5–BOB
Quddus aholisining gunohlari
1 Egamiz shunday deydi:
“Quddusning har bir koʻchasiga kirib chiqinglar,
Atrofingizga qarab, bilib olinglar,
Shahar maydonlarida qidirib koʻringlar,
Biron adolatli, rostgoʻy odam bormikan.
Agar shunday odamni topib kelsangiz,
Men Quddus aholisining gunohidan oʻtaman.
2 Ular «Egamiz shohid!» deya qasam ichadilar,
Ammo ichgan qasamlari yolgʻon.”
3 Ey Egam, Sen haqiqatni izlaysan.
Sen bu xalqni urgan eding,
Ammo ular ogʻriq sezmadilar.
Ularni deyarli yoʻq qilib yuborganingda ham,
Gapingga kirmadilar.
Betlarini toshdan ham qattiq qildilar,
Tavba qilishni xohlamadilar.
4 Shunda men ichimda dedim:
“Eha, bular kambagʻal–ku!
Shuning uchun ularning farosati yoʻq,
Ular Egamizning yoʻlini bilmaydi,
Xudosining qonunini tanimaydi.
5 Qani, boylarning oldiga boray–chi,
Ular bilan gaplashib koʻray–chi,
Egamizning yoʻlini ular albatta biladi,
Ular Xudosining qonunini tanishadi.”
Ammo ularning hammasi boʻyinturugʻini sindirgan ekan,
Egamizga itoat etishdan bosh tortgan ekan.
6 Shuning uchun oʻrmondan chiqqan sher ularni oʻldiradi,
Choʻldan kelgan boʻri ularni gʻajib tashlaydi.
Qoplon ularning shaharlari oldida pisib turadi,
Shahardan chiqqan har bir odamni tilka–pora qiladi.
Axir, ular koʻp gunoh qildilar,
Xudoga koʻp xiyonat etdilar.
7 Egamiz shunday deydi:
“Ey Quddus, Seni qanday qilib kechiraman?!
Farzandlaring Meni tark etdilar–ku!
Ular Xudo boʻlmagan butlarning nomini oʻrtaga qoʻyib ont ichdilar.
Men ularning ehtiyojlarini qondirar edim,
Ular esa zino qilaverar edilar,
Fohishalarning uyiga toʻdalashib borar edilar.
8 Ular hirsi qoʻzgʻagan aygʻir otlar kabi edilar,
Har biri qoʻshnisining xotiniga kishnar edi.
9 Men ularni buning uchun jazolamaymi?!
Shunday bir xalqdan oʻch olmaymi?!
— deb aytmoqda Egamiz. —
10 Qani, ularning uzumzorlariga kiringlar,
Toklarini kesib tashlanglar.
Ammo butunlay yoʻq qilmanglar.
Novdalarini sindiringlar,
Endi ular Meniki emas.
11 Axir, Isroil va Yahudo xalqlari
Menga butunlay xiyonat qilishdi.”
Egamizning kalomi shudir.
Egamiz Isroilni tark etadi
12 Isroil xalqi Egamiz haqida yolgʻon gapirdi, ular shunday dedi:
“Egamiz baribir hech narsa qilmaydi.
Hech qanday koʻrgilik boshimizga tushmaydi!
Qahatchilik, urush boʻlmaydi!
13 Paygʻambarlarining bemaʼni soʻzlari shamolga oʻxshaydi,
Xudoning soʻzi ularga ayon boʻlmagan.
Bu kulfatlar oʻzlarining boshiga tushsin!”
14 Shuning uchun Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda:
“Ey Yeremiyo, xalqim aytgan bu gaplari uchun
Men Oʻz soʻzlarimni sening ogʻzingda olovday qilaman.
Bu xalq esa oʻtin kabi boʻladi,
Olov ularni yondirib tashlaydi.”
15 Egamiz shunday demoqda:
“Ey Isroil xalqi,
Men olisdagi bir xalqni qoʻzgʻataman.
