻin qilyapsizlar?
Meni yeb bitirdingiz–ku! Hali ham toʻymadingizmi?
23 Qani endi, aytgan soʻzlarim yozib qoʻyilsa!
Ular kitobga tushirilsa!
24 Temir qalamu qoʻrgʻoshin bilan
Qoyaga abadiy oʻyib bitilsa!
25 Ammo men bilaman,
Mening Xaloskorim hayotdir,
Vaqti kelib , U meni himoya qiladi .
26 Terim irib ketgan boʻlsa ham,
Mana shu tanamda Xudoni koʻraman.
27 Men Uni oʻz koʻzlarim bilan koʻraman,
Ha, men koʻraman, boshqa hech kim emas.
Yuragim orziqib ketyapti!
28 Agar sizlar: «Mana endi unga qarshi chiqamiz!
Axir, kulfatlarining ildizi oʻzida–ku», desangiz,
29 Oʻzingiz jazodan qoʻrqing.
Xudo gʻazabi kelganda qilich bilan jazolaydi,
Shunda sizlar hukm borligini bilib olasizlar.”