19–BOB
Shimoʻn qabilasining ulushi
1 Qurʼa boʻyicha ikkinchi boʻlib Shimoʻn qabilasi ulush oldi. Shimoʻn qabilasiga ulush qilib berilgan yerlarning atrofi Yahudo qabilasining hududi bilan oʻralgan edi. 2 Shimoʻn qabilasiga: Bersheba (yaʼni Sheba) , Moʻlodax, 3 Xazor–Shuvol, Bala, Ezam, 4 Eltoʻlad, Batul, Xoʻrmax, 5 Zixlax, Bayt–Markobot, Xazor–Susa, 6 Bayt–Laboyoʻt va Shoruxan — hammasi boʻlib oʻn uchta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar berildi.
7 Quyidagi shaharlar ham Shimoʻn qabilasiga tegishli edi: Oyin, Rimmon, Eter va Oshon — toʻrtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar. 8 Shimoʻn qabilasining hududi yana janubdagi Baalat–Berni, yaʼni Nagav choʻlidagi Ramagacha boʻlgan yerlardagi barcha shaharlarni va ularning atrofidagi qishloqlarni oʻz ichiga olar edi. 9 Yoshua Yahudo qabilasiga bergan ulush ular uchun keragidan ham ortiq edi. Shuning uchun ularning hududidan bir boʻlagini olib, Shimoʻn qabilasiga ulush qilib berdi.
Zabulun qabilasining ulushi
10 Qurʼa boʻyicha uchinchi boʻlib Zabulun qabilasi ulush oldi. Ularga tekkan hududning chegarasi Sorid shahridan boshlanib, 11 gʻarb tomonga boradi va Maralo shahridan oʻtadi. Keyin Dabbeshet shahrining yonidan oʻtib, Yoxnayom shahrining sharqidagi soylikkacha yetadi. 12 Sorid shahrining sharq tomonidan chegara Xisloʻt–Tovur shahrining chegarasigacha choʻziladi. Keyin Dovarat shahrigacha borib, Yofiya shahrigacha davom etadi. 13 Chegara yana sharq tomonga davom etib, Gat–Xafer va Et–Kozin shaharlarigacha boradi. Keyin chegara Rimmon shahrigacha borib, u yerdan Niyox shahri tomon buriladi . 14 Hududning shimoliy chegarasi Xannaton shahridan oʻtib, Yiftox–El soyligida tugaydi. 15 Zabulun qabilasining hududida hammasi boʻlib oʻn ikkita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar bor edi. Kattot, Nahalil, Shimron, Yidalo va Baytlahm oʻsha shaharlardan baʼzilari edi.
16 Mana shu shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarning hammasini Zabulun qabilasi ulush qilib oldi.
Issaxor qabilasining ulushi
17 Qurʼa boʻyicha toʻrtinchi boʻlib Issaxor qabilasi ulush oldi. 18 Bu qabilaga ulush qilib berilgan yerlarda quyidagi shaharlar bor edi: Yizril, Xasulloʻt, Shunam, 19 Xaforayim, Shiyon, Anaxarat, 20 Rabbit, Xishion, Avaz, 21 Remot, En–Xannim, En–Xaddax, Bayt–Pazez. 22 Shimoldagi bu hududning chegarasi Tovur togʻidan boshlanib, Iordan daryosida tugaydi. Tovur , Shaxazimo va Bayt–Shamash shaharlari ham mana shu hududga kirar edi — hammasi boʻlib oʻn oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