Ularni sizga qarshi yuboraman.
Ular kuchli, qadimgi bir xalqdir.
Bu xalqning tilini sizlar bilmaysizlar,
Ularning gaplarini tushunmaysizlar.
16 Ularning hammasi mohir jangchilardir,
Oʻqlari oʻlim elchilaridir.
17 Ular hosilingizni, noningizni yeb bitirishadi,
Oʻgʻil–qizlaringizni oʻldirishadi.
Mol–qoʻylaringizni boʻgʻizlashadi,
Uzumzoru anjirzorlaringizni yoʻq qilishadi.
Suyangan mustahkam shaharlaringizni
Lashkarlari vayron qilishadi.”
18 Egamiz demoqda: “Shunday kunlarda ham Men Oʻz xalqimni butunlay qirib yubormayman. 19 Xalqim sendan: «Nima uchun Egamiz Xudo bunday ishlarni qildi?» deb soʻraganda, sen, ey Yeremiyo, ularga shunday javob ber: «Sizlar Xudoni tark etib, yurtimizda begona xudolarga xizmat qildingizlar. Endi oʻzga yurtda begona odamlarga xuddi shunday xizmat qilasizlar.»
Xudo xalqni ogohlantiradi
20 Borib, Yoqub nasliga shunday deb ayt, Yahudo xalqiga shunday deb eʼlon qil:
21 Sizlarning koʻzingiz bor, ammo koʻrmaysizlar,
Qulogʻingiz bor, ammo eshitmaysizlar.
Ey aqlsiz, befarosat odamlar,
Gaplarimni eshitinglar!
22 Nahotki Mendan qoʻrqmasangizlar?!
Mening oldimda titramasangizlar?!
— deb aytmoqda Egamiz. —
Axir, Men dengizga qumni chegara qilib qoʻydim,
Oʻtib boʻlmaydigan abadiy toʻsiq qildim.
Toʻlqinlar koʻpirib, koʻtarilsa ham,
Toʻsiqdan ustun kelolmaydi.
Hayqirib oʻkirsa ham,
Undan oshib oʻtolmaydi.
23 Ammo sizlar oʻjar va isyonkorsizlar,
Yoʻldan ozib, Meni tark etdingizlar,
24 Sizlar ichingizda hech aytmaysizlar:
«Egamiz Xudodan qoʻrqaylik,
U oʻz vaqtida yomgʻir yogʻdiradi–ku!
Kuzda ham, bahorda ham yerimizni sugʻoradi–ku!
Yigʻim–terim mavsumini oʻz vaqtida beradi–ku!» deb.
25 Gunohlaringiz sizlarni bulardan mahrum etdi,
Ayblaringiz sizlarni barakadan judo etdi.
26 Ha, xalqim orasida yaramas odamlar bor.
Ular qush ovlayotganday pisib yotishar,
Tuzoq qoʻyib, odamlarni oʻz domiga tortishar.
27 Ovchi qafasni qushlarga toʻldirganday,
Ular uylarini hiylaga toʻldirdilar.
Shu tufayli kuchayib, davlat orttirdilar,
28 Semirib, yaltirab ketdilar.
Qabih ishlarining chek–chegarasi yoʻq.
Ular yetimni oqlashga harakat qilmaydi,
Yoʻqsilning haqini himoya etmaydi.
29 Men ularni bu uchun jazolamaymi?!
Shunday bir xalqdan oʻch olmaymi?!
— deb aytmoqda Egamiz. —
30 Qoʻrqinchli va dahshatli ishlar
Bu yurtda sodir boʻlmoqda:
31 Paygʻambarlar yolgʻondan bashorat qilmoqda,
Ruhoniylar oʻzlaricha xalqimni boshqarmoqda,
Xalqimga bularning hammasi xush kelmoqda.
Ammo oxirida ular nima qilar ekan–a?”