46–BOB
Misr lashkari Karxamishda magʻlub boʻladi
1 Egamiz xalqlar haqida Yeremiyoga Oʻz soʻzini ayon qildi.
2 Bu Misr haqida bashorat edi. Aniqrogʻi, Misr firʼavni Nexoning lashkari toʻgʻrisida edi. Ular Furot daryosi boʻyidagi Karxamish shahrida qarorgoh qurgan edilar. (Yahudo shohi Yoʻshiyo oʻgʻli Yohayiqim hukmronligining toʻrtinchi yilida Bobil shohi Navuxadnazar bu lashkarni magʻlub qildi.)
3 Egamiz shunday deydi:
“Kattayu kichik qalqonlarni tayyor tuting!
Qani, endi jangga kiring!
4 Otlarga egar uring,
Chopqir otlarga mining!
Dubulgʻalarni kiyib oling,
Jangovar holatda turing.
Nayzalarni oʻtkirlang,
Sovutlarni kiyib oling!
5 Ammo nimalarni koʻryapman?!
Misr lashkari vahimaga tushdi,
Ular orqaga chekindi,
Jangchilari tor–mor boʻldi.
Ular orqaga qaramay shoshilib qochdilar.
Atrofni dahshat qamradi,
— deb aytmoqda Egamiz. —
6 Chaqqonlar qocha olmaydilar,
Sipohlar qochib qutulolmaydilar.
Ular shimolda, Furot daryosi boʻyida
Qoqilib yiqilib tushadilar.”
7 Kim u Nil daryosiday qirgʻogʻidan chiqib ketgan?!
Kim u suvlari toshqin daryo kabi boʻlib qolgan?!
8 Misr Nilday haddidan oshgan,
Suvlari toshqin daryoga oʻxshab qolgan.
Misr aytadi:
“Men koʻtarilib, yer yuzini qoplayman,
Shaharlarni vayron qilaman,
Aholisini qirib tashlayman.”
9 Ey otliqlar, hujum qiling!
Jang aravalarini uchirtiring!
Ey qalqon tutgan Habashistonliklaru Liviyaliklar ,
Ey kamon ushlagan Lidiyaliklar ,
Qani, jangga kiring!
10 Axir, bu Sarvari Olam — Rabbiyning kunidir.
Bu kun qasos kuni boʻladi,
Xudo dushmanlaridan oʻch oladi.
Uning qilichi toʻyguncha et yeydi,
Chanqogʻi bosilguncha qondan ichadi.
Oʻsha kuni Furot boʻyidagi shimoliy yurtda,
Sarvari Olam — Rabbiy yovlarini qurbon qiladi.
11 Ey bokira qiz Misr,
Giladga bor, malham olgin.
Ammo sen bekorga dori–darmon yigʻasan,
Baribir dardingga shifo topmaysan.
12 Xalqlar sharmanda boʻlganingni eshitdi,
Yer yuzi dodu faryodlaringga toʻlib ketdi.
Jangchilaring bir–biriga urildi,
Hammasi magʻlub boʻlib yiqildi.
Navuxadnazar Misrga hujum qiladi
13 Bobil shohi Navuxadnazar Misrga hujum qilishi haqida Yeremiyoga Egamizning quyidagi soʻzi ayon boʻldi:
14 Misrda shunday deb eʼlon qilgin,
Migdol shahrida shunday deb xabar bergin,
Nuf va Taxpanxas shaharlarida jar solib aytgin:
“Joylaringizni egallang!
Jangga shay turing!
Zero, qilich atrofdagi hammani qiradi.”
15 Jangchilaringiz magʻlub boʻladi!
Ular bardosh bera olmaydi.
Zero, Egamizning Oʻzi ularni uradi .
16 Ular qayta–qayta qoqiladilar ,
Bir–birining ustiga yiqiladilar.
Shunda oʻzlariga oʻzlari aytadilar:
“Qani, boʻlinglar,
Xalqimizning oldiga qochib qolaylik!
Kindik qonimiz toʻkilgan yurtga boraylik.
Bu qirgʻindan qochib qutulaylik.”
17 Ular shunday deb baqiradilar:
“Firʼavn katta gapirdi,
Ammo fursatni qoʻldan boy berdi.”
18 Xudo Shohdir,
Sarvari Olamdir Uning nomi.
U shunday demoqda:
“Men barhayot Xudo boʻlganim haqi aytamanki,
Sizlarga qarshi bir gʻanim kelayotir.
U togʻlar orasidagi Tovur togʻiday zabardast,
Dengiz boʻyidagi Karmil togʻiday ulkan.
19 Ey qiz Misr, tuguningni tayyorlagin,
Surgunga ketishga hozirlangin!
Axir, poytaxting Nuf vayron boʻladi,
Kimsasiz, huvullab qoladi.
20 Misr chiroyli bir gʻunajinga oʻxshaydi,
Ammo shimol soʻnasi unga yopiriladi.
21 Misrning yollanma askarlari
Boqilgan buzoqlarga oʻxshaydi.
Ammo kulfat kuni kelganda,
Jazo oladigan vaqti yetganda,
Ularning hammasi orqaga qochadi,
Dushman qarshisida chekinadi.
22 Bostirib kelayotgan dushman dastidan
Misr qochayotgan ilonday vishillaydi.
Dushmanlar daraxt kesuvchilar kabi,
Bolta koʻtarib, Misrga hujum qilishadi.
23 Misrning oʻrmoni qalin boʻlsa–da,
Dushmanlar uni kesib tashlaydi,
— deb aytmoqda Egamiz. —
Axir, dushmanlar chigirtkadan ham koʻp,
Sanogʻiga yetib boʻlmaydi.
24 Qiz Misr sharmanda boʻladi,
Shimoldagi xalqning qoʻliga tushadi.”
25 Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olam shunday demoqda: “Men Noʻ shahrining xudosi Omonni jazolayman. Firʼavnning, Misrning, u yerdagi shohlar va xudolarning, firʼavnga umid bogʻlagan hammaning adabini beraman. 26 Ularning jonlariga qasd qilayotgan Bobil shohi Navuxadnazarning va aʼyonlarining qoʻliga beraman. Ammo vaqt oʻtib, Misrda ilgarigidek odamlar yashaydigan boʻladi.” Egamizning kalomi shudir.
Egamiz Oʻz xalqini qutqaradi
27 “Ey qulim Yoqub, qoʻrqma!
Ey Isroil xalqi, sarosimaga tushma!
Men seni olis yurtdan ozod qilaman,
Naslingni surgun boʻlgan mamlakatdan qutqaraman.
Ey Yoqub nasli, sen yurtingga qaytasan,
Osoyishta va bexatar yashaysan.
Endi hech kim seni qoʻrqitmaydi.
28 Sen, ey qulim Yoqub, qoʻrqma,
Men sen bilan birga boʻlaman,
— deb aytmoqda Egamiz. —
Seni xalqlar orasiga tarqatib yuborgan edim,
Endi oʻsha xalqlarning hammasini qirib tashlayman.
Seni esa qirib yubormayman,
Ammo jazosiz ham qoldirmayman.
Adolat ila jazoingni beraman.”