23 Mana shu shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarni Issaxor qabilasi ulush qilib oldi.
Osher qabilasining ulushi
24 Qurʼa boʻyicha beshinchi boʻlib Osher qabilasi ulush oldi. 25 Ularning hududi quyidagi shaharlarni oʻz ichiga olar edi: Xalkat, Xaliy, Beten, Axshof, 26 Alammalek, Emod va Mishol. Hududning janubiy chegarasi Oʻrta yer dengizidan boshlanib, Karmil qirlarining etaklaridagi Shixor–Libnat soyligi boʻylab choʻziladi. 27 U yerdan chegara sharq tomonga burilib, Bayt–Doʻgʻon shahrigacha boradi va Yiftox–El vodiysidagi Zabulun qabilasi hududining chegarasi bilan tutashadi. Keyin sharqiy chegara shimol tomonga burilib, Bayt–Emix va Nabiyol shahrigacha boradi. Hududning chegarasi Kavul, 28 Abdoʻn , Rexob, Xammon, Kanax shaharlaridan oʻtib, Buyuk Sidon shahrigacha yetadi 29 va bu yerdan gʻarbga buriladi. Shu yerdan shimoliy chegara boshlanib, Ramaga boradi–da, mustahkam Tir shahrigacha yetadi. Keyin chegara Xoʻsax shahri tomon burilib, Oʻrta yer dengizining oldida tugaydi. Osher qabilasining hududi quyidagi shaharlarni ham oʻz ichiga olar edi: Maxalav, Axsib , 30 Ummo , Ofoq va Rexob — hammasi boʻlib yigirma ikkita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
31 Mana shu yerlarning hammasini Osher qabilasi ulush qilib oldi.
Naftali qabilasining ulushi
32 Qurʼa boʻyicha oltinchi boʻlib Naftali qabilasi ulush oldi. 33 Naftali qabilasi hududining janubiy chegarasi Xalef shahridan Zananim shahri yonidagi eman daraxti yonigacha boradi. U yerdan chegara Adamiy–Naxab, Yobnail va Laxum shaharlarigacha davom etib, Iordan daryosida tugaydi. 34 Hududning gʻarbiy chegarasi Oznoʻt–Tovur shahridan oʻtib, Huqqoq shahrigacha boradi. Naftali qabilasining hududi janub tomonda Zabulun qabilasining hududi bilan chegaradosh, gʻarb tomonda Osher qabilasining hududi bilan chegaradosh. Sharqiy chegarasi esa Iordan daryosidir . 35 Naftali qabilasining hududidagi mustahkam shaharlar quyidagilardir: Ziddim, Zer, Xammat, Raxat, Keneret, 36 Adamax, Rama , Xazor, 37 Kedesh, Edrey, En–Xazor, 38 Iroʻn, Migdal–El, Xorem, Bayt–Onot va Bayt–Shamash — hammasi boʻlib oʻn toʻqqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
39 Naftali qabilasi mana shu yerlarni ulush qilib oldi.
Dan qabilasining ulushi
40 Qurʼa boʻyicha yettinchi boʻlib Dan qabilasi ulush oldi. 41 Ularning hududi quyidagi shaharlardan iborat edi: Zorox, Eshtoyoʻl, Ir–Shamash, 42 Shalabbin, Oyjavlon, Yitla, 43 Eloʻn, Timnax, Exron, 44 Eltaxa, Gibiton, Baalat, 45 Yohud, Bani–Baraq, Gat–Rimmon, 46 Mejarkon, Raxxoʻn va Yaffaning qarshisidagi joylar.
47-48 Mana shu shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlar Dan qabilasining ulushi edi. Ammo keyinchalik dushmanlar kelib, bu yerlarni bosib oldilar. Shunda Dan qabilasi shimol tomonga borib, Layish shahriga hujum qildi . Ular shaharni qoʻlga kiritib, butun shahar aholisini qirib tashladilar. Oʻzlari esa shu shaharda joylashib, uni oʻz bobosi Dan sharafiga Dan deb atadilar.
Yoshuaning ulushi
49 Barcha yerlar Isroil qabilalariga boʻlib berilgandan keyin, Isroil xalqi Yoshuaga ham ulush berdi. 50 Egamiz Isroil xalqiga, Yoshua xohlagan shaharni unga beringlar, deb amr qilgan edi. Yoshua Efrayim qirlaridagi Timnat–Serax shahrini soʻradi. Isroil xalqi oʻsha shaharni Yoshuaga berdi. Yoshua u shaharni qaytadan qurib, oʻsha yerda joylashdi.
51 Mana shu yerlarning hammasini ruhoniy Elazar , Nun oʻgʻli Yoshua va qabilalar boshliqlari Isroil qabilalariga ulush qilib berdilar. Ular bu ishlarni Shiloʻdagi Uchrashuv chodiriga kiraverishda, Egamizning huzurida qurʼa tashlab amalga oshirdilar. Xullas, butun yurtni boʻlib olish ham oʻz nihoyasiga yetdi.