30–BOB
Ayub oʻz dardi haqida gapiradi
1 Endi esa oʻzimdan yosh boʻlganlar ustimdan kuladi,
Ularning otalari qoʻriqchi itlarim orasida boʻlishga ham arzimaydi.
2 Ulardan menga nima foyda?!
Axir, ular kuch–quvvatdan qolgan–ku!
3 Ular ochligu muhtojlikdan ozib–toʻzib ketgan,
Tun boʻyi dashtu biyobonda daydib yuradi.
4 Choʻl butalari orasida achchiq oʻtlar teradi,
Yulgʻun butasining ildizlari ularga yemish boʻladi.
5 Ular odamlar orasidan haydalgan.
Oʻgʻrilarga baqirganday ularning orqasidan baqiradilar.
6 Ular quruq soyliklaru chuqurlarda,
Qoyalar orasida yashashga majburdirlar.
7 Changalzorlarda hayvonlar singari boʻkiradi,
Qichitqi oʻtlar orasida gʻujanak boʻlib oʻtiradi.
8 Eng past, yaramas bu toʻdani
Xivchinlar bilan yurtdan haydashgan.

9 Mana endi oʻshalar mazax qilib,
Men haqimda qoʻshiqlar kuylaydi,
Men ularga kulgi boʻlib qoldim.
10 Ular mendan nafratlanib, yaqinimga ham kelmaydi,
Hatto yuzimga tupurishdan ham toymaydi.
11 Xudo kuchimni kesdi, meni yerga urdi.
Shuning uchun oʻsha yaramaslar ham
Mening oldimda oʻzlarini jilovlay olmaydigan boʻldilar.
12 Oʻsha qalangʻi–qasangʻilar
Menga qarshi chiqib, yerga yiqitadilar,
Meni oʻldirmoqchi boʻlib, hujum qiladilar.
13 Yoʻllarimni toʻsib,
Boshimga tushadigan kulfatni tezlatadilar,
Ularni toʻxtatadigan hech kim yoʻq .
14 Meni mazax qiluvchilar har tomonlama hujum qiladilar,
Toʻfonday ustimga yopiriladilar.
15 Meni qoʻrquv bosgan,
Obroʻyim shamol uchirgandek ketdi,
Farovonligim bulut kabi oʻtib ketdi.

16 Endi yuragim ezilib ketyapti,
Har kuni men azob–uqubat tortaman.
17 Tun boʻyi suyaklarim zirqirab ogʻriydi,
Meni dard qiynab, hech tinchlik bermaydi.
18 Xudo shaxt bilan kiyimimdan ushladi,
Koʻylagimning yoqasidan tutdi.
19 U meni loyga bulgʻadi,
Changu tuproqchalik qadrim yoʻq.
20 Ey Xudoyim, Senga iltijo qilaman,
Ammo Sen menga javob bermaysan.
Sening oldingda turibman,
Sen esa qarab turaverasan.
21 Menga nisbatan shafqatsiz boʻlib qolding,
Oʻz qudrating bilan meni quvgʻin qilyapsan.
22 Quyun bilan meni koʻtarib,
Boʻron orasida u yoqdan–bu yoqqa otasan.
23 Bilaman, insonning qismati boʻlgan oʻlimga
Meni ham olib borasan.

24 Boshiga kulfat tushgan muhtoj odam nola qilsa,
Hech kim unga qoʻl koʻtarmaydi–ku, axir.
25 Men boshiga kulfat tushganlar uchun qaygʻurdim–ku!
Muhtojlarni koʻrib, yuragim achidi–ku!
26 Ammo yaxshilik kutganimda yovuzlik keldi,
Yorugʻlikka umid qilsam, zulmat tushdi.
27 Qalbim bezovtalangan, tinim bilmaydi,
Ogʻir kunlar boshimga tushgan.
28 Quyosh nuri boʻlmagan bir zulmatda yuribman,
Jamoa oldida madad soʻrab, faryod qilaman.
29 Men chiyaboʻrining doʻstiday,
Tuyaqushning ukasiday boʻlib qoldim.
30 Terim qorayib ketgan,
Tanam isitmadan yonyapti.
31 Nayim sadosi azadorlarga joʻr boʻladi,
Liram qaygʻuli nola qiladi.