23–BOB
Ayubning sakkizinchi nutqi: u achchiq shikoyat qiladi
1 Shunda Ayub yana gapirdi:

2 “Bugun ham achchiq shikoyat qilaman ,
Oh–vohdan oʻzimni tuta olmayman.
3 Qaniydi, Xudoni qayerdan topishni bilsam,
Taxti oldiga borgan boʻlardim!
4 Uning oldiga barcha arzlarimni yoyib,
Oʻz daʼvolarimni aytgan boʻlardim.
5 Oʻshanda Uning javobini tinglagan boʻlardim,
Uning menga aytganlarini tushungan boʻlardim.
6 U buyuk qudrati bilan menga qarshi chiqarmidi?
Yoʻq, U menga quloq tutgan boʻlardi.
7 Ha, solih inson Unga kelib, arzini ayta oladi.
Oʻz Hakamim meni bir umrga oqlaydi.

8 Sharqqa borsam, Xudo yoʻqdir,
Gʻarbga borib ham Uni topolmayman.
9 Shimolda biror ish qilsa, men Uni koʻrolmayman,
Janub tomon burilsa ham Uni topolmayman.
10 U esa mening yurgan yoʻlimni biladi,
U meni sinagandan keyin sof tilladay boʻlaman.
11 Men faqat Xudoning yoʻlidan yurdim,
Uning yoʻlini tutdim, chetga ogʻmadim.
12 U bergan amrlardan chetga chiqmadim,
Kundalik rizqimdan ham koʻra
Uning soʻzlarini qimmatli bildim .
13 Xudo qarorida qatʼiy turadi,
Kim Uning fikrini oʻzgartira oladi?!
U nima xohlasa, shuni qiladi.
14 Menga qarshi tuzgan rejalarini
U oxirigacha bajaradi,
Uning bunday rejalari hali koʻp.
15 Shuning uchun Uning huzurida qoʻrquvga tushaman,
Bu haqda oʻylasam, meni vahima bosadi.
16 Xudo meni jurʼatsiz qilib qoʻydi,
Qodir Xudo meni dahshatga solib qoʻydi.
17 Ammo yuzimni qoplagan tim qorongʻilik,
Zulmat mening ovozimni oʻchira olmadi.