3–BOB
Qiz:
1 Kechqurun oʻrnimda yotganimda,
Butun qalbim bilan sevgan oshigʻimni qoʻmsadim.
Juda qoʻmsadim, lekin uni topolmadim.
2 Endi turib, shaharga chiqaman.
Shahar maydonlariyu koʻchalarida yurib,
Sevgilimni izlayman.
Izladim–u, ammo uni topolmadim.
3 Qoʻriqchilar shaharni kezib yurib,
Meni koʻrib qolishdi.
Ulardan: “Sevgilimni koʻrmadingizmi?” deb soʻradim.
4 Ularning oldidan ketishim bilanoq,
Sevgilimni topdim.
Uni mahkam quchib, qoʻyib yubormadim.
Onamning uyiga olib keldim.
Uni oʻz tuqqan onamning xonasiga olib kirdim.
5 Ey Quddus qizlari,
Kiyigu yovvoyi ohular haqi ont iching.
Vaqt–soati kelmaguncha,
Sevgini qoʻzgʻatmang, uygʻotmang.
Uchinchi qoʻshiq
Quddus qizlari:
6 Dashtda tutunday koʻtarilib,
Koʻrinayotgan narsa nimadir?
Undan attor rastasidagi barcha xushboʻy atirlarning hidi,
Mirra va xushboʻy tutatqilarning hidi kelib turibdi.
7 Qaranglar, u Sulaymonning taxtiravonidir ,
Uning atrofida oltmishta pahlavoni bor.
Ular Isroil xalqi orasidagi eng bahodir jangchilardir.
8 Qilich oʻynatishda hammasi mohir,
Jangda ham juda mahoratlidirlar.
Tunda boʻladigan hujumlardan saqlanish uchun
Ularning hammasi qilich bilan qurollangan.
9 Shoh Sulaymon oʻz taxtiravonini
Lubnon yogʻochlaridan yasattirgan.
10 Bu taxtiravon dastalari kumushdan,
Orqasi tilladan yasalgan,
Oʻrindigʻiga esa safsar kimxob toʻshalgan.
Quddus qizlari taxtiravonning ichini
Muhabbat bilan bezatganlar.
11 Chiqinglar, ey Sion qizlari!
Shoh Sulaymonga qaranglar.
Toʻyi kuni, yuragi shodlik bilan toʻlgan kuni
Onasi kiydirgan tojga qaranglar.