3–BOB
Yahyo choʻmdiruvchining kelishi
1 Oʻsha kunlarda Yahyo choʻmdiruvchi Yahudiya choʻlida vaʼz qila boshladi. 2 U odamlarga: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi!” deb aytardi. 3 Yahyo toʻgʻrisida Ishayo paygʻambar shunday degan edi:
“Choʻlda bir ovoz yangramoqda:
«Egamizga yoʻl hozirlang,
Unga toʻgʻri yoʻl oching!»”
4 Yahyo tuya junidan toʻqilgan kiyim kiyib, charm kamar taqib yurardi . Uning yeguligi chigirtka va yovvoyi asal edi. 5 Uning oldiga Quddus shahri va Yahudiya oʻlkasining qolgan hamma joylaridan hamda Iordan daryosi atroflaridan odamlar kelardi. 6 Ular gunohlarini eʼtirof etishar, Yahyo esa ularni Iordan suviga choʻmdirardi.
7 Farziy va sadduqiy mazhablaridan boʻlgan koʻp odamlar suvga choʻmdirilish uchun kelayotganlarini Yahyo koʻrib, dedi: “Hoy, ilonlar zoti! Boshingizga kelayotgan Xudo gʻazabidan qochib qutulasiz, deb sizlarga kim uqtirdi? 8 Tavbaga yarasha ish tutinglar! 9 Oʻzingizcha: «Biz Ibrohim naslidanmiz», deb aytishni xayolingizga ham keltirmanglar! Sizlarga shuni aytay: Xudo mana bu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir. 10 Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi. Yaxshi meva bermagan har bir daraxt kesilib, olovga tashlanadi. 11 Tavba qilganingizni koʻrsatish uchun men sizlarni suvga choʻmdiryapman. Lekin mendan ham qudratliroq boʻlgan bir Zot ortimdan kelmoqda. Men Uning choriqlarini koʻtarib yurishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga choʻmdiradi. 12 Uning panshaxasi qoʻlida tayyor turibdi. U Oʻz xirmonini shopiradi: bugʻdoyini omborga toʻplab, somonni esa soʻnmas oʻtda yondirib yuboradi.”
Iso suvga choʻmdiriladi
13 Shu orada Iso Jalila hududidan Iordan daryosi boʻyiga bordi. U Yahyo tomonidan suvga choʻmdirilmoqchi edi. 14 Lekin Yahyo Isoni toʻxtatmoqchi boʻlib dedi:
— Aslida Siz meni suvga choʻmdirishingiz kerak! Siz boʻlsangiz mening oldimga keldingiz!
15 Iso unga dedi:
— Keling, bu safar shunday boʻla qolsin. Axir, biz Xudoning irodasini toʻla bajarishimiz zarur.
Shundan keyin Yahyo rozi boʻldi. 16 Iso suvga choʻmdirildi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Iso Oʻz ustiga Xudoning Ruhi kaptar shaklida tushib qoʻnganini koʻrdi. 17 Shu payt osmondan: “Bu Mening sevikli Oʻgʻlimdir , Undan nihoyatda mamnunman ”, degan ovoz keldi